61
4. Fenokopiyalar nima? (misollar keltiring).
5. Morfozlar deb qanday o‘zgarishlarga aytiladi?
6. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi va tibbi-
yotdagi ahamiyati qanday?
7. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikni
qanday usullar yordamida
o‘rganish mumkin?
8. Biometrik usul qanday bosqichlaridan tarkib topgan?
9. Reaksiya normasi nima va uning tibbiyotdagi ahamiyati qan-
day?
10. Ketle qonunini bilasizmi?
Masalalar
1. Drozofila pashshalarida metamorfoz
holati kuzatilganda
quyidagi o‘zgarishlar aniqlangan: a) lichinkalar ozuqasiga kumush
nitrati qo‘shib berilsa, pashshalar dominant kulrang belgi bo‘yicha
gomozigotali (AA) bo‘lishiga
qaramasdan, rangi sariq bo‘ladi;
b) gomozigotali resessiv kalta geniga (bb) ega bo‘lgan pashshalar 15°C
da saqlansa qanotlari kalta bo‘ladi, agar ulardan 31°C da saqlansa qa-
notlar normal tuzilishga ega bo‘ladi.
Bunday o‘zgarishlar mohiyatini tushuntiring.
Bu holatda resessiv
gen dominant genga aylanishi mumkinmi?
2. Tug‘uruqxonadagi 50 ta chaqaloq bo‘y uzunligi bo‘yicha
quyidagi ko‘rsatkichlarga
(8-jadval)
ega:
8-j a d v a l
Bo‘y uzunligi (sm)
44
46
49
50
52
55
57
Variantlar soni
5
3
7
15
10
6
4
a) shu belgi ko‘rsatkichlari asosida variatsion
egri chiziqni chi-
zing.
b) belgining o‘rtacha ko‘rsatkichini aniqlang.
3.
Bog‘chadagi kichkintoylar guruhidagi 50 ta tarbiyalanuvchilar
og‘irliklari bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarga
(9-jadval)
ega:
9-j a d v a l
Og‘irlik (kg)
8,5
9,0
9,5
10,0
12,0 14,5
15,0
Variantlar soni
4
7
10
12
10
6
1
Belgining variatsion egri chizig‘ini chizing, o‘rtacha ko‘rsatkichi-
ni aniqlang.