Javob: Isiriq tutatish (yoqish)
Izoh:Bilamizki, bunday holda isiriq faqatgina ko’z tegmasin degan ma’noda tutatiladi, isiriq tutatildimi demak xotinlar maqtab ketishgan. Hozir gripp kabi kasalliklar ko’paygan vaqt, lekin agar koronavirus haqida va isiriq yordam berishi mumkin deb o’ylagan bo’lsangiz optimist odam ekansiz)
Muallif: Suhrob Sharipov
39-savol. XX asr boshlarida Toshkentda ishlagan mashxur shifokor Valentin Voyno-Yaseneckiy, mahalliy aholida faqat shu yerlarga xos kasalliklar va jarohatlar uchrashi haqida gapirar ekan, misol uchun, oyoqning kaft va boldir qismi kuyushi bilan bog’liq jarohat bilan ko’plab murojatlar bo’lishi haqida yozadi.
Diqqat savol: Bunday bir hil jarohatlarning sababi nima edi?
Javob: Tancha. Hisob: Sandal.
Izoh: Mahalliy aholi sovuq kunlarda isinish maqsadida qizigan ko’mir solingan tuvakni maxsus chuqurchaga qo’yishgan, ustidan xontaxta qo’yib, ko’rpa yozib ko’mirga oyoq uzatib uxlashgan. Ehtiyotsizlik oqibatida oyoq kuyishi holatlari ko’p kuzatilgan.
Muallif: Suhrob Sharipov
40-savol. Stadion.uz saytining bir maqolasida yozilishicha, eng ko`p futbolchi “ijaraga oladigan” jamoa Janubiy Koreyaning 1-ligasida ishtirok etuvchi "Sanju Sanmu" futbol klubi hisoblanadi. Jamoaning 32 nafar a`zosi boshqa jamoalardan ijaraga kelgan ekan. Jamoa tarkibi har yili deyarli yarmiga yangilanar ekan.
Diqqat savol: Nima sababdan tarkib har yili yangilanadi?
Javob: Chunki futbolchilar xarbiy hizmatchilar bo’lib, armiyadan uyga qaytishadi.
Hisob: Shu mazmundagi javoblar
Izoh: Ushbu jamoa Janubiy Koreya armiyasiga tegishli bo`lib, unda faqat harbiy xizmatga kelgan futbolchilar o`ynaydi. Janubiy Koreyada armiya 2 yillik bo`lib, har yili bir yil ilgari klubga kelgan o`yinchilar xizmatni yakunlab, uyga qaytishadi.
Muallif: Bobur Maksimov