Javob: [Pol Jekson] Pollok. Hisob: Familiyasi bo’yicha
Izoh: Qotillik natijasida devorga sachargan qon tomchilari Jekson Pollok ijodini eslatib yuborgan.
Muallif: Suhrob Sharipov
50-savol. Kommunistik Polsha hukumati BU Romanga nisbatan uncha yaxshi munosabatda bo’lmagan. AQSH da esa bu Romanning ekranizatsiyalari 1969, 1981 va 2003-yillarda “Oskar” ga loyiq deb topilgan.
Diqqat savol: Qaysi Roman haqida so’z bormoqda?
Javob: [Roman] Polanski. Hisob: Familiyasi bo’yicha
Izoh: “Rozmari farzandi”, “Tess” va “Pianinochi” filmlari mos ravishda Ayra Levin, Tomas Hardi romanlari va Vladislav Shpilman avtobiografiyasi asosida rejisser Roman Polanski tomonidan su’ratga olingan. Shu sababli ularni Roman Polanski ekranizaciyalari deb atash mumkin. E’tibor bergan bo’lsangiz ketma-ket ikkita savolning javobida POL harflari bilan boshlanuvchi familiyalarni ko’rish mumkin.
Muallif: Suhrob Sharipov
51-savol. Tarqatma material. Q arshingizda Gustav Klimtning 1902-yilda chizgan "IKS" nomli kartinasi. Albatta, rassomning zamondoshlarida bu kartina nomi faqatgina yaxshi ta’surotlar uyg’otgan bo’lsa ajabmas, ammo bugungi kunda kartina nomi bizda aksincha his-tuyg’ular uyg’otishi aniq.
Diqqat savol: Kartina nomini bir so’z bilan yozib bering.
Javob: Buxenval’d. Hisob: Qayinzor; Qoraqayinzor.
Izoh: Bxenvald (nemischa — «qayinzor») — Germaniya hududida mavjud bo’lgan eng yirik kontsentratsion lagerlardan biri bo’lgan va Tyuringiyada, Veymar yaqinida joylashgan. O’tgan asr boshida bu so’z salbiy ta’surotlar uyg’otmagan albatta.
Muallif: Sardor Ahmedov
52-savol. Alisher Navoiy o’zining "Lison ut-tayr" asarida Farididdin Attorni qiyosi yo’q ijodkor, kamdan-kam uchraydigan talant sifatida baholaydi va u qoldirgan adabiy merosni IKS ga qiyoslaydi.