MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKADEMIK YOZUV 1
Esse haqida tushuncha. Esse turlari. 10 MAVZU O‘zbek va rus tillari kafedrasi
Esse fransuz tilida “essai tajriba”, ingliz tilida “essay” intilish, ijodiy sinov, ocherk; lotincha “exagium – o‘ylash” degan ma’noni bildiradi. Esse erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻlmagan nasriy asardir. Esse orqali narsa yoki shaxsga oid subyektiv fikr bildiriladi. Esselar falsafiy, tarixiy-biografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiy-ommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi. O‘zbek adabiyotida esa XX-asrning 90-yillaridan yaratila boshlandi.
Essening tuzilishi Kirish
Asosiy qism
Xulosa
Kirish Kirish – mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog‘lab oydinlashtirish. Bu bosqichda qalamga olingan mavzuni yoritish uchun savolni to‘g‘ri qo‘yish muhim. Chunonchi, bu o‘rinda esse yozuvchi “Kirish qismida ushbu mavzuga ma’lumot berish kerakmi?”, “Men tanlagan mavzuning dolzarbligi qay darajada?”, “Men esse yozish davomida o‘z fikrimni dalillash uchun qanday manbalarga tayanaman?”, “Men kalit so‘zdan kelib chiqqan holda tezis qo‘ya olamanmi?” kabi savollarni o‘z oldiga qo‘yishi va shuning tevaragida fikr yuritgani ma’qul. Essening kirish qismi kamida, ikki xatboshidan iborat bo‘lishi va har bir xatboshida ikki-uch gap ifodalanishi mumkin. O‘quvchini qiziqtirish, uning e’tiborini jalb etish maqsadida essening kirish qismi jonli va aniq yozilishi kerak. Bunda xitob, undov, shaxsiy tajribaga ishora, ritorik so‘roq kabilardan foydalanish o‘rinlidir.
Kirish Kirish qismida o‘quvchi esse mavzusiga tushuncha beradi, shu orqali uning esse mavzusini qanday tushunganligi aniqlanadi va bu mavzu nima uchun dolzarb ekanligi yoritiladi. Mavzu va uning dolzarbligi yoritilgandan keyin tezis qo‘yiladi. Tezisdan keyin asosiy qismga bog‘lovchi gap yoziladi. Agar tezis aniq va yaqqol berilsa, gap yozilmasligi ham mumkin.
Tezis qo‘yish essening eng muhim shartlaridan biridir. Tezis – essening kaliti. Kaliti topilmasa, essening asosiy maqsadiga yetish qiyin. Tezis – muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini bildirib, u asosiy qismda isbotlanadigan fikrni yo‘naltiruvchi g‘oya hisoblanadi. Tezis essening kirish qismida yoziladi.