Esse – fransuz tilida “essai” – “tajriba”, ingliz tilida “essay”, intilish, ijodiy sinov, ocherk; lotincha “exagium” – “o‘ylash” degan ma’noni bildiradi.
Esse – o‘quvchining aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalari asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi. Uning o‘zgachaligi mavzuda ko‘tarilayotgan muammoga fakt va dalillarni o‘rinli keltirish orqali o‘z munosabatini bildirish.
Insho – arab tilidan olingan so‘z bo‘lib, “bino qilish”, “qurish” degan ma’noni bildiradi.
Insho o‘quvchining o‘zbek adabiyoti fanidan olgan nazariy bilimlarini o‘z fikri va dunyoqarashi bilan bog‘lab yozadigan ijodiy mehnati. Bunda o‘quvchidan o‘qilgan badiiy asarni chuqur o‘ylashi, tahlil qilishi, so‘ng badiiy til bilan ta’sirli ifodalashi talab etiladi.
Esse va inshoning farqli tomonlari
Esse
Insho
Esse erkin kompozitsiya asosiga quriladigan, tuzilish jihatdan ixcham nasriy asar bo‘lib, badiiy-publitsistik janrning bir turi. Esse muayyan bir reja asosida yozilmaydi.
Insho – tuzilishi jihatdan hajmi keng, fan bo‘yicha egallangan nazariy bilimlar asosida yoziladigan ijodiy ish. Insho uchun reja tuziladi va epigraf yoziladi.
Essening turlari bir necha xil bo‘lib, yozilish maqsadiga ko‘ra uning qay turga mansubligi aniqlanadi.
Insho shartli ravishda uch guruhga bo‘linadi: adabiy, ijodiy va erkin mavzudagi insholar.
Esse va inshoning farqli tomonlari
Esse
Insho
Essening maqsadi – o‘quvchini faol fikrlashga o‘rgatish, o‘z mulohazalarini dalillashga yo‘naltirish, til unsurlaridan o‘rinli foydalanish orqali fikrni to‘g‘ri yetkazib berish ko‘nikmalarini shakllantirish
Inshodan ko‘zda tutilgan
maqsad o‘quvchining yozma
nutqini rivojlantirish
Nazariy ma’lumot
Essening ko‘p turlari mavjud. Ular falsafiy, tarixiy, diniy, adabiy-tanqidiy, axloqiy va ma’naviy mavzularda bo‘lishi mumkin.
Mavzuning eng oddiy bayonini biz esse-tavsifda uchratamiz. Aslida his-tuyg‘ular va kechinmalar prizmasi orqali (sevgi essesi, izhor-xat) obyekt yoki subyektga munosabat tasvirlangan. Tanqidga o‘rin yo‘q, aksincha, muallif o‘z e’tiborini ta’riflangan obyektga-subyektga bo‘lgan munosabatga qaratishga harakat qiladi, epitet, metaforadan foydalanadi. Masalan, ertalab tongning barcha jozibasi yoki ovning vaqti va h. k. ta’rifi. Esse – ta’rif nafaqat tarixiy (etnografiya, arxeologiya va h. k.), balki geografik, biologik va boshqa fanlarlarni o‘rganishda urf-odat, marosim,hodisani aniqlash usuli sifatida juda ko‘p qo‘llaniladi.
Esse turlari
Esse-hikoya. Bu yerda hodisa, vaqt va harakatga e’tibor qaratiladi. Xulosa qismida hodisaning ahamiyati va unda ishtirokchining ro‘li ko‘rsatilishi shart.