Esse haqida tushuncha Vaqt: 2 soat


O’qituvchi taklif etishi mumkin



Yüklə 32,47 Kb.
səhifə4/5
tarix11.01.2023
ölçüsü32,47 Kb.
#78944
1   2   3   4   5
majmjua 12-MAVZU... (1)

O’qituvchi taklif etishi mumkin:

  • “Men bu … haqida nimani o’ylayman” yoki “Nima uchun, mening fikrimga ko’ra …” savollariga javob bering,

  • O’quv mashg’ulotida berilgan talablar uchun yangi sanalgan g’oyani tavsiflash va sharhlab berish;

  • olingan bilim, ko’nikmalar qayerda amaliyotda qo’llanilishini tavsiflash.

Ushbu ko’rinishdagi esse baholanmasligi ham mumkin. Ammo, o’qituvchi juftliklarga ajralish, ishlar bilan o’zaro almashish va yozilganlarni muhokama qilish taklifini berishi mumkin. Ushbu holda o’qituvchi 2-3 ta esseni tanlab tekshirishi mumkin, ularni ovozini chiqargan holda sharhlashi talabalar bilan muhokama qilishi va xulosa qilishi mumkin.
Erkin yozish metodi – besh daqiqali essening boshqa ko’rinishi bo’lib, talabalarning muayyan mavzu bo’yicha o’z xayollariga kelgan barcha narsalarni to’xtamasdan yozish mashqlaridan iborat. Masalan, talabalarga besh daqiqa ichida “Ulug’bek fojeasi” mavzusi bo’yicha o’z hayollariga kelgan barcha narsalarni to’xtamasdan yozishni taklif qilish mumkin. Besh daqiqa tugaganida (eslatma, besh daqiqa tugadi deb e’lon qiling va ishni tugallash uchun yana bir daqiqa vaqt bering, zero qiziqarli fikrlar odatda tang vaziyatlarda tug’iladi) ularga o’z yozganlarini sheriklariga o’qib berishlarini taklif etish mumkin.
Mazkur bosqichda o’qituvchining ixtiyorida ko’p imkoniyatlar bo’ladi. Masalan, juftliklarga o’z fikrlarini butun guruh bilan o’rtoqlashishni taklif etish va guruhli aqliy hujum vaziyatini yaratish mumkin.

4-ilova:
Esse namunasi


Menimcha, mamlakatimiz taʼlim tizimi
gullab-yashnaydi, agar...

Taʼlim shaxs taqdiri uchun ham, jamiyat taqdiri uchun ham eng kerakli soha, kelajagingni belgilab beruvchi tayanch. Faqat “diplomli boʻlish” yoki roʻzgʻor tebratish haqida gapirmayapmiz, ilm istash haqida soʻz yuritmoqchimiz. Taʼlimga kirishning eng avvali shu – ISTAK.


Demak, mamlakatimiz taʼlim tizimi gullab-yashnaydi, agar... taʼlimni majburiyat deb emas, istak deb bilsak.
Hamma oʻqishni xohlaydi, oʻqiganda ham eng zoʻr joyda eng zoʻr ustozlardan taʼlim olsam deydi. Bu istak! Chiroq oʻchsa sham yorugʻida oʻqishgan, sham boʻlmasa oy nurida kitob varaqlagan donishlar haqida eshitamiz – ular har qanday vaziyatda ham yoʻlini qilib ilm olishga uringan. Ularni dunyoga tanitgan va taʼlimda peshqadam qilgan jihat ham istak ekan, birinchi navbatda, oilada bolada oʻqishga ragʻbat uygʻotish zarur. Agar bolaga takror va takror “oʻqi” deyilaversa-yu, ota-onada oʻz nasihatiga oʻzi amal qilish istagi koʻrinmasa, bolada ham bu istak “tugʻilmaydi” yoki kech paydo boʻladi.
...gullab-yashnaydi, agar oʻquvchi bilan qanday ishlashni oʻrgansak.
Mashhur kashfiyotchi Tomas Edison yetti yoshga toʻlganida ota-onasi uni shaharlaridagi yagona maktab mudiri Reveranda Ingl qoʻliga topshirishadi. Inglning oʻqitish uslubi gʻalati edi – u bolalarga yodlash uchun katta-katta testlar berar, yodlamaganlarni qoʻliga katta chizgʻich bilan ayamay urardi. Bir oy ichida bola “ikkichi”ga aylanib qoladi.
Uch oydan soʻng Tom maktabdan yigʻlab keladi va “Mister Ingl meni xomkallasan, dedi. Sizlarni maktabga chaqirtiryapti”, deydi. Ona maktabga borganda janob Ingl: “Bolangizning aqlida qusur bor, u biror narsani oʻrganolmaydi, yaxshisi, uyingizga olib keting” deydi. Shundan soʻng u birorta oʻquv yurtining ostonasini bosib oʻtmaydi. Onasi uni oʻqish va yozishga oʻrgatadi. Oxir-oqibat oʻsha “xomkalla” Amerika tarixidagi eng sermahsul ixtirochi va millionerga aylanadi.
Demoqchi boʻlganimiz, sinfda oʻnta oʻquvchi boʻlsa, bu ularning oʻnovi ham bir xil oʻzlashtirish qobiliyatiga ega deganini bildirmaydi. Shu sabab oʻquvchilar bilan ishlashda uqmaganiga “jazo metodi”dan foydalanmasdan, ularning ruhiy holati bilan ham hisoblashish zarur.
...gullab-yashnaydi, agar bolani doʻsti bilan taqqoslashni bas qilsak.
Bizda shunday odat bor: “Falonchi oʻrtogʻing besh olibdi, sen undan kammisan?”, “Manavi doʻsting oʻqishga kiribdi, sen shuniyam uddalolmading” va hokazo. Yaʼni bolaga oʻz doʻsti vositasida koʻzgu solinadi. Bu “metod” bolaning oʻqishga koʻnglini sovitib qoʻyishi yoki doʻstiga nisbatan kimoʻzarga oʻqish holatini kuchaytirib yuborishi mumkin. Bu oʻrinda taʼlim orqada qolib, bolada doʻstidan oldinda yurish istagi yaraladi va buni ham toʻliq oqlab boʻlmaydi. Yaxshisi, bolaning oʻz-oʻziga koʻzgu solish kerak. Koʻzgu roʻparasida turgan kishi, unda oʻzini koʻradi (doʻstini emas). Shu tomonlama bolani oʻz-oʻziga koʻzgu solish yoʻlidan yurish kerak. “Bugun toʻrt olibsan, yana harakat qilsang, ertaga besh olasan” mazmunida. Shunda bola oʻz kuchini oʻzi chamalashga oʻtadi, kimdandir qolib ketish yoki kimdandir oʻzish fikrida tarbiyalanmaydi.
...gullab-yashnaydi, agar bolani kitobga toʻyintirsak.
Oʻtgan yili xorijga xizmat safarimiz davomida chekka bir joydagi kitob doʻkoniga kirarkanman, oʻn-oʻn besh daqiqada qaytib chiqishni rejalab olgandim. Bolalarni maktabga tayyorlashga doir kitoblar bilan tanishib naq besh soat qolib ketdim. Oʻndan ortiq olimlar mehnati, metodikalari. Bolani maktabga tayyorlash boʻyicha yoshma-yosh tasniflangan va yana fanlar kesimida yozilgan yuzlab adabiyotlar! “Daraxtdan meva olmoqchi boʻlsang, uni niholligidan parvarishla”, degani shu, aslida. Qolaversa, oʻsha kitoblar narxi ham biz sarflagan davlat sharoiti uchun juda arzon edi. Savol: bizning shunday adabiyotlar bilan taʼminlanganlik darajamiz qanday? Havas qilarlimi? Eng muhimi, ular bolalarbop va choʻntakbopmi? Barchasi bir-biriga bogʻliq masala.
...gullab-yashnaydi, agar qarorlar beqaror boʻlmasa.
Taʼlim bugun birdan qaror qabul qilib, agar oʻzini oqlamasa, soʻng “quroq”lab chiqiladigan soha emas. Taʼlimga joriy etiladigan har qanday yangilik tajriba-sinovdan oʻtishi, ilmiy asoslariga ega boʻlishi lozim. Kuzatamizki, ayrim hollarda birdaniga bir qator yangilik kiritilib, keyin bekor qilinmoqda. Bunday beqarorlik notoʻgʻri qarorlar uchun yoʻl ochib boraveradi. Har bir taʼlim bosqichida yaqin oʻn yillik boʻyicha davlatning aniq va puxta ishlab chiqilgan, eng mayda detallargacha hisobga olingan rejalari boʻlishi kerak. Uni taʼlim vazirliklari rahbariyati almashinuvchi yoki boshqa holatlar bu mezonlarning amalga oshirilishiga hech bir taʼsir qilolmasligi kerak.
Umuman, taʼlim bolani shaxs sifatida kamol toptirish uchun najot yoʻli. Har bir bolada butun bir olam yashaydi. Har birining ichida biz bilgan-bilmagan, anglab-anglamagan dunyosi, qobiliyati, fantaziyasi bor. Ammo biz koʻpincha Yaratgan inʼom etgan bu moʻjizani koʻrmaymiz yoki ilgʻamaymiz. Bola kelajagini oʻz qolipimizdagi mezonlar bilan oʻlchashga, shunga moslashtirishga urinamiz. Boshqacha aytsak, bir paytlar biz erisholmagan orzu, yetib borolmagan manzil, uddalab bilmagan ishni unga maqsad qilib belgilab beramiz.
Yoki albatta hamma fanlardan “aʼlo” bahoga oʻqish kelajakda zoʻr va buyuk odam boʻlish kafolatiday tuyulaveradi bizga. Ayniqsa, hozirgi kunda bolalarni umumiy taʼlimdan tashqari bir nechta chet tillariga, matematikaga oʻqitish izidan quvish urf boʻlgan. Aqidamizni bolaga ham uqtiramiz – chet elda oʻqiysan, katta pul topasan, katta ishlarda ishlaysan... Balki biz kelajagi yorqin boʻlishiga tayyorlayman, deb boladan bolaligini oʻgʻirlab qoʻyayotgandirmiz? Balki nuqul “aʼlo” baholarga majburlash bolaning ichida yashiringan buyuk bastakorlarni, yozuvchilarni, rassomlarni, matematiklarni “oʻldirib” qoʻyayotgandir.
Buyuklar tarixidan maʼlumki, ularning hammasi ham barcha fandan “aʼlo”ga oʻqimagan. Biri hisoblashni bilmagan, biri yoza olmagan, biri yodlay olmagan, oʻqituvchilari ularga faqat “ikki”, “uch” qoʻygan, keyin qarasalarki, ular maʼlum bir sohaning daholari ekan. Masalan, nemis kompozitori Betxoven va fransuz yozuvchisi Katta Aleksandr Dyuma umri davomida karra jadvalini oʻzlashtira olmagan, buyuk konstruktor Konstantin Sialkovskiy yaxshi eshitmaganligi uchun darslarni oʻzlashtirolmagan va uchinchi sinfdan maktabdan haydalgan, atoqli fizik Per Kyurinni aqli noqis deb maktabga olishmagan, uyda bilim olishga majbur boʻlgan, bolalar yozuvchisi Andersen va avtomobil qiroli Genri Ford yoshligidanoq birorta soʻzni toʻgʻri yozishni bilmagan. Bu roʻyxatni juda uzoq davom ettirish mumkin.
Shoir Matnazar Abdulhakimdan oʻqiganim bor... Ota lochin bolasi toki uchishni oʻrganmagunicha unga hamrohlik qiladi. Polaponi sal pastlaydigan boʻlsa, tikka uchib borib, naq koʻkragidan choʻqiydi. Shunda joʻja ogʻriqqa chidolmay, balandlayveradi. Polapon otasi bir paytlar zabt etgan “choʻqqi”ga yetishi kerak. Nihoyat, lochin bor kuchini yigʻib, bolasi koʻksini soʻnggi bor – oldingilaridan qattiqroq choʻqiydi. Shunda joʻja otasi zabt etgan balandlikdan ham balandroq qanot yozadi. Muhimi, oʻsha balandlikdan pastlaydigan boʻlsa, koʻksida otasi choʻqigandagi ogʻriq qaytalanadi... Nazarimda, bugun taʼlimga ana shunday “lochin”lar kerak.
Qisqasi, taʼlim gullab-yashnaydi, agar uning mana shunday “lochin”lari boʻlsa.

Yüklə 32,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin