Esse mavzu: ta’lim-tarbiya ishlarini rejalshtirish



Yüklə 113,46 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.06.2023
ölçüsü113,46 Kb.
#129771
MAVZU TA’LIM-TARBIYA ISHLARINI REJALSHTIRISH



ESSE 
MAVZU: TA’LIM-TARBIYA ISHLARINI REJALSHTIRISH 
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiyaviy ishni rejalashtirish 
pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta’lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, 
ishning usul va metodlarini koʻrsatib, ta’lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish 
tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya 
dasturi»ning bajarilishini ta’minlashdir. Maktabgacha pedagogika maktabgacha 
ta’lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini taʻkidlab, bunda 
u inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim 
ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. 
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va 
ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshga koʻra pedagogik 
taʻsir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik 
metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga 
yoʻllangan boʻlishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya 
ishlarini rejalashtirish murakkab boʻlib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik 
taraqqiyot darajasi toʻgʻrisidagi bilimlarni,
ta’lim-tarbiya dasturini, ta’lim va 
tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi. 
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarigaoldindanpuxta 
tayyorgarlik koʻrish metod vausullarni yaxshilab oʻylab olish, kerakli material va 
jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har 
bir bolaning har tomonlama rivojlanishini taʻminlashi lozim. Shu bilan birga reja 
qotib qolgan narsa boʻlmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga oʻzgarishlar kiritish 
mumkin. 
Shuning uchun MTMda bir-birini toʻldiradigan bir necha xil reja tuziladi: 
MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja 
asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachilar tomonidan tuzilib, bolalar 
muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni oʻz ichiga oladi. 
Istiqbol rejasi 1-3 oyga moʻljallangan boʻlib, undan koʻzlangan asosiy maqsad 
bolalar bilan olib boriladigan ta’limtarbiya ishlarini tartibga solish va uning maʻlum 
maqsadga qaratilgan va samarali boʻlishini taʻminlashdir. Unda «MTMda ta’lim-
tarbiya dasturi»ning hamma boʻlimlari oʻz aksini topadi. 
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan 
ta’lim-tarbiya mazmunini aks ettiradi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning 


rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta’lim muassasasining ish 
sharoiti hisobga olinadi. Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni 
egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar toʻgʻrisida 
umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni 
oʻstirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi 
va boshqalar kiradi. 
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - 
uning metodik qoʻIlanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va 
shunga oʻxshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir. Kalendar rejani 
guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. 
Tarbiyachilar vaqtivaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. 
Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati 
hisoblanadi. 
Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil 
etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik 
malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va oʻyinlariga rahbarlik usullari, 
bolaning boʻsh vaqti, koʻngilochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota-onalar 
bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim. 
Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha 
turlari: oʻyin, mehnat, maishiy faoliyat va mashgʻulot orqali amalga oshiriladi. 
Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. 
Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning oʻyini 
ham, mehnat mashgʻuloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi 
kalendar rejasidan oʻrinolishi lozim. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish 
tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir. 
Tarbiyachi bolaning psixikfiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi 
bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida yaratilgan 
ta’lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak.
Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir 
yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda taTim-tarbiya berish va 
tarbiyalashning usullarini oldindan oʻylab olish, maqsadni aniqroq koʻrish imkonini 
beradi. Reja boʻlsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi 
qoʻllanmalardan foydalanishni biladi. 

Yüklə 113,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin