Estetika fani predmeti va vazifalari



Yüklə 33,88 Kb.
səhifə4/7
tarix05.12.2023
ölçüsü33,88 Kb.
#172953
1   2   3   4   5   6   7
“estetika fani predmeti va vazifalari”-fayllar.org

Predmetlarning vazifasi: 1) Predmetlar tibsizligiga barham berish 2) predmetlar olamini tartibga keltirish 3) texnika estetikasi va dizayn, uning nazariya va amaliyotining vazifasi ana shundan iborat.
Har qanday texnik shaklga dizayn tomonidan qo’yiladigan asosiy talab – foydalilik, qulaylik va go’zallikdir .


Masalan : Dastlabki avtomobil shakl jihatidan oddiy qadimgi ekipajni eslatgan. Uning havo qarshiligiga kamroq uchraydigan, o’qlarining past tushishi kabi sifatlari bilib olingandan so’ng, bizning bugungi kunda zavqlantiradigan va ko’zimizni quvontiradigan o’sha dinamik shakli yaratilgan .
Hozirgi zamon avtomobilining go’zalligini uning amaliy vazifasidan ajratib bo’lmaydi .
Yaqin kelajak texnikasi yanada mukammalroq va go’zalroq mashinalar yaratadi. Buning guvohi qudratli kemalar va laboratoriyalarda ranglar tanlab, operatorlik posti signalizatsiyasini soddalashtirib, dizayner unga yangi, go’zal qiyofa beradi. U avtomobil, samolyot, teploxod, sex, zavodning ichki salonining jihozlashi mumkin.
Estetikaning ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi.
Estetika o’z mohiyati va mazmuniga ko’га qator tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan, birinchi galda falsafa bilan bog’liqdir. Ayni paytda estetika fan sifatida tarkib topdi. Uni falsafa bilan uzviy bog’lamay turib, samarali rivojlantirish mumkin emas.
• Estetika falsafaga o’zining metodologik bazasi sifatida tayanadi. Lekin estetikaga falsafaning bir qismi deb qarash to’g’ri bo’lmaydi. U estetikaga, tekshiriladigan hodisalarga qanday yondoshish prinsiplari ochib beradi. Shu bilan birga estetika falsafaga uzviy bog’liq deganimizda bundan estetika faqat umum falsafiy qoidalarini tavsif qiladi, u falsafaning bir bo’lagi degan ma'no kelib chiqmaydi. Albatta bunday emas. Estetikaning o’z predmeti va vazifalari bor. U ijtimoiy ongda amal qilinayotgan barcha qonun qoidalariga so’zsiz bo’ysunadi. Falsafa barcha ijtimoiy va tabiiy fanlarga, jumladan estetika falsafaga tadqiqot usuli sifatida tayanadi, hamda u falsafa prinsiplariga asoslangan mustaqil fandir.
• Estetika san'atshunoslik fanlari bilan ham bog’liqdir. Estetika san'atshunoslik bilim sohalari uchun boshlang’ich nazariy va uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi. Estetika san'atga xos fanlar bilan chambarchas bogliqdir. Ammo, san'atshunoslik fanlari estetikaning o’rnini bosa olmaganlaridek, estetika ham ularning o’rnini bosa olmaydi. San'at hodisalarini estetika konkret tarixiy sharoitlar bilan bog’liq holda analiz qiladi, bu esa uni san'at tarixi bilan yanada yaqinlashtiradi.
Estetika san'atshunoslikning umumiy qonuniyatlari, eng avvalo nafosat tabiati va estetik timsol qonuniyatlarini o’zida namoyish etadi. Estetika san'at tarixi ma'lumotlarini umumlashtiradi. Juda boy aniq materialdan foydalaniladi. O’z navbatida san'at tarixi ham estetikasiz yashay olmaydi, chunki estetika san'at tarixining rivojlanish yo’lini, uning taraqqiyot yo’lini belgilab beradi.
Shuningdek, estetika fani еtika bilan ham bog’liqdir.
Estetik baholar hamisha axloqiy tushuncha va intilishlar bilan bog’lanib ketadi.
Umuman olganda go’zallik mavj urib turgan narsa axloqiy jihatdan ham boy bo’ladi. Axloqiy jihatdan puch bo’lgan narsa xunuk bo’ladi. (Misol keltirish kегаk. Masalan: muxabbatdan nafratgacha bir qadam). Har bir san'at asari estetik formada hal etiladigan axloqiy muammoni o’z ichiga oladi. San'at esa go’zallikni, jozibadorlikni ko’rsatadi.
«Haqiqiy talantning qush qanoti bo’ladi» - deb hаq gapni aytgan edi Lev Tolstoy badiiy ijod haqida . «Uning bir qanoti etika bo’lsa, ikkinchisi estetkadir». Lekin shuni ta'kidlab o’tish joizki, estetika bilan etikaning go’zallik haqidagi ta'limot bilan yaxshilik haqidagi ta'limotning uzviy jihatdan yaqin bo’lsada, ammo ularning ikkisini bir narsa deb aytolmaymiz .



Yüklə 33,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin