Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo‘lmish go‘zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o‘z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi G. Laybnis (1646-1716) ta'limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi.
Alexander Gottlieb Baumgarten;
Estetika fanining predmeti
G. Laybnis inson ma’naviy olamini uch sohaga: aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ulaming har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql-idrokni o‘rganadigan fan- mantiqning, iroda-ixtiyomi o‘rganuvchi fan - Axloqshunoslik (etika) ning falsafiy fanlar tizimida ko‘pdan buyon o‘z o‘mi bor edi.
Biroq his- tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emas edi. A. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolami anglatuvchi yunoncha aisthetikos - «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» - «estetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi.
Estetika fanining predmeti
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go‘zallik falsafasi» degan ibora bu fanning mohiyatiga ko‘proq mos keladi. Negaki, u faqat san’atdagi go‘zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go‘zallikni ham o‘rganadi. Shuningdek, go‘zallikdan boshqa ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo‘jizaviylik, xayoliylik, uyg‘unlik, noziklik singari ko‘pdan ko‘p tushunchalar mavjudki, ulami tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o‘rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalaming har birida go‘zallik, bir tomondan, unsur sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ulaming o‘zi go‘zallikka nisbatan unsur vazifasini o‘taydi. Ana shu aloqadorlikning voqelikda namoyon bo‘lishini biz nafosat deb ataymiz.
Estetika fanining tadqiqot doirasi
San’at estetikaning tadqiqot obyekti sifatida o‘ziga xos olam. Unda estetik xususiyatlar bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. Shunga ko‘ra, uni nafosatga burkangan ijtimoiy hodisa deyish mumkin. San’at hayotni in’ikos ettirar rkan, insonning o‘zini o‘ziga ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini o'taydi. U insonni o‘rgatadi, da’vat etadi, go‘zallashtiradi. Bu vazifalami hajarishda estetika san’atning ko‘makchisi, yetakchisi hisoblanadi.
Estetika fanining tadqiqot doirasi
Estetika, bir tomondan, san'atning paydo bo‘lishidan tortib, uning turlari- yu janrlarigacha, san’at asarining ichki murvatlaridan to san’atkoming ijodkorlik tabiatigacha bo‘lgan barcha jarayonlami o‘rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun-qoidalami ishlab chiqadi va tatbiq cladi. Uchinchi tomondan esa, san’at asarini idrok etayotgan kishi mhidagi o‘zgarishlami nafosat nuqtayi nazaridan tadqiq qiladi.
Estetika fanining tadqiqot doirasi
Shunday qilib, estetika san’atni hamma tomondan qamrab oladi va unga teran kirib boradi: badiiy asaming yaratilish arafasidagi shart- sharoitlardan tortib to u bunyod bo‘lib, asl egasi - idrok etuvchiga etib borgunigacha bo‘lgan va undan keyingi jarayonlami tadqiq etadi hamda ulardan nazariy xulosalar chiqaradi. Zero, «San’at falsafasi» iborasining siri ham ana shunda.
Estetika - falsafiy fanlardan biri. Falsafa esa, fanlaming podshosidir. Darhaqiqat, u fanlar podshosi sifatida barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlami qamrab olib, ulardan umumiy xulosalar chiqarib, shular asosida insoniyatni haqiqat tomon yetaklaydi. Shu bois, tafakkumi falsafaning predmeti deb atash maqsadga muvofiq. Estetika esa, falsafiy fan sifatida barcha san’atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar asosida insonni go‘zallik orqali haqiqatga yetishtirishga xizmat qiladi.
Estetika fanining falsafiy mohiyati
Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san’atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Masalan, uslub, marom (ritm), kompozitsiya va h.k. borasidagi qonuniyatlar barcha san’at turlariga taalluqli. Hech bir alohida san’at turi haqidagi fan bunday imkon va imtiyozga ega emas. Masalan, kinoshunoslik ishlab chiqqan montaj nazariyasini musiqa yoki me'morlik san’atiga tatbiq etib bo‘lmaydi.
Estetika fanining falsafiy mohiyati
Estetikaning falsafiy mohiyatini yana uning san’at asariga yondashuvida ko‘rish mumkin. Ma’lumki, har bir san’atshunoslik ilmi o‘z tadqiqot obyektiga uch tomonlama - nazariy, tarixiy, tanqidiy jihatdan yondashadi. Masalan, adabiyotshunoslikni olaylik. Adabiyot nazariyasi faqat adabiyotgagina xos bo‘lgan badiiy qonuniyatlami, badiiy qiyofa yaratish usuli va vositalarini o‘rganadi. Adabiyot tarixi muayyan tarixiy- badiiy jarayonlar ketma-ketligini tadqiq qilish orqali badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Adabiy tanqid esa, adabiy-badiiy ijodning zamonaviy jarayonlarini tahlil etadi va har bir yangi asami baholaydi, asar ijodkorining ijodiy rivojlanishini kuzatib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Abdulla Sher, B. Husanov, E. Umarov. Estetika. T., «Universitet», 2008.
Abdulla Sher, B. Husanov. Estetika. T., «0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010.
Mukarram Nurmatova. Shaxs kamolotida xulqiy va estetik qadriyatlar uyg‘unligi. T., «Universitet», 2009.