Estetika nazariyasi. Reja


Olmon mumtoz estetikasining o‘ziga xos xususiyatlari (Kant, SHiller, SHelling, Xegel)



Yüklə 148,35 Kb.
səhifə8/20
tarix19.12.2023
ölçüsü148,35 Kb.
#186153
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Estetika nazariyasi.

Olmon mumtoz estetikasining o‘ziga xos xususiyatlari (Kant, SHiller, SHelling, Xegel). Insoniyat tafakkuri tarixida olmon mumtoz nafosatshunosligi nihoyatda Yuksak darajaga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Lekin bu darajaga etguncha Ovrupo nafosat ilmi uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tadi. O‘rta asrlarda cherkov hukmronligi tafakkur erkinligini bo‘g‘ib tashladi, natijada Ovrupo zulmat uyqusiga cho‘mdi. Nihoyat musulmon Ispaniyasi orqali XI-XIII asrlarda musulmon olami erishgan ma’naviy Yuksaklik, arab va suryoniy tillariga tarjima qilingan qadimgi Yunon mutaffakkirlarining asarlari Ovrupoga kirib keldi. CHunonchi, qadimgi nafosatshunoslik durdonasi bo‘lmish Arastuning «SHe’riyat san’ati» («Poetika») asari XIII asrda arab tilidan lotinchaga tarjima qilinib, keng tarqaldi. Oradan ikki Yuz yildan ortiq vaqt o‘tgandan keyingina u Yunonchadan lotinchaga o‘girildi.
Olmon mumtoz estetikasi ibtidosida buYuk faylasuf Immanuil Kant (1724-1804) turadi. U «Go‘zallik va ulug‘vorlik tuyg‘ulari ustidan kuzatishlar» (1764), «Sof aqlning tanqidi» (1781), «Amaliy aqlning tanqidi» (1788), «Muhokama qobiliyatining tanqidi» (1796) asarlarida nafosatshunoslik muammolariga mahsus to‘xtaladi.
Kantning fikriga ko‘ra, go‘zallik hissiyot manfaatsiz, beg‘araz, narsa-hodisaga bevosita maftunlikka borib taqaladi. Maftunlikning, muhabbatning ob’ekti esa shakldan boshqa narsa emas. Kant go‘zallikning quyidagi to‘rtta belgisini alohida ko‘rsatib o‘tadi:
Birinchi belgisi - go‘zallik manfaatsiz maftunlikning, muhabbatning ob’ekti.
Ikkinchi belgisi – go‘zallik tushunchalar yordamisiz, ya’ni, aql kategoriyasiz, bizga umumiy maftunlikning narsa hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi. Estetik muhokama hech qachon mantiqiy asoslanishi mumkin emas.
Uchinchi belgisi – go‘zallik maqsadga muvofiqlik shakliga egaligi, ya’ni qandaydir aniq maqsad haqida tasavvur hosil qilmasdan turib, narsa-hodisadagi maqsadga muvofiqlikni idrok etish mumkinligi bilan ajralib turadi. Demak, go‘zallik-narsa-hodisaning maqsadga muvofiqlik shakli, zero u maqsad haqida tasavvurga ega bo‘lmasdan turib, idrok etiladi.
To‘rtinchi belgisi - go‘zallik bizga tushunchasiz, zaruriy maftunlikning ob’ekti narsa-hodisasi sifatida yoqimlidir.
SHunday qilib, go‘zallik hammaga hech qanday manfaatsiz, shundayligicha, o‘zining sof shakli bilan yoqishi zarur bo‘lgan narsa-hodisadir.
Bu davrning eng zabardast va o‘ziga xos nafosatshunoslaridan biri buYuk olmon shoiri va dramaturgi Fridrix SHiller (1759-1805)dir.
SHiller jamiyatni o‘zgartirishni istaydi, lekin inqilobiy o‘zgarishlarga qarshi. SHillerning nazdida, inqilob avvalo, axloqsizlik, u asrlar mobaynida qaror topgan axloqiy tamoyillarni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlaydi; ikkinchidan, u nafosatga qarshi-inson tabiati uyg‘unligini buzadi, narsa mavjudligi tabiiy tartibining muqaddasligini va go‘zalligini parchalab Yuboradi. SHu bois jamiyatni qayta qurishdan avval insonni qayta qurmoq lozim. Buni esa shaxsning uyg‘un rivojlanishi, go‘zallik vositasidagi tarbiya orqali amalga oshirish mumkin. Go‘zallik esa SHiller nazdida, hodisaga aylangan erkinlik.
Xo‘sh, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi pulga sig‘inishdan, insonni o‘z kasbining muruvvatiga, parchasiga aylanib qolishdan xalos etish uchun, unga qadimgi Yunonlar davridagi uyg‘unlikni qaytarish uchun nima qilmoq kerak? SHiller, Yuqorida aytganimizdek, inqilobiy yo‘lni qat’iy inkor etgan holda, «estetik tarbiya» tushunchasini kiritadi; erkinlikka yo‘l faqat go‘zallik orqali o‘tadi, degan fikrni ilgari suradi.
Olmon mumtoz faylasuflari orasida Fridrix Vilxelm Yozef SHelling (1175-1854)ning estetik qarashlari ham diqqatga sazovor. Uning «San’at falsafasi», «Resi», «Tasviriy san’atning tabiatga munosabati» singari asarlarida nafosatshunoslik muammolari ko‘tarilgan.
SHellingning fikriga ko‘ra, san’at asarining o‘ziga xos belgisi «onglanmaganlikning cheksizligi» hisoblanadi. San’atkor o‘z tabiatidangina kelib chiqib ijod etar ekan, badiiy asar u aytishni hoxlagandan ortiq narsani o‘z ichiga oladi. Zero san’atkor o‘z asariga asar g‘oyasiga kirmagan yana «qandaydir cheksizlikni» ixtiyorsiz ravishda singdiradi. Bu cheksizlikni «cheklangan aql» qamrab ololmaydi. Ana shu onglanmaganlikning cheksizligidan SHelling go‘zallik tushunchasini keltirib chiqaradi: go‘zallik cheksizlikning cheklanganlikdagi ifodasi. Go‘zallik san’atning asosiy xususiyati. Go‘zalliksiz san’atning mavjud bo‘lishi mumkin emas. San’atkor alo hissiy go‘zallik g‘oyasini anglaydi shu g‘oyani sezilarli qiluvchi narsa bilan biriktiradi. Dahoning vazifasi olam uyg‘unligida Xudodagi oliy go‘zallikni ko‘ra bilishdir.
San’at taraqqiyotini SHelling asta-sekinlik bilan uning jismiylikdan qutilib borishida ko‘radi. CHunonchi, Yunon haykaltaroshligida ruhiy jihat jismda o‘z ifodasini topgan. Haykallar ilohiy mavjudotlar tushunchasini beruvchi va shuning barobarida san’atning maqsadini belgilovchi qadimgi Yunon mifologiyasiga asoslagan. YAngi davrda ana shu vazifani nasroniylik bajaradi. Rangtasvir, nojismiy narsalardan, qay darajadadir ruhiy bo‘lgan bo‘yoq va jilodan foydalana borib, tobora yangi davr san’atiga aylanib bormoqda. Rassom uchun eng muhimi-ma’naviy go‘zallikni aks ettirish. SHunday qilib, SHelling nazdida san’at taraqqiyotining barcha jarayonlari xissiylikdan ma’naviylikka o‘tish harakatidan ruhning materiya ustidan g‘alaba qozonib borishidan iborat.
Olmon mumtoz nafosatshunosligida o‘ziga xos e’tiborli o‘rinni Georg Vilxelm Fridrix Xegel (1770-1831) egallaydi. Nafosatshunoslik borasida uning «Estetika»deb nomlangan ko‘p jildlik ma’ruzalari mashhur. Xegel o‘z falsafiy tizimini mutlaq g‘oya asosiga quradi; uning uchun barcha mavjudlikning asosida qandaydir qiyofasiz, nosub’ektiv ruhiy ibtido yotadi - ana o‘sha mutlaq g‘oya. Mutlaq g‘oya esa tabiat, ijtimoiy hayot va uning barcha ko‘rinishlari mohiyatini tashkil etadi. Nafosat ham muayyan taraqqiyot bosqichidagi g‘oyaning o‘zi. Mutlaq g‘oya to tabiatga kirib borguniga qadar sof mantiqiy shaklda rivojlanadi. So‘ng u o‘zini tabiat sari begonalashtiradi, keyin yana o‘ziga, ruhiy olamiga qaytadi. Biroq, bu qaytish shu lahzagacha bo‘lgan barcha taraqqiyot hodisalari bilan boyish vositasida ro‘y beradi. Taraqqiyotning ana shu uchinchi bosqichida mutlaq g‘oya zaruriy muayyanlikka ega bo‘ladi. Muayyanlashuv shaklini g‘oya sub’ektiv, ob’ektiv va, nihoyat, mutlaq ruh qiyofasida qo‘lga kiritadi. Muayyan ruhning bu uch shakli nafaqat inson ongini, balki turli insoniy faoliyatlar hamda insoniy aloqalar va munosabatlar mohiyatini ham tashkil etadi. g‘oya taraqqiyotining oliy bosqichi mutlaq ruh hisoblanadi. Mutlaq ruh o‘zi uchun o‘zini predmet qilib, o‘zi uchun o‘z mohiyatini ifodalashdan boshqa hech qanday maqsadga ham, faoliyatga ham ega bo‘lmagan erkin, haqiqiy, cheksiz ruh. U tashqi va hissiy mushohadada tasavvurga, tasavvurdan tushunchalar asosidagi tafakkurga qarab rivojlanib boradi.
Xegelning fikriga ko‘ra, san’atning ibtidosi - me’morlik; u ramziy shaklga kiradi, zero his etiluvchi material g‘oyadan ustun turadi, shakl va mazmun muvofiqligi yo‘q. Bunda me’mor foydalanadigan noorganik material ma’naviy mazmunga bir shior, xolos. Haykaltaroshlikda, nisbatan san’atning Yuksak turi sifatida, inson vujudida erkin ma’naviylik o‘z aksini topadi. Bunda g‘oya ruhga munosib ifoda bilan singishib ketadi, his etiluvchi qiyofa va g‘oyaning to‘liq uyg‘unligi kuzatiladi. haykaltaroshlik san’atning mumtoz shakli bo‘lib, unga yaqini-rangtasvirdir. Uning tasviriy vositasi moddiy substrat (tosh, yog‘och va h. k.) emas, balki rangin Yuza, jiloning jonli tovlanishi. Rangtasvir moddiy jismning his etiladigan makondagi to‘laligidan qutiladi, zero u birgina yassilik bilan o‘lchanadi. Makondan to‘liq qutilish musiqada ro‘y beradi. Uning materiali tovush, tovushli jismning tebranishi. Material bu erda makoniy emas, zamoniy ideallik tarzida namoyon bo‘ladi. Musiqa hissiy mushohada chegarasidan chiqib, faqatgina ichki kechinmalar doirasini qamrab oladi.
Nihoyat so‘nggi, romantik san’at - she’riyat yoki so‘z san’atida tovush o‘z holicha hech qanday ma’no anglatmaydigan belgi sifatida Yuzaga chiqadi. Poetik tasvirning asosiy unsuri shoirona tasavvur. SHe’riyat (badiiy adabiyot) hamma narsani tasvirlay oladi. Uning materiali jo‘ngina belgi emas, ma’no sifatidagi, tasavvur sifatidagi tovush. Biroq material bunda erkin, o‘z holicha emas, balki ritmik musiqiy qonunlarga binoan shakllanadi. SHe’riyatda go‘yo san’atning hamma turlari bir-bir takrorlangandek; epos sifatida u tasviriy san’atga mos - xalqlar tarixini boy obrazlar va rangtasvirli manzaralar bilan bafurja hikoya qiladi; u lirika sifatida - musiqa, zero u qalb holatini aks ettiradi; nihoyat u dramatik she’riyat sifatida mazkur ikki san’atning birligi, zero harakatdagi, ziddiyatli manfaatlar, insoniy xarakterlar orasidagi kurashni ko‘rsatadi. SHuningdek, Xegel nafosatshunoslikning asosiy mezoniy tushunchalar, ideal va boshqa muammolar borasida ham teran fikrlar bayon etadi. Umuman, olmon mumtoz estetikasi insoniyat tafakkuridagi muhim taraqqiyot bosqichi sifatida katta ahamiyatga ega.

Yüklə 148,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin