Estetika nazariyasi. Reja


Temur va temuriylar davri nafosatshunosligi



Yüklə 148,35 Kb.
səhifə7/20
tarix19.12.2023
ölçüsü148,35 Kb.
#186153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Estetika nazariyasi.

Temur va temuriylar davri nafosatshunosligi. XIII asrga kelib, Markaziy Osiyo mintaqasi hamma sohada Yuksaklikka erishgan edi. Afsuski, mug‘ul bosqini Turkiston, Mavorounnahr, Rum, Huroson singari gullab-yashnab turgan o‘lkalarni vayron qildi. Ilm-fan, madaniyat tanazzulga Yuz burdi, ne-ne shaharlar er Yuzidan izsiz yo‘qoldi, musulmon SHarqi zulmat ichida qoldi. Faqat tarix sahnasiga Amir Temur chiqqanidan keyingina Uyg‘onish boshlandi. Sohibqiron bobomiz Yuritgan oqilona siyosat butun mintaqada ma’naviy Yuksalishga olib keldi. SHu bois Temur va temuriylar davri ilm-fan va san’atning oltin davri hisoblanadi. Bu davr nafosatshunosligida buYuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning o‘rni o‘ziga xos.

Alisher Navoiy (1441-1501) o‘z asarlarida ichki va tashqi go‘zallik g‘oyasini ilgari suradi. Allomaning «Hamsa»sidagi bosh qahramonlar ana shunday komil go‘zallik egalari. Umuman, Navoiy ham, boshqa ko‘pgina SHarq mutafakkirlari kabi insoniy go‘zallikni ichki go‘zallikda, hulqiy go‘zallikda ko‘radi.
Navoiy so‘zga alohida e’tibor beradi, uni ko‘ngil qutisi ichidagini gavhar deb ataydi, hatto falak jismining joni deydi:
Ko‘ngul durji ichra guhar so‘zdurur,
Bashar gulshanida samar so‘zdurur.
Erur so‘z falak jismining joni ham,
Bu zulumotning obi hayvoni ham.
«Majolis un-nafois», «Me’zon ul-avzon» asarlarida Navoiy ana shu mohiyatan muqaddas bo‘lgan so‘zdan foydalanish san’ati haqida fikr Yuritadi. «Me’zon ul-avzon» aruz nazariyasi sifatida diqqatga sazovor bo‘lsa, «Majolis un-nafois» tengi kam tazkira sifatida estetikaka aloqadordir. Unda Navoiy 450 nafardan ortiq shoir ijodiga to‘xtalib o‘tadi va ular ijodi uchun xarakterli bo‘lgan misollarni keltiradi. Ayni paytda, tazkirada din, shakl va mazmun singari estetika muammolari ham o‘z aksini topgan. CHunonchi, tazkiraning temuriy shahzoda shoirlarga bag‘ishlangan etinchi majlisida Amir Temur didi haqida fikr Yuritar ekan, shunday deydi: ... agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqeda o‘qubdurlarkim, aningdek bir bayt o‘qug‘oni ming yaxshi bayt aytgancha bor. Bu parchadagi andak mubolag‘adan qat’i nazar, Navoiy shoirona, estetik did tom manodagi estetik idrok egasi bo‘lishni, to‘g‘ri kelgan gapni vaznga solib, she’r deb taqdim etuvchi ba’zi nazmbozlardan Yuqori qo‘yganini fahmlab olish qiyin emas.
Umuman o‘sha davrda yozilgan san’at turlariga doir risola va tazkiralarni o‘nlab emas, Yuzlab sanash mumkin. Tasviriy san’at o‘zining sharqona ko‘rinishi-miniatYura janrida Yuksak darajaga ko‘tarildi. Hirotda »Nigoriston» miniatYura maktabi vujudga keldi. Uning etakchi rassomi Kamoliddin Behzod «SHarq Rafaeli» nomini oldi. Navoiy zamonasida barcha Hirot ahli, kasbi-koridan qat’i nazar, biror san’at turidan habardor edi. Nafis majlislarda yangi asar muhokamasi nihoyatda nozik didlilik bilan o‘tgan. Zayniddin Vosifiy o‘zining «Badoe’ ul-vaqoe’» asarida ana shunday nafis majlislardan birini keltiradi. Unda Behzod keyinchalik chizgan Alisher Navoiy suratining muhokamasi tasvirlanadi. Muhokamada Navoiy portreti fonidagi bog‘, qushlar va boshqa narsalarning tabiiy chiqqanligi, surat ulkan iste’dod mahsuli ekani o‘sha davrga xos nazokat bilan aytiladi..

Yüklə 148,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin