Estetika nazariyasi



Yüklə 88,16 Kb.
səhifə37/43
tarix29.03.2023
ölçüsü88,16 Kb.
#91022
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
4-Mavzu (1)

SAN’AT VA TEXNIKA. Texnika qadimda yunoncha techne – san’at, mahorat ma’nosini anlatadi. Hozir ham o’sha ma’nosini saqlab qolgan: san’atning biror-bir turida muayyan mahorat egasi bo’lgan kishiga nisbatan qo’llaniladi. M., Hamza Umarov aktyorlik texnikasini yaxshi egallagan iste’dodli san’atkor edi, deymiz. Shuningdek, rangtasvir texnikasi, she’r texnikasi, raqs texnikasi v.b. haqida ham gapirish mumkin. Ayni paytda u ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlarini amalga oshirish uchun yaratilgan vositalar majmui sifatidagi ma’nosi nuqtai-nazaridan ham san’at bilan aloqador. Uni jamiyat moddiy va ma’naviy madaniyatining o’zaro munosabatlari tarzida talqin qilish mumkin. Zero, hozir texnika inson xissiyotlari va san’at bilan kelisha olmaydigan temir tan, insoniy nazokatga, nafosatga putur etkazuvchi mashinalar dunyosi emas. Texnika ravnaqi natijasida estetik faoliyatning yangi turi dizayn va uning nazariyasi – texnika estetikasi vujudga keldi. Atrof-muhitni go’zallashtirishda, shaharsozlikda, me’morlikda texnikadan unumli foydalanilmoqda.
SAN’AT VA MEHNAT. Ma’lumki, mehnat insonning maqsadga muvofiq tarzda aql yoki kuch vositasida amalga oshiriladigan faoliyati. Ibtidoiy davrlarda mehnat asosan majburiylik tabiatiga ega bo’lgan: Qadimgi odam qorin to’ydirish uchun ko’p va og’ir mehnat qilgani bizga yaxshi ma’lum. Keyinchalik ish qurollarining takomillashuvi, yangidan-yangi ishlab chiqarish vositalarining vujudga kelishi mehnatni muayyan kasblar bo’yicha bo’linishiga olib keldi. Fan-texnika taraqqiy topgan hozirgi davrda odamlar asosan muayyan kasbiy tayyorgarlikdan keyin mehnat faoliyatini boshlaydilar. Kasb-hunar kollejlaridan tortib, to oliy o’quv yurtlarigacha turli ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydilar. Bunda muayyan ixtisoslikka moyil odamlar o’zlari yoqtirgan mehnat faoliyati turlarini avvaldan tanlaydilar, tayyorgarlikni (o’quv yurtini) tugatgach, sevgan kasbida ishlaydilar. Natijada mehnat qadimgidagidek og’ir majburiyat emas, balki jamiyat a’zosining sevimli kasbiga, yumushiga aylanadi, ijodiylik kasb etadi, zavq bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 88,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin