Estitik tarbiyaning mazmuni va metodlari



Yüklə 0,49 Mb.
tarix01.03.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#86047
estitik tarbiya

Xalqaro Nordik Universiteti ___________ guruh 1-kurs talabasi ___________________________ “ESTITIK TARBIYANING MAZMUNI VA METODLARI” mavzusida tayyorlagan T A Q D I M O T I

Mavzu: ESTITIK TARBIYANING MAZMUNI VA METODLARI

  • Reja :

Reja
1.Maktabgacha ta’lim muassalarida estetik tarbiyaning mazmuni
2. Estetik tarbiyaning mohiyati
3. Estetik tarbiya bolalarni go‘zallik bilan tanishtiruvchi vosita
Estetik tarbiya juda keng tushuncha bo‘lib, unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san’atga estetik munosabatitarbiyalash kiradi.Estetik tarbiya o‘z navbatida bolalarga bir qismi hisoblanadi. U aynirqsa axloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liqdir.
San’at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib borish,hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir birida uning xayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi.
Bolalarni go‘zallikka oshno qilish ularda hayotiy voqealarni turri tushunish, olijanob his-tuyg‘ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda go‘zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinnmalarini xis eta bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik bo‘lish, qayg‘usini birga baham kurish kabi xususiyatlar tarkib toptiriladi.
Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida o‘zoro talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqyoti ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi. Bu har xil yo‘llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya hal etuvchi rol o‘ynaydi.
Estetik ehtiyoj-kishi borliqni, badiiy faoliyatni uning har xil ko‘rinishlarida estetik idrok etishga undovchi subyektiv omildir. Estetik ehtiyoj guzallik turrisidagi fanning rivojlanish qonuniyatlarini yanada chuquroq o‘rganishga undaydi.
Estetik qiziishq shaxsni san’at asarlarini, tevarak-atrofdagi borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga yunaltiradi. Estetik qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi.
“Estetik tarbiya”tushunchasi bilan bir qatorda “badiiy tarbiya” tushunchasi ham mavjuddir.
Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali tarbiyalashdir. U shaxsda san’at asarlarining shakl va mazmunini estetik idrok etishni rivojlantirish, badiiy didni shakllantirish va san’atning ma’lum turlari buyicha ijodiy faoliyatni, ijrochilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir. Uning natijasi fiksing paydo bulishida, uni amaliy faoliyatda qo‘llashda, o‘z bilim va taassurotlarini qo‘sha bilishda,his-tuyg‘ulari va fikrlarini samimiyat bilan ifodalashda namoyon bo‘ladi. Estetika tabiatdagi, jamiyatdagi moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlarida aks etgan, shuningdek estetik ongning paydo bulishi, rivojlanishi va vazifasi to‘g‘risidagi qonuniyatlarni, obyektiv borliqni estetik bilishning muhim usullaridan biridir
Go‘zallik bilan uchrashish kishida estetik his, ruhiy hayajon, begaraz quvonch uygotadi.
Estetik xisda idrok etilayotgan voqelikka nisbatan xudbinlik oxangi, shaxsiy manfaat nuqtai nazaridan garazli qarashlar bo‘lmaydi. N. G. Chernishevskiy bu to‘g‘rida shunday yozadi: «Kishidagi guzallik hosil qilgan sezgi, odam eng yaqin kishisi bilan uchrashganda paydo buladigan porloq quvonchga o‘xshaydi. Biz go‘zallikni beqiyos sevamiz, undan eng yaqin kishimizni uchratganda quvongandek завқланиб quvonamiz».
Go‘zallik insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida yaratiladi va madaniy-tarixiy tajribaning bir kismini tashkil etadi. Uning mavjudligi, obyektivligi yosh avlodga estetik tajribani sistemali ravishda singdirish va shu orqali ularning estetik tomondan taraqqiy etishini ta’minlaydigan estetik tarbiya nazariyasining faol usullarini ishlab chikishga yo‘naltiradi
Go‘zallik insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida yaratiladi va madaniy-tarixiy tajribaning bir kismini tashkil etadi. Uning mavjudligi, obyektivligi yosh avlodga estetik tajribani sistemali ravishda singdirish va shu orqali ularning estetik tomondan taraqqiy etishini ta’minlaydigan estetik tarbiya nazariyasining faol usullarini ishlab chikishga yo‘naltiradi
Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi, ular bironta foydali ishni bajarayotib kerakli narsani yasayotib, o‘zlarining kuch va imkoniyatlari o‘sib borayotganini sezadilar.«Go‘zallik quvonchisiz mehnat quvonchi bo‘lmaydi,- deb yozgan edi V. A. Suxomlinskiy,- ammo bo‘larda go‘zallik bola ega bo‘layotgan narsa emas, balki birinchi navbatda u yaratayetgan narsadir.
Mehnat quvonchi - bu turmush quvonchidir». Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo‘lsa, u xar qanday qiyin ishda ham go‘zallikni ko‘ra oladi va uni yaxshi,zo‘r shavq-zavq bilan bajaradi. San’at uzining hissiy ta’sir kuchi bilan kishining faqat hissini emas, fikr va irodasini ham maftun etadi, uning tarbiyalovchi roli ham mana shunda namoyon bo‘ladi, shuning uchun u estetik tarbiyaning mazmuni va vositasi xisoblanadi.
Estetik tarbiya axloqiy, aloqiy, mehnat va jismoniy tarbiyabilan chambarchas bog‘liqdir. Estetik va ahloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki, kishining go‘zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo‘lishiga o‘xshab ketadi.Aksincha, go‘zallikni ko‘ra bilmaslik, undan zavqlanmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. San’atning tarbiyaviy kuchi shundaki, u odamni hayotdagi voqealarni,hodisalarni chuqur ;his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi.
Estetik tarbiy mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi, ular bironta foydali ishni bajarayotib kerakli narsani yasayotib, o‘zlarining kuch va imkoniyatlari o‘sib borayotganini sezadilar.o‘zallik quvonchisiz mehnat quvonchi bo‘lmaydi,- deb yozgan edi V. A. Suxomlinskiy,- ammo bularda guzallik bola ega bo‘layotgan narsa emas, balki birinchi navbatda u yaratayotgan narsadir. Mehnat quvonchi-bu turmush quvonchidir».
Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo‘lsa, u har qanday qiyin ishda ham go‘zallikni ko‘ra oladi va uni yaxshi bajaradi. Estetik va jismoniy tarbiya o‘rtasida mustahkam bog‘lanish bor.
Kishining mustahkamligi,jismoniy kamolotisiz uning go‘zalligini tasavvur etib bo‘lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi, harakatlarni chiroyli bajarishi, musiqa ostida chiroyli xarakatlar qilishi va xokazolar shular jumlasiga kiradi.
Ko‘pchilik pedagog va psixologlarning tadqiqot ishlari bolalarning ijodiy faoliyatlari, hissiyotlari, estetik tasavvurlarining o‘ziga xos xususiyatini va ulardagi estetik tasavvur va hissiyotlarning qanday rivojlanishini ochib bergan.Bu tekshirishlar bolalardagi estetik tasavvur va issiyotlarni rivojlantirishni ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishbilan birga qo‘shib olish borish kerak, degan xulosaga olib keldi. Estetik tasavvurning o‘ziga xosligi shundaki, idrokning boshsa turlariga qaraganda narsalarni his qilish shakli «ko‘rinadigan» va «eshitiladigan» narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrok qilishda narsalarning ko‘rinishi, ohangdorligi unchalik muhim bulmay, balki uning ahamiyati muhimdir.
Estetik idrok qilishda sa eng muhimi idrok qilayotgan narsaning obrazi, uning ifodali tomonlarini, nozik ranglarini ko‘ra bilish talab qilinadi. Shuning uchun estetik tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni, kuzatuvchanlikning rivojlangan bo‘lishini talab etadi. Kishi narsa va hodisalarga go‘zallik mezoniga asoslangan holda, alohida qadr-qiymat bilan yondoshgandagina estetik kechinmalar
paydo buladi. Estetik hislar fikrlash bilan bevosita bog‘liqdir.
Estetik kechinmalarda hap doim xayol ishtirok etadi, bu siz guzallikni idrok etish ham, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham mumkin emas. Xayol faoliyat jarayonida shakllanadi.
O‘yin, rasm chizish, ertaklarni eshitish xayolning ishlashini talab etadi. Dastlabki va xayol faoliyat jarayonida narsalar bilan ta’sir etish natijasida yuzaga keladi. Keyingi bosqichlarda esa ijodiy faollikning tashqi shakllaridan sekin-asta fikrlashga utadi. Bola rayem chizganda yoki uynaganda obrazni tasvirlashdan yoki ifodalashdan oldin shu obrazni xayolida yaratadi. Badiiy asarlarni idrok qilganda ham xuddi shunga uxshash voqea yuz beradiki, bolalar asardagi qahramonlarga xayolan qo‘shilib, ularning xatti-x,arakatlarida uz xayollari bilan qatnasha boshlaydilar.
Demak, estetik kechinmalar murakkab xodisa bo‘lib,hissiyotlar, xayol va fikrning faol ishlashini, uz fikr va hissiyotlarini ifodalashga, faoliyatga ehtiyoj turilishi kabi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.

E’tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin