Etika fani predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: Etika falsafiy fan sifatida. Etika fanining tadqiqod doirasi. Etika (axloqshunoslik) predmeti, muammolari va jamiyatdagi roli



Yüklə 6,94 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü6,94 Kb.
#190399
Komila ( Etika ) (2)

Etika fani predmeti, maqsadi va vazifalari Reja: 1.Etika falsafiy fan sifatida. 2.Etika fanining tadqiqod doirasi. 3. Etika (axloqshunoslik) predmeti, muammolari va jamiyatdagi roli.


Etika - yunoncha so'zdan olingan bo'lib, ahloq, hulq, odob ma'nolarini ifodalaydi. Etika falsafiy fan hisoblanib ijtimoiy ong shaklllaridan biri sifatida ahloqning kelib chiqishi, ahloqiy tarbiyaning taraqqiyot bosqichlari, ahloqning ilmiy- nazariy asoslari, ahloqning mezoniy tushunchalari, ahloqiy tarbiya shakllarini o'rgatadi.
Etika" atamasini birinchi bo'lib qadimgi yunon faylasufi Arastu (millodan avvalgi 384-322 yillar) muomilaga kiritgan.
U barcha fanlarni uch guruhga bo'ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizika; ikkinchi guruhga- etika va siyosat; uchinchi guruhga esa san'at, hunarmadchilik va amaliy fanlarni kiritadi. O'sha davrdan boshlab ahloq, odob, hulq haqidagi ta'limotlar "Etika" deb ataldi va fan darajasiga ko'tarildi.
Etika ahloq haqidagi ta'limot sifatida ahloqdan keyin, ya'ni ibtidoiy jamoa tuzumining inqirozi va sinfiy ta'limotning qaror topish bilan vujudga kelgan. Etika ta'limotlari paydo bo'lmasdan avvalroq kishilar ma'lum bir qoida, urf- odat, an'analarga rioya qilganlar. Davr o'zgarishi bilan etika ham falsafiy,nazariy, tarihiy fan sifatida rivojlanib, takomillashib bordi.
Hozirda "Etika", "Ahloqshunoslik" bir hil mazmundagi atama sifatida ishlatiladi. Ahloq - (arabcha hulqning ko'pligi) kishilarning tarihan tarkib topgan hulq- atvori,yurish - turishi, ijtimoiy va shahsiy hayotidagi o'zaro mavqe, jamiyatga bo'lgan munosabatlarini tartibga soluvchi ma'lum bir norma va qoidalar yi`dinsidir. Ahloq normalari kishilarning hatti- harakatlarida o'z ifodasini topadi. Ular ahloqli yoki ahloqsiz deb baholanishi mumkin.
Davr o'zgargan sari ahloq ham o'zgarib boradi, rivojlanadi, takomillashib, ma'naviy madaniyatning ko'rinishlaridan biriga aylanadi.
Etika kishilarni halol, pok, mehnatsevar, elparvar, adolatli, imon- e'tiqodli bo'lib faoliyat yuritishiga da'vat etadi. Shu bois etika ahloq falsafasi, ezgulik falsafasi deb ataladi.
Etika bayoniy, nazariy, amaliy hislati bilan ajralib turadi. U insoniyat o'z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal- maqollar, rivoyat, hikoyat tarzida bayon etadi, kishilarni ahloqiy qonun- qoidalarga o'rgatadi, hulosalar chiqaradi.
O'z davrining buyuk donishmandlari bo'lgan Aflotun, Arastu, Epikur, Tsitseron, Seneka, Avgustin, Farobiy, Ibn Sino, ~azzoliy, Spinoza, Kant, Gegel, Feyerbah va boshqalar etika nazariyasiga oid ta'limotlar yaratdilar.
Etikaning amaliy hususiyatlari Kaykovusning "Qobusnoma", Sa'diyning "Guliston", Jomiyning "Bahoriston", Navoiyning "Mahbub ul- qulub"; Montenning "Tajribanoma", Loroshfukoning "Hikmatlar", Gulhaniyning "Zarbulmasal" asarlarida o'z ifodasini topgan.
. Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bolgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish»,»Ilmi axloq»,»Axloq ilmi»,»Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovropoda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qollar edik. Uni birinchi bolib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan.
Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga boladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa sanat, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi talimotni fan darajasiga kotarganlar va «Etika» (ta ethiga) deb ataganlar.
Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb oylaymiz.
Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini organadi. «Axloq» sozi arabchadan olingan bolib, «hulq» sozining koplik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil manoga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fel-atvori va xatti-harakat ining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bolsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob inson haqida yoqimli taassurot uygotadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bolmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakat larni oz ichiga oladi.
Xulq oila, jamoa, mahalla-koy miqyosida ahamiyatli bolgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli tasir korsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakat larning majmui.
Axloq esa jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bola oladigan ijobiy xatti-harakat lar yigindisidir.
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori otiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning roparasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «Otiring, otaxon!» deb joy boshatsa, u chiroyli amol qilgan boladi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qoyadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki ozini mudraganga solib, qariyaga joy boshatmasa, g’ashimiz keladi, konglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr otadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uygotadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy boshatgani yoki boshatmagani oqibatida vagondagi yolovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi muhim ozgarish roy bermaydi.
Yüklə 6,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin