Etiologiyasi



Yüklə 402,94 Kb.
səhifə4/11
tarix16.12.2023
ölçüsü402,94 Kb.
#183290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bolalar serebral falajligi

2. Gemiplegik (gemiparetik) turi ham BSF ning eng ko‘p uchraydigan turidir. Kasallikning ushbu turi, ko‘pincha, serebral insult yoki bosh miya yarim sharlaridan birining rivojlanishdan orqada qolishi bilan bog‘liq. Bir tomonlama falajlik belgilari turli darajada namoyon bo‘ladi. Bola 3-4 oyga to‘lgach faqat bir qo‘li bilan harakat qilayotgani ko‘zga tashlanadi. Bu holatni, ko‘pincha, bolaning onasi yoki boshqa yaqinlari sezib qoladi. BSF gemiplegik turining o‘ziga xosligi shundan iboratki, falajlik, asosan, bir qo‘lda yaqqol ko‘zga tashlansa, o‘sha tomondagi oyoqda esa yengil ifodalangan bo‘ladi. Qo‘lning distal qismi, ya’ni qo‘l panjasi ko‘proq aziyat chekadi. Keyinchalik, ya’ni bola 1 yoshga yetmasdan turib falajlangan qo‘l va oyoqda muskullar tonusi spastik tarzda osha boshlaydi, qo‘l tirsak bo‘g‘imida bukila boradi. Bunday bolalar kech yurishadi. Og‘ir holatlarda kasallik belgilari bola tug‘ilganidan bir oy o‘tmay bilinadi va vaqt o‘tgan sayin gemiplegiya belgilari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunday bola bir tomonini deyarli qimirlatmaydi (ayniqsa, qo‘lini), yon tomonga ag‘darila olmaydi, uni o‘tqazsa falajlangan tomonga og‘ib yiqiladi. Kasallik qanday namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, falajlangan tomon o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi. Ko‘p hollarda ruhiy va aqliy rivojlanishdan orqada qolish, kortikal dizartriya, psevdobulbar falajlik, dislaliya, umurtqa pog‘onasi deformatsiyasi (skolioz), falajlangan tomonda bo‘g‘imlar qontrakturasi aniqlanadi. Bunday bolalar, odatda, 3-4 yoshlarda yura boshlashadi, nutqi ham kech rivojlanadi. 
3. Ikki tomonlama gemiplegiya BSF ning ikki tomonlama spastik serebral falajlik bilan namoyon bo‘ladigan eng og‘ir turidir. Kasallikning bu turi, ko‘pincha erta ontogenetik davrda ro‘y bergan bosh miyaning og‘ir zararlanishlari (jarohatlari) sababli rivojlanadi. Bunday bolalar, ko‘pincha, qimirlamay tug‘ilishadi, ularni, odatda, kesar kesish orqali tug‘dirishadi. Go‘daklik davrining dastlabki kunlaridan boshlab ikkala tomonda ham muskullar gipotoniyasi aniqlanadi. Bola o‘ta nimjon bo‘ladi va sekin rivojlanadi. Bola bir yoshga yetmasdan ikkala tomonda ham muskullar tonusi spastik tarzda osha boshlaydi, pay reflekslari kuchayadi,ya’ni spastik tetraparez shakllanadi. Bunday bolalar na o‘tira oladi, na tura oladi. Ularda shartli va shartsiz reflektor faoliyat izdan chiqqan bo‘ladi. Bolaga yordam berishga urinsa, uning qo‘l va oyoqlarida sinkineziyalar paydo bo‘ladi, muskullar tonusi yanada kuchayib oyoq-qo‘llari patologik holatda qotib qoladi. Ko‘p hollarda mikrosefaliya aniqlanadi, deyarli 90 % holatlarda aqliy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolish kuzatiladi. Shuningdek, epileptik xurujlar, kortikal dizartriya, kranial nevropatiyalar, psevdobulbar falajlik, dislaliya aniqlanadi. Bunday bolalar to‘la nogiron bo‘lib qolishadi. 

Yüklə 402,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin