Etiologiyasi



Yüklə 402,94 Kb.
səhifə1/11
tarix16.12.2023
ölçüsü402,94 Kb.
#183290
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bolalar serebral falajligi


Bolalar serebral falajligi (BSF) – serebral tipdagi harakat buzilishlari bilan namoyon bo‘ladigan klinik sindromlar majmuasi. BSF bosh miyaning prenatal, natal va postnatal davrdagi zararlanishlari sababli yuzaga keladi. Harakat buzilishlari (falajliklar, giperkinezlar) bilan bir qatorda aqliy rivojlanishdan orqada qolish, epileptik xurujlar, ataksiyalar, eshitish va ko‘rish funksiyasining buzilishlari ham kuzatiladi. 

BSF ning aksariyat klinik simptomlari erta bolalik davridayoq namoyon bo‘lsa-da, ular zo‘raymaydi. Demak, shakllangan nevrologik sindromlar yillar o‘tsa-da, o‘zgarmay qoladi. Biroq yosh bilan bog‘liq funksional buzilishlar yuzaga kelishi yoki chuqurlashishi mumkin. 
Tarixi.
«Serebral falajlik» atamasi XIX asrning o‘rtalarida paydo bo‘ldi. O‘sha davrda ingliz xirurgi Litll bolalarda uchraydigan spastik falajliklarni xirurgik yo‘llar bilan korreksiya qilishga uringan. Serebral falajliklarning asosiy sababchisi tug‘ruq paytida ro‘y beradigan bosh miya jarohatlaridir, deb yozgan edi Litll. U o‘z ishlarida «serebral falajlik», «spastik diplegiya» atamalarini ko‘p keltirib o‘tadi. Keyinchalik mutaxassislar bolalarda zo‘raymaydigan va deyarli turg‘un bo‘lgan falajliklarni «Bolalar serebral falajligi» degan umumiy nom bilan atay boshlashdi. Spastik diplegiya esa Litll kasalligi nomini oldi.
Etiologiyasi.
Bolalar serebral falajligi – ko‘p etiologiyali kasallik. 
Homiladorlik paytida onadagi mavjud turli infeksiya (SMV, toksoplazmoz va h.k.) va kasalliklar (toksikoz, og‘ir anemiya, surunkali intoksikatsiya, endokrinopatiyalar), zararli odatlar (chekish, ichish, giyohvandlik), yo‘ldosh kasalliklari, ona-bola rezus-omilining to‘g‘ri kelmasligi, embriotoksik ta’sirga ega farmakologik dorilarni iste’mol qilish BSF rivojlanishiga turtki bo‘ladi. 
Bola tug‘ilayotganda ro‘y beradigan bosh miya jarohatlari, serebral ishemiya, gipoksiya va gemorragiyalar ham ushbu kasallikning asosiy etiologik omillaridan hisoblanadi. Shu yerda bolaning muddatidan ilgari tug‘ilib qolishi va tana vaznining pastligini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Chunki «bolalar serebral falajligi» tashxisi qo‘yilgan bolalarning aksariyati muddatidan ilgari tug‘ilgan va tana vazni 2000 g dan past bo‘ladi. Masalan, 1500 g tana vazni bilan tug‘ilgan bolalarda BSF rivojlanish xavfi tana vazni normal tug‘ilgan bolalarga qaraganda deyarli 30 barobarga oshadi. Tana vazni past bo‘lishining asosiy sabablari esa yuqorida ko‘rsatilgan etiologik omillardir. Erta (16 yoshgacha) yoki kech (40 yoshdan keyin) homilador bo‘lgan ayollardan tug‘ilgan bolalarda ham BSF rivojlanish xavfi yuqori hisoblanadi. 
BSF ning yana bir etiologik omillaridan biri – bu genetik omil. 
Ota-onaning yaqin qarindosh bo‘lishi va shu kabi turli nasliy omillar bolada bosh miyaning rivojlanmay qolishiga (miya disgeneziyasi) sabab bo‘ladi. Bunday paytlarda genetik etiologiyali BSF haqida so‘z ketadi. 
BSF rivojlanishida erta postnatal davrda ro‘y bergan kasalliklar, ya’ni ishemik va gemorragik insultlar, gipoksik-ishemik ensefalopatiyalar, bosh miya jarohatlari (shu jumladan, gematomalar) meningoensefalitlar (qizamiq, qizilcha) ham etiologik omil sifatida qaraladi. Ammo BSF rivojlanishida postnatal omillarga qaraganda prenatal va natal omillarga asosiy urg‘u beriladi.
BSF (DSP) da aqliy zaiflik, psixologik oʻzgarishlar, epilepsiya, eshituv va koʻrish qobiliyatidagi oʻzgarishlar ham rivojlanishi mumkin. Kasallik anamnez va klinik belgilarga asoslangan holda tashxislanadi. DSP bilan kasallangan bolalar butun umri davomida realibitatsion markazlarda davolanishlari, medikomentoz muolajalar olishi, talab etilsa, jarrohlik amaliyoti bajarilishi lozim boʻladi. Butun jahon miqyosida DSP kasalligi har 1000 ta bolaning 1,7-7 tasida kuzatiladi. Chala tugʻilgan bolalarda bu koʻrsatkich 10 barobar yuqori boʻladi. Soʻngi izlanishlarda chala tugʻilgan bolalarning 40-50 % ida ushbu patologiya kuzatilishi oʻrganilgan.
Pediatriya sohasida bolalar serebral falaji kasalligi yetakchi muammolar qatorida turadi. Bunga sabab ekologiyaning yomonlashuvi, neonatologiya sohasining rivojlanishi, chala tugʻilgan bolalarning yashab qolishi (hatto 500 gr tugʻilgan bolalar ham yashab qolishmoqda) kasallikning keng tarqalishi va dolzarb mavzu ekanligini anglatadi.



Yüklə 402,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin