Kasallik chaqiruvchi tavush to‘lqinlari tovush to‘lqinlari kuchi, chastotasi va ta’sir vaqtiga bog‘liq ravishda organizmga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Har xil kuchdagi va baland-likdagi tartibsiz aralash yuzaga kelayotgan shavqunlar organizmga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Bu shavqunlar ta’sirida kuchli qo‘zg‘alish, charchash, nafas jarayonining o‘zgarishi, tavushning eshitilishini yomonlashuvi, bosh suyagi-ning ichki bosimini ko‘tarilishi va boshqa patologik o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Tasodifiy, birdaniga kuchli tavush, eshitish apparatini jarohatlashi mumkin: uzoq va kuchli hosil bo‘lgan tavush to‘lqini markaziy nerv sistemasining faoliyatiga ta’sir etishi mumkin. Ultra tovush (tovushning o‘zgarishi, uni shu organni qobul qilish doirasidan yuqori bo‘lishi) haddan tashqari uzoq va kuchli ta’sir etganida organizmda patologik o‘zgarish (modda almashinuvining buzilishi, hujayra tuzulishini o‘zgarishi, organizmda issiqlikning to‘planishi, qonda glyukoza va xolesterinning ko‘payishi, qonning shaklli elementlarining shakli va tuzilishini o‘zgarishi ya’ni deformatsiyasi oqsillarni ivib qolishi va boshqa o‘zgarishlar) chaqirishi mumkin.
Ichki kasallik chaqiruvchi sabablarga ko‘pincha organizmda kasallik kelib chiqishiga yordam beradigan sabablar kiradi. Masalan: kishilarni konlarda, zavodlarda, shaxtalarda ishlash-lari natijasida ularning organizmlariga turli yo‘llar bilan kirib qolgan zaharli moddalar to‘qimalarga singib, changlarni o‘pka to‘qimalariga o‘tirib qolib, shu to‘qimalarda turli etishmovchiliklar hosil qilib, kasallik keltirib chiqaradi. Qon aylanishini buzilishi ham kasallik chaqiruvchi ichki sabablarga kiradi. Irsiy xususiyatlarning o‘zgarishi mutagen sabablar ta’sirida ham kasallik keltirib chiqaradi.
Pavlov I.P. kasallik chaqiruvchi sabablarni uchta guruhga bo‘lib o‘rganishni tavsiya qiladi:
1. Hamma ekzogen va endogen sabablar birinchi guruh sabablar bo‘lib, ularga organizm shartsiz refleks bilan javob beradi.
2. I.P.Pavlov ishlari bilan vujudga keltirilgan indiferent ta’sirotlar ya’ni kasallik chaqiruvchi sabablar ta’siri, odatdagi sharoit bilan quvvatlanib turilsa keyinchalik shu quvvatlovchining tabiiy ta’sirini o‘zi kasallik chaqiradi. Masalan: apomorfinni shprisga olib, itni stanokga bog‘lab so‘ngra apomorfinni itga yuborilishi har gal yorug‘lik yoki qo‘ng‘iroq chalib quvvatlanib turilsa, keyin shu lampochkaning yoqilishini o‘zi kasallik chaqirib, it qusadi va bu sabablarni indeferent ta’sirotchilar deyiladi. Bu kasallik chaqiruvchi sabablarga hayvonlar organizmi shartli reflekslar hosil qilish bilan javob beradi.
3. Psixogen sabablar ham tajribalarda isbotlanib, inson uchun katta ahamiyatga ega ya’ni so‘zlash, chizish orqali organizmni ta’sirlash, og‘ir qayg‘urish, qattiq haqorat so‘zlarini yozilishi ham kasalliklarga olib kelishi mumkin.
1.Patogenez deb, kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanish mexanizmi, tarqalish yo‘llarini, oqim va oqibatlarini o‘rgatadigan ta’limotga aytiladi.
Grekcha pathos-jabrlanish, genezis-hosil bo‘lish. Turli patologik sabablar organizmga ta’sir ko‘rsatganda kasalliklarni turlicha mexanizmlar bilan rivojlantiradi. Patogenez ta’limotini osonroq tushunish uchun etiologik sabablarni 3-xil tipda ta’sir qilishini farq qilinadi.
1.-tip sabablar kasalliklarni barcha davrlarida ta’sir etib rivojlan-tiradi. Masalan: o‘tkir zaharlanishlarda to organizmdan zaharli modda chi-qib ketguniga qadar organizmni kasalligini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsa-tib turadi yoki elektr toki urganida ham shunday o‘zgarish hosil bo‘ladi.
2.-tip sabablar kasallikning mexanizmini rivojlantiruvchi, boshlab beruvchi kuch sifatida xizmat qiladi. Masalan: quyish-issiq suv ta’sirida bir marta ta’sirlash natijasida, kasallikni boshlovchi kuch sufatida xizmat qiladi. Quyindi moddalar hosil bo‘lib organizmni zaharlaydi, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini buzadi, kislotali muhit hosil bo‘lib kislorod tanqisligi hosil qiladi.
3.-tip etiologik sabablar kasalliklarning rivojlanishini davomiga qarab o‘zini ta’sirini davom etdira beradi.
Kasalliklarning rivojlanish mexanizmlarining asosiy tuzulishi shundan iboratki turli sabablar organizmga ta’sir etganda organizmda kislorod etishmasligi hosil bo‘ladi, ya’ni moddalar almashinuvi o‘zgaradi, bular esa turli organlar funksiyasini buzib kasalliklarning mexanizmlari rivojlana boshlaydi.
1.Kortikoviseral ta’limot-ikki tamonlama bog‘lanish, ya’ni nevr sistemasi butun ichki organlar bilan bog‘liqligini tushintiruvchi ta’limot. Organizmga berilayotgan ta’sirot yo shartli yoki sharsiz reflektor yo‘l bilan ta’sir qilib, shartsiz reflekslar yordamida javob beradi. Kasallikning rivojlanish mexanizmi organizmning reaktivlilik xususiyatlariga ham bog‘liq. Agar reaktivlilik kuchli rivojlangan taraqqiy etgan bo‘lsa, kasallik hosil bo‘lmasligi mumkin. Agarda organizmda turli mikro va makroelementlar etishmasa, oziqa tarkibi to‘liq bo‘lmasa yoki organizm charchab qolgan bo‘lsa, kasallikning rivojlanishi asta sekin yuzaga kelishi mumkin.
2.Nerv sistemasining tiplariga bog‘liq. Agar hayvonlar nimjon kuchsiz tipga kirsa, kasallik kuchliroq rivojlanadi.
3.Kasallik rivojlanishini stressorlar ta’sirida tushintiradi. Organizmga ta’sir etayotgan noadekvat ta’sirotlar uzoq vaqt davomida gipofiz va buyrak usti beziga berilsa, ular organizmni reaktivliligini boshqargani uchun ta’sirotlarga 3-xil o‘zgarish hosil qiladi.
1.Taranglik xususiyatlari gipofiz va buyrak usti bezi ko‘p gormon ishlab chiqarib, noadekvat ta’sirotga qarshi taranglashib, kuchli qo‘zg‘alib, ko‘p xil gormonlar ishlab chiqarib moslashadi. Agar gormon hosil qiluvchi funksiyasi yo oshib, yo pasayib ketsa organizm funksiyasi buzuladi.
2.Rezistenntlik bosqichida organizm har qanday patogen ta’sirga chidamli bo‘ladi, chunki gipofiz va buyrak usti bezining gormonlari organizmning energetik va plastik safarborligini kuchaytiradi. Rezistentlik bosqichida organizm patogen kuchni enga olmasa umumiy holsizlanish, holdan toyish bosqichi boshlanadi.
3.Umumiy holsizlanish bosqichida organizmning moslashuvchanligi yo‘qolib, immunologik reaksiyalar, regeneratsiya holati susayadi.
3.Hayvonlar va odamlarda hujayra tarkibini tekshirib patologik jarayonlarni rivojlanishi xromosomalarga bog‘liq ekanligini aniqlaganlar: masalan, jinsni rivojlanishidagi kamchiliklar ya’ni ikkilamchi jinsiy xususiyatlar, bola bo‘lmaslik va boshqa o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Erkaklarda jinsiy xromosomalar bitta ko‘p, ayollarda esa jinsiy xromosomalar bitta kam.