Etiopatogenez


Zot, jins va yoshni patogenezdagi ahamiyati



Yüklə 44,04 Kb.
səhifə5/5
tarix02.06.2023
ölçüsü44,04 Kb.
#123801
1   2   3   4   5
2-Etiopatogenez (1)

Zot, jins va yoshni patogenezdagi ahamiyati. Hayvonlar zoti kasallik kelib chiqishida muhim o‘rin egallab aljir qo‘ylari kuydirgi kasalligi bilan kasallanmaydi. Budyonniy zotli otlar o‘pka kasalliklariga berilmaydi. Kavkaz tog‘ merinoslari-pirapilazmoz bilan kasallanmaydi, lekin boshqa zotlar bu kasallik chaqiruvchi sababga yuqori sezuvchanlikga egadir. Yoshga bog‘liq bo‘lib, yosh hayvonlarda ovqat hazm qilish organlari, o‘pka yallig‘lanishi, ba’zi infeksion kasalliklar bilan kasallanishlar uchraydi. Hayvonlar etilib borishi bilan ko‘p kasalliklarga turg‘inlik paydo bo‘ladi.
4.Organizm faoliyatining qayta tiklanishi. Organizmda patogen ta’sirotchilar ta’sirida buzilgan funksiyalarni tiklash qobiliyatiga ega bo‘lgan himoyaviy moslashuvchanlik mexanizmlar bo‘lib, ularga organizmda hosil bo‘lgan ortiqcha energiya, yuzalar, depolangan qon, kimyoviy va biokimyoviy moddalar kiradi. Masalan: oddiy fiziologik sharoitda yurak muskullarining 17-20%, o‘pkaning nafas olish yuzasi, ichaklarning so‘rilishini ta’minlovchi yuza, buyrakning koptokchalarining 20-25%, jigarning 12-15%, qon tomirlarining 10-15%, gemoglobinning 50-60% va nerv, endokrin sistemalari kamdan-kam % foydalaniladi. Shuning uchun organizm istalgan qiyinchilik sharoitlarda ham moslashib tuzaladi. Masalan: ikki tomonlama o‘pka yallig‘lanishlarda, yurak muskullarining distrofiyasi va yog‘ bosishida, jigarni kuchli jarohatlanishida, bitta buyrak olib tashlanganida, me’da va ichaklarni katta qismi kesib tashlanganida, ko‘p qon yo‘qotganda, ko‘p kapillyarlar bo‘shab va tiqilib qolganida nerv va ichki sekretsiya bezlari jarohatlanganida ham funksiyalar kompensatsiya-lanadi. Kasal buyrak faoliyatini sog‘lom buyrak bajaradi, taloq olib tashlanganida yoki kasallanganida qon hosil bo‘lishini limfa tugunlari bajaradi.
Nazorat uchun savollar.
1.Etiologiya deb nimaga aytiladi?
2.Etiologiyani tushuntiruvchi qanday nazariyalarni bilasiz?
3.Etiologik omillarni turlarini ayting?
4.Patogenez deb nimaga aytiladi?
5.Patognezni tushuntiruvchi etiologik sabablarni ta’sir qilish mexanizmini tushuntiring?
Yüklə 44,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin