Etiopatogenez



Yüklə 44,04 Kb.
səhifə2/5
tarix02.06.2023
ölçüsü44,04 Kb.
#123801
1   2   3   4   5
2-Etiopatogenez (1)

Nervizm ta’limotiga ko‘ra organizm tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu nerv sistemasi tufaylidir deb tushintiradi.
Etiologiya ta’limotini o‘rganishda organizm tuzilishi va ularning birdamlik prinsiplarini e’tiborga olinishi kerak, ya’ni nazariya bilan amaliyotni chambarchasligini birga olib borishimiz kerak, bu etiologiyani atroflicha tushintira olishi mumkin.
Kasallik chaqiruvchi sabablarini 2-ta katta guruhga bo‘lib o‘rganiladi: tashqi yoki ekzogen, ichki yoki endogen sabablar.
Tashqi kasallik chaqiruvchi sabablarga mexanik, fizik, ximik, biologik va boshqa sabablar kiradi.
3.Kasallik chaqiruvchi tashqi muhit omillari.
Kasallik chaqiruvchi tashqi sabablar deganda shunday ta’sirotchilar tushuniladiki ular organizmga tashqi muhitdan ta’sir ko‘rsatib, patologik jarayonni hosil qiladi. Kasallik chaqiruvchi tashqi muhit omillarini o‘z-o‘zidan o‘rganilmasdan organizm bilan chambarchas bog‘liq holda o‘rganilib, kasallikning kelib chiqish darajasi uning xususiyatiga bog‘liqdir. Kasallik chaqiruvchi tashqi muhit omillariga mexanikaviy fizikaviy, ximiyaviy va biologik sabablar kiradi. Yuqori darajada rivojlangan hayvonlar organizmiga barcha omillar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etgan joy orqali yopiq avtomatik (I.P.Pavlov) M.N.S.siga so‘rilish oqibatida (zahralar va elektr toki, nur energiyasi) yoki reflektor ravishda (shartli va shartsiz reflektor yo‘l bilan).
Kasallik chaqiruvchi mexanikaviy omillar.
Organizmga tashqi muhitdan ta’sir etayotgan ta’sirotchi, organizmda u yoki bundan jarohatlanishni hosil qilib, travma deyiladi.
Bunday holatlarda jarohatlanish mexanikaviy (urilish, lat eyoish), termik (issiq va sovuq), elektr toki, kimyoviy, rentgen nurlari ta’sirida va hatto issiqlik (qo‘rqish, kuchli ta’sirlanish) hamda boshqa xildagi o‘zgarishlar holatida namoyon bo‘ladi.
Odatda travma yoki jarohatlanish atamasini tor ma’noda qo‘llab mexanikaviy yo‘l bilan bo‘lgan o‘zgarishlarni anglatadi. Mexanikaviy jarohatlanishlarga barcha o‘zgarishlar kiritilib, ezilish, yaralanish, o‘tkir, o‘tmas, otilgan o‘q, bosim berayotgan jismlar tomonidan hosil qilinadi.
Mexanikaviy ta’sirlar ta’sir qilgan joyda cho‘zilish, ezilish, urilish, qon tomirlari va nerv tolalarini jarohatlaydi. Cho‘zilish yoki tortilish oqibatida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlar kasallik chaqiruvchi sababni kuchi, ta’sir qilish vaqti va cho‘zilish yoki tortilishiga uchragan organ yoki to‘qimaning fiziologik xususiyati hamda holatiga bog‘liq.
Suyak, tog‘aylar ham cho‘zilib, tortiladi, muskullar qisqargan paytida, tinch turganidan kam tortiladi.
Agar organ kuchli tortilib, cho‘zilsa (teri, muskul bog‘lamlar, suyak va boshqalar) yirtilib, uziladi. Sekin lekin uzoq va takroriy tortilish cho‘zilish (masalan bo‘g‘imlarda) bog‘lovchi qismlarni bo‘shashib, bo‘g‘imlarni o‘ynab qolishigacha, chiqishiga va boshqalarga olib keladi.
Kuchli va uzoq muddatli ichki organlarni me’da, ichak, siydik xaltasi) to‘lib ketishi. Shu organ devorini atrofiga va bez hujayralarini distrofiyasiga sabab bo‘ladi.
Organ va to‘qimani bosilishi natijasida yuzaga keladigan o‘zgarish qon bilan ta’minlanishini, buzilishini chaqirsa, uzoq muddatli organ yoki to‘qima bosilib qolishidan to‘qimani oziqalanishi buzilib, atrofiya va hatto ularda nekrozigacha o‘zgarish chaqiradi.
Kuchli namoyon bo‘ladigan organlar funksiyalarining buzilishi hayvonlar tuproq ostida qolib ketishidan qutqazilganda hosil bo‘lib, oqibatda tez-tez buyrak faoliyatini travmatik shokga xos buzilishlari kuzatilib turiladi.
Hayvonlarda sovuq yoki o‘t otuvchi qurollar, momoqaldiroq, havo to‘lqinlarining ta’siri natijasida jarohatlanishlar hosil bo‘ladi. Balandikdan tushib ketish yoki momoqaldiroq to‘lqinlari ta’siridan chuqur joylashgan to‘qima va organlarni taloq va qon tomirlarini yorilishi teri qoplama tizimi o‘zgarmasdan suyaklarni sinishi kuzatiladi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida travmatik jarohatlanishlar (hayvonlarni parvarishlavchi kishilarning sovuqqonligidan) turli ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan moslama va ish qurollarini ta’siridan (mashina mexanizmlari, yugan, no‘xta va boshqalar) yuzaga keladi.
Travmatik jarohatlanishlarni quyidagi turlari farq qilinadi:

  1. Teri qoplama sistemasining butunligi buzilmagan yopiq jarohatlanishlarga quyidagilar kiradi: to‘qimani (o‘sma, yugan va nuxta bilan) qisilishi. O‘tmas qurol aslahalar ta’sirida cho‘zilish, tortilishi, uzilishi, suyaklarni chiqishi, sinishi, yorilishi.

  2. Teri qoplama sistemasini jarohatlovchi, ochiq o‘zgarishlarga yaralanish, suyakni teri qoplamasini buzishi, yirtishi kiradi. Ta’sir qilayotgan ta’sirotning kuchiga bog‘liq ravishda yirtiq kesilgan, o‘yilgan yaralanishlar hosil bo‘ladi.

Jarohatlanish hosil bo‘lganda xarakterli yoki xos o‘zgarishlardan biri og‘riq sezishdir. Og‘riq hosil bo‘lishi ta’sirotchining organni ekstro va introretseptorlarga ta’siridan zaharli moddalar, to‘qimalarni parchalanish va mikroorganizmlar zaharlarining jarohatlangan qismga to‘planishi bilan bog‘liqdir.
Jarohatlanishlar davrida mahalliy o‘zgarishlar bilan bir qatorda ba’zi organlarda umumiy o‘zgarishlarni (yurak, nafas organlari, endokrin va tashqi organlarga) funksiyalarni reflektor ravishda buzilishi kuzatilib, taxikardiya, nafas olishni tezlashishi giperglikemiya, qon bosimini oshishi va boshqa o‘zgarishlar bilan harakterlanadi.
Tana yuzasidagi to‘qimalarning jarohatlanishi organizm ichki qismlariga mikroorganizmlarni qirib, ularni yallig‘lanishini chaqiradi. Odatda to‘qimalar yaralanganda oragnimzni himoya moslashuvchanlik mexanizmlar faoliyati tufayli patogen o‘zgarishlarni chegaralanishi, faqat ba’zi bir holatlarda organizm ximoya moslashuvchanlik mexanizmlarining qarshiligi etarli bo‘lmasligidan jarayon kuchayib, avval pnemiya so‘ngra sepsis rivojlanishi mumkin.
Yaralangan qismlarda o‘lgan-nekrozga uchratgan to‘qimalar keng qismni tashkil etib, jarohat chaqiruvchi sababning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siri yuilan bog‘liqdir. Bunday o‘zgarishlarni yuzaga kelishi to‘qimani oziqalanishini va moddalar almashinuvini qon tomirlarni torayishi tiklanishi va yorilishidan, ineervatsiyasini butunligini buzilishidan va nihoyat to‘qimalarni jarohatlangan va qo‘shni sog‘lom to‘qimalarni ekssudat bilan qisilishi bilan bog‘liq.
Uzoq muddatli yiringli yaralarni tuzalmasligidan organizm ariqlab-yaralanishli ozib ketishdir. Yaralanishli ozib ketish ichki organlarni kuchli buzilishi(plevra, o‘pka, qovurg‘a, chanoq va tosh)ga olib keladi. Bunday holatlarda to‘qimada regeneratsiya jarayoni zaiflashadi teri, osti kletchatkasida, ko‘ndalang targ‘il muskullarda, ba’zi bir ichki organlarda atrofiya rivojlanadi: hayvonlar ishtaxasi bug‘ilgan, uyqu buzilgan, jigar va ichak faoliyati buzilib, yotaverishdan ayrim qismlar uyushib, jonsiz bo‘lib qoladi.
Surunkali yaralanishlar davrida mikroblar hosil qilgan toksinlar, to‘qimalarning parchalanish mahsulotlari, organizmni zaharlab, ozib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuning bilan bir vaqtda yirin tarkibida ko‘p oqsillar organizmdan ajralib, oqibatda organizmning kasallik chaqiruvchi sabablarga nisbatan qarshi turishini zaiflashishiga sabab bo‘ladi.
Travmatik shok organizmning og‘ir patologik holatlaridan hisoblanib, oyoq suyaklarining kuchli trovmatik jarohatlanishi, qorin, ko‘krak qafasini jarohatlanishi keng qismlarda sezuvchi nerv oxirlarini qo‘zg‘alishi bilan kechadigan o‘zgarishdir.
Travmatik shok davrida qisqa muddatli qo‘zg‘alishdan keyin organizmning asosiy fiziologik funksiyalarini kuchli tormozlanishi yuzaga keladi. Travmatik shokga davrida xarakterli o‘zgarishlardan nafas va pulsning tezlashishi, arterial bosimning oshishi, qonda glyukoza va adrenalin miqdori ko‘payishi hosil bo‘ladi. Keyinchalik qon bosimi pasayadi, qon tomirlarida aylanayotgan qon miqdori kamayadi, tana harorati pasayadi, reflektor faoliyat zaiflashib, atrof muhit o‘zgarishlariga hayvonda befarqlik paydo bo‘ladi, og‘riq sezgisi pasayadi, qonning ishqoriy rezervi va to‘qimalarda kislorod istemoli kamayadi. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining va vegitativ markazlarning qo‘zg‘aluvchanligi, biopatensial-larning hosil bo‘lishi zaiflashadi. Travmatik shok holati travma olgandan yoki travma hosil qiluvchi ta’sirotchi ta’siridan so‘ng hosil bo‘ladi (birlamchi shok). Birlamchi shok reflektor ravishda sezuvchi nerv oxirlarini travma chaqiruvchi sabablar ta’siridan qo‘zg‘alishidan hosil bo‘ladi. Periferik nervlarni ta’sirlanishi avvalo qo‘zg‘alish, keyinchalik po‘stloqda tormozlanish chaqirib, po‘stloq osti qismlarga irradiatsiyalanadi. Bu organizmning barcha fiziologik funksiyalarini zaiflashtiradi, xususan qon tomirlar tonusini pasaytirib, qonning bosimini pasayishiga olib keladi. Ko‘pchilik olimlar shokning ikkilamchi rivojlanishini organizmga gistaminga o‘xshash moddalarni to‘qimalarning ezilgan qismidagi qon tomirlar orqali so‘rilishidan zaharlanishlar yuzaga keladi deb tushintiradi. Bu fikrlarni tasdig‘i sifatida quyidagi tasdiqlovchi ma’lumotlarni keltiradi. Hayvon qoniga gistamin va boshqa biologik faol moddalarni yuborganida ikkilamchi shokga o‘xshash holat hosil bo‘ladi, lekin gistamin va peptonli shok ushbu shokga o‘xshash bo‘lishiga qaramasdan aynan shikastlanish natijasida hosil bo‘lgan shokga o‘xshamaydi. Travmatik shokning hosil bo‘lishi organizmda yuzaga kelayotgan yordamchi qo‘shimcha o‘zgarishlar, naqulay omillar (qon yo‘qatish, organizmning savishi yoki qizib ketishi, och qolishi, charchashi) travma hosil bo‘lgan joy (nerv ustunilari) jarohatlangan joyni kengligi, retseptorlarning ko‘pligi va boshqa bir qancha sabablarga bog‘liq. Travmatik shokning rivojlanishida va keyinchalik buzilgan funksiyalarni tiklanishida gipofiz, buyrak usti bezining gormonlari, nerv sistemasi va boshqa organlarning ta’siri yuzaga keladi.
Travma oqibati organning turi, hayotiy muhimligiga bog‘liq. Agar yurak, katta diametrli qon tomirlari, nerv markazlari va boshqalar jarohatlansa o‘lim yuzaga kelishi mumkin. Mexanikaviy ta’sirotlarni nerv sistemasiga ta’siridan kelibchiqadigan o‘zgarishlar og‘ir va murakkabdir. Periferik nervlar jarohatlanganda organ sistemalarni harakatlanish va sezuvchanlik xususiyatlari o‘zgaradi. Markaziy nerv sistemasining mexanik jaroxatlanishidan organizmda og‘ir funksianal o‘zgarishlar yuzaga keladi (ta’sir etgan joyi jarohatlanish darajasiga bog‘liq). Kuchli lat eyish, o‘q va bosh suyagining yaralanishi, umumiy latlanish chaqirib, ba’zan bosh miyani jarohatlashi, qon tomirlar va nafas markazini tormozlashi mumkin. Buning oqibatida nafas harakatlari to‘xtaydi yoki yurakning paralichlanishi yuzaga keladi. Asosan hayvon organizmiga eng kuchli zararli ta’sir miyaning kulrang moddasini jarohatlanishi, rombosimon chuqurcha (bu qismga ukol qilinsa hayvonni darrov o‘limi yuzaga keladi).
Orqa miya jarohati oyoqni paralichlab, chanoq sahosi organlarini (siydik, axlat ajratish va boshqa) funksiyalarini buzadi. Ba’zan podcherevnoy(qorin) qismga kuchli urilganida yurak ishi zaiflashib, hatto to‘xtab qoladi. Organizm uchun yurak va katta qon tomirlarining jarohatlanishi xavflidir. Yurak jarohatlanganida uning nerv-muskul apparatining ta’sirlanishidan, tromb va yurak bo‘shliqlariga qon quyilishidan odatda o‘lim sodir bo‘ladi.
Son, uyqu va ichak tutqich pardasining arteriyasini yorilishi yoki jarohatlanishidan tashqi va ichki quyilish yuzaga kelib, o‘lim bilan yakunlanadi. Ko‘krak qafasida to‘qimalarni yirtilishidan plevralar aro bo‘shliqlarga havo kirib, o‘pkani qisib qo‘yadi vanafasni (reflektor) buzilishiga olib keladi.

Yüklə 44,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin