qo‘llash bosqichlari
Ush
3.Ta’limning funksional va tashkiliy tuzilmalarini
rivojlantirish, ta’limning yangi shakllarida ularni amalga
oshirish vositasi
1.ZDV ning alohida pedagogik vazifalarni an’anaviy
o‘qitish shakllari va o‘qitish metodlari doirasida hal
qilish vositasi sifatida qo‘llanilishi
O‘qitishning yangi metod va shakllari
2. Didaktika va metodikani rivojlantirish vositasi
ZDV ta’minlaydigan yangi imkoniyatlar
Ta
’lim
ti
zim
ida
ZD
V
ni
qo‘lla
sh
бос
қи
чи
ала
ри
ZDV ning
faol qo‘lla-
nilishi
ZDV ning
nofaol
qo‘llani-lishi
Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 316 www.ares.uz
bu bosqichda zamonaviy didaktik vositalari o‘quv jarayonini boshqa o‘quv-
metodik vositalar bilan baravar holda qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Zamonaviy
didaktik vositalarining o‘rni va uning bajaradigan vazifalari ta’limni
tashkil
etishning
shakllangan tamoyillari bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, ushbu bosqichda
zamonaviy didaktik vositalari nofaol tarzda qo‘llaniladi, ya’ni ta’lim tizimining
o‘zgarishiga deyarli ta’sir etmaydi.
Zamonaviy didaktik vositalarining professional ta’limda faol qo‘llanilishi
ikkinchi va uchinchi bosqichlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu shu bilan
belgilanadiki, zamonaviy didaktik vositalar an’anaviy o‘quv-metodik vositalarga
nisbatan yangi imkoniyatlarni ta’minlaydi, ko‘pgina mavjud funksiyalar yanada
yuqori sifat bilan amalga oshiriladi.
Zamonaviy didaktik vositalarning asosiy afzalliklari bo‘lib quyidagilar
hisoblanadi: ta’lim oluvchiga o‘ziga qulay zamonaviy didaktik vositalari bilan ishlash
joyi va vaqtini, o‘qish sur’atini tanlashga imkon beradigan o‘quv materialini mustaqil
o‘zlashtirish (mustaqil ta’lim olish) uchun shart-sharoitlar yaratilishi; ta’limni yanada
chuqurroq individuallashtirish va uning variativligini (ayniqsa, ta’lim oluvchining
joriy tayyorgarlik darajasi va qiziqishlar doirasiga moslashtiriladigan zamonaviy
didaktik vositalari) ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratilishi; o‘rganilayotgan
ob’ektlar va jarayonlarning modellari (shu jumladan, amaliyotda tanishish qiyin
bo‘lgan modellar) bilan ishlash imkoniyati; o‘rganilayotgan ob’ektlarning uch
o‘lchamli virtual obrazlarini taqdim etish va birgalikda ishlash imkoniyati; noyob
axborot materiallarini (slaydlar, rasmlar, qo‘lyozma, videolavhalar, ovozli yozuvlar
va boshqalar) multimedia va mabil ilova shaklida taqdim etish imkoniyati; nazoratni
avtomatlashtirish, bilim va ko‘nikmalarni yanada ob’ektiv baholash imkoniyati; bilim
va ko‘nikmalarni nazorat qilish uchun takrorlanmaydigan topshiriqlar sonini
avtomatik tarzda generatsiya qilish imkoniyati; axborotni izlash (gipermatn,
gipermedia, avtomatlashtirilgan ko‘rsatkichlar, tayanch so‘zlar bo‘yicha izlash, butun
matn bo‘yicha izlash va boshqalar) imkoniyati; ilg‘or psixologik-pedagogik
metodikalarni (o‘yinli va musobaqali ta’lim shakllari, eksperiment o‘tkazish, virtual
holatga “sho‘ng‘ish” va boshqalar) samarali qo‘llash uchun yaratilgan imkoniyatlar.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan mulohazalar zamonaviy didaktik vositalarini
didaktik va funksional nuqtai nazardan tavsiflaydi.
Zamonaviy didaktik vositalarining texnologik afzalliklariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqish tezkorligining oshishi; yangilash, rivojlantirishning osonligi va
nusxalarini ko‘paytirishning osonligi, Internet orqali foydalanishi va tez tarqatilishi.
Ta’limda zamonaviy didaktik vositalarining faol qo‘llanilishining ahamiyati
shundan iboratki, ular nafaqat ma’lum pedagogik vazifalarni hal qilish vositalari
|