Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021 Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 317 www.ares.uz sifatida foydalaniladi, balki didaktika va metodikaning rivojlanishiga turtki beradi,
o‘qitish va ta’limning yangi shakllarini yaratishga imkoniyat yaratadi. Masofaviy
ta’lim Internet texnologiyalarining keng tarqalishi natijasida jadal rivojlanadi.
Multimedia,
kompyuter
grafikasi,
mabil
ilovalar
va
trenajyor
tizimlari
texnologiyalari, shuningdek raqamli ma’lumotlarni zichlashtirish metod va
algoritmlarining rivojlanishiga, kasbiy faoliyat sharoitini imitatsiya qiluvchi virtual
voqelikka “kirish” orqali foydalaniladigan o‘qitish metodikalarini ishlab chiqishga
turtki beradi. Bundan tashqari, kompyuterli tarmoq trenajyorlar sinfining yaratilishi
ishbilarmonlik va musobaqa o‘yinlari (kasbiy tayyorgarlik va malaka oshirishda
kasbiy musobaqa va ishbilarmonlik o‘yinlari avvaldan qo‘llanilib kelinsada, lekin
zamonaviy didaktik vositalari ularni tashkil etish va o‘tkazish sifatini sezilarli
oshiradi shaklidagi mashq qilish metodikasining rivojlanishiga ham imkoniyat
yaratadi).
Metodika va didaktikaning rivojlanishida zamonaviy didaktik vositalari hal
qiluvchi ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida zamonaviy didaktik vositalaridan
foydalanish natijasida (ta’lim sifatini oshirish; o‘quv tadbirlarini tashkil etish va
o‘tkazishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish; o‘qituvchilar yuklamasi va
metodik vazifalarni qayta taqsimlash, nostandart o‘quv topshiriqlarini tayyorlash,
ta’lim oluvchilar bilan individual ishlash va boshqalar natijasida) o‘quv jarayonini
o‘quv-metodik vositalar bilan ta’minlashning tezkorligi ta’minlanadi.
Ta’limga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish quyidagilarning hisobiga
amalga oshiriladi: o‘qituvchining ayrim vazifalarini (tayanch o‘quv materialini bayon
etish, ko‘p sonli nazorat topshiriqlarini tayyorlash va tekshirish, ta’lim oluvchilarning
dastlabki tayyorgarligi, bilim va ko‘nikmalari darajasini joriy baholash va
boshqalarni) zamonaviy didaktik vositalariga yuklash; bosma, o‘quv-metodik
qo‘llanmalarga ehtiyojni kamaytirish; o‘quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti
vositalari (bino, laboratoriya jihozlari va boshqalar) ga yuklamani kamaytirish; o‘quv
tadbirlarini o‘tkazish joylariga borishga harajatlarni kamaytirish va boshqalar.
Qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, ta’limning zamonaviy tizimida aniq
o‘quv-metodik vositalarni tanlash ehtiyoji tug‘ilganda zamonaviy didaktik
vositalariga o‘qitishning an’anaviy vositalariga nisbatan ko‘proq ustuvorlik beriladi.
Ammo, bu ustuvorlik zamonaviy didaktik vositalarining o‘qitishning an’anaviy
vositalarini butunlay siqib chiqarishini yoki ularni almashtirishni anglatmaydi.
Zamonaviy didaktik vositalarining ham o‘ziga xos kamchiliklari bor. Ular qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin: Zamonaviy didaktik vositalari bilan ishlash uchun
mos dasturiy ta’minotga ega bo‘lish; kompyuterda ishlash ko‘nikmasini egallash
zarurligi; kompyuter ekranida katta hajmdagi matnli materiallarni idrok qilishning