NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINI BILISH VA KASBIY FAOLIYATDA
FOYDALANISH MASALALARI
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 6-noyabr
№PF-6108-son Farmoni
“O‘zbekistonning yangi
taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya
va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
2021-yil 1-martdan boshlab pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlariga
xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi xodimlari)
malakasini oshirish huquqi berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari davlat ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini
(keyingi o‘rinlarda — pedagog xodimlar) attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasini berish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning
uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son
qarorida
ro‘yxati belgilangan xalqaro fan olimpiadalarida
g‘oliblik (oltin, kumush, bronza medali)ni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga —
oliy, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘qituvchilariga — bosh o‘qituvchi malaka toifasi beriladi;
Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar malakali pedagog, ilmiy
xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy o‘quv dasturini
(keyingi o‘rinlarda — Dastur) ishlab chiqsin
|