Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/141
tarix22.02.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#52956
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141
etnologiya

 
REJA: 
1. Fanning mohiyati va kwpqirrali ijtimoiy gumanitar fan sifatida uning tadqiqot ob`ekti.  
2. Etnologiyaning turli yondosh fanlar bilan aloqalari. 
3.  Etnologiyani  davrlashtirish.  Xalqona  etnografik  tushunchalar  va  ularning  ibtidoiy 
jamiyatda tutgan wrni. 
4.  Qadimgi  va  wrta  asrlarga  oid  etnografik  materiallar.  Buyuk  geografik  kashfiyotlar 
jarayonida etnografik materiallarni yig`ilishi. 
 
Jahon  aholisi-  XXI  asrga  kelib  olti  milliardga  kwpaydi.  Swnggi  bir  asr  davomida  er 
kurrasidagi xalqlar son jihatdan kwpayibgina qolmay, ularning tuzilishi, turmush tarzi va ma`naviy 
dunyosi  ham  tubdan  wzgarishga  yuz  tutdi.  Ona  tabiat  naqadar  rang-barang  va  xilma-xil  bwlsa,  er 
yuzida  yashovchi  aholining  etnik  qiyofasi  ham  shu  qadar  rang-barang,  turli-tumandir.  Statistik 
ma`lumotlarga kwra, wtgan asr oxirlarida jahonda ikki mingdan ortiq xalqlar va elatlar yashagan.  
 XX asr iqtisodiy-ijtimoiy buhronlar, ekologik, etnik muammolar asri bwldi. Bu muammolar 
wz-wzidan  XXI  asrga  ham  kwchib  wtdi.  Shunday  ekan  bunday  vaziyatda  yoshlarning  ongi  va 
bilimini,  jamiyatni  boshqarishga  aloqasi  bor  barcha  shaxslarning  tasavvurlarini  etnologik 
ma`lumotlar bilan boyitish zaruriyati muhim ahamiyat kasb etadi.  
Etnolog  olimlarning  juda  kwp  ilmiy  tadqiqotlari  shuni  kwrsatadiki,  insoniyot  tarixining 
iqtisodiy  davrlardan  hozirgi  kunlargacha  bosib  wtilgan  barcha  pogonalarida  kishilar  wzligini 
anglashga,  an`anaviy  turmush  tarzi,  urf-odat  va  ma`naviyatini  tushunib  olishga,  ayniqsa,  qwshni 
elatlarning  etnik  xususiyatlari  va  hayotini  bilishga  doimo  extiyoj  sezib  kelganlar.  Bunday  ehtiyoj 
tufayli  ming  yillar  davomida  twplangan  turli  elatlar  twg`risidagi  boy  ma`lumotlar  davlatlararo 
munosabatlarni twg`ri ywlga qwyishga, tinchlik sari ywnalishga yordam berib kelmoqda.  
Jahondagi  mamlakatlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  jihatdan  notekis  rivojlanishi 
natijasida  ayrim  xalq  va  elatlarning  hanuzgacha  qoloq  ibtidoiy  tuzumda,  ba`zilari  esa  wrta  asrlar 
davri  madaniyati  darajasida  qolganligi  ma`lum.  Bunday  elat  va  etnik  guruhlar  Avstraliya,  Afrika, 
Markaziy  Amerika  va  Osiyoning  ba`zi  erlarida  hozirgacha  saqlanib  qolgan.  Ular  juda  kam 
bwlsalar-da,  ammo  iqtidoiy  urug`-qabilachilik  tuzum  qonun-qoidalari,  urf-odat  va  marosimlari, 
patriarxal turmush tarzi an`analariga haligacha amal qilib kelmoqdalar. 
Asli kwpchilik xalq va elatlar etnos sifatida quldorlik jamiyati davralaridan tili yaqin bwlgan 
bir necha urug`-qabilalarning birikishi, wzaro urushlar va kwchishlar (migratsiya) tufayli aralashib 
ketishi natijasida shakllana boshlagan. Odatda etnoslar iqtisodiy, maishiy va madaniy jihatdan eng 
kuchli  va  rivojlangan  kwp  sonli  elatlar  doirasida  muayyan  ma`muriy,  hududiy  va  til  imumiyligi 
zaminida paydo bwlishgan. Ular kwpincha tiliga qarab ayrim xalq nomi bilan tanilgan. 
Aytish  joizki,  hozirgi  siyosiy  va  ilmiy  atamalarning  kwpi  ikki-ikki  yarim  ming  yillar 
muqaddam  Yunonistonda  paydo  bwlgan.  Jumladan,  hozir  kwp  ishlatiladigan  «demokratiya»  yoki 
«demografiya»  swzlari qadimgi  grek (yunon) tilidan olingan bwlib, uning negizgi  «demos»,  ya`ni 
tub ma`noda «xalq» degan swz tashkil etadi. Shu ma`noda, ilk jamiyat asosini tashkil qiluvchi xalq 
tushunchasini  ifodalovchi  yana  bir  atama  –  «etnos»  ham  ishlatiladigan.  Masalan,  «demografiya» 
fani jahon yoki ayrim mamlakat aholisining soni, joylashuvi, tug`ilishi va wlimi, ijtimoiy-jinsiy va 
yosh  tuzilishini,  tabiiy  wsish  va  kwchish  (migratsiya)  jarayonini  wrganadi.  Lekin,  jahondagi  xalq 
va elatlar wz tili, kelib-chiqishi va joylashuvi, moddiy va ma`naviy madaniyati, an`naviy xwjaligi, 


 

 
maishiy turmushi va xarakteri, milliy psixologiyasi va psixologiyasi va urf-odatlari bilan ham bir-
biridan  ajralib  turadilar.  Xalqlarning  wzaro  tafovuti,  umumiyligi  yoki  wxshashligini,  ularning 
wziga xosligi va xususiyatlarini jiddiy wrganishni maxsus fan sohasi «Etnologiya» va «Etnologiya» 
nomi bilan XIX asr wrtalarida iste`molga kirdi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin