10
Etnologiya ayrim xalq va elatlarni wrganishda etnik tarixning barcha tomonlari ijtimoiy jarayon
bilan bog`liq bwlganligi tufayli keng ma`noda madaniyat sohasida milliy-madaniy xususiyatlarni
tarixiy arxeologik, iqtisodiy-geografik tadqiqotlar wtkazishda eng zarur materiallarni etkazib
berishi mumkin. Bunday holat fanning boshqa soha vakillari etnologik tadqiqotlar natijalaridan
foydalanib uni qwshimcha (yordamchi) soha sifatida munosabat bildirishlarida kwzatiladi. Swnggi
yillarda paydo bwlgan etnosotsiologiya, etnopsixologiya, etnogeografiya kabi egizak fan
tarmoqlarining paydo bwlishi bejiz emas.
Demak, Etnologiya zamonaviy fan sohasi sifatida umumilmiy va sotsial ahamiyatga ega
ekanligini qayd qilib, uni
1) insoniyot tarixi va ayrim xalqlarning etnik muammolarini metodologik jihatdan mustaqil
hal qilishga qobil dunyoqarash;
2) inson va jamiyatni wrganuvchi boshqa ijtimoiy fanlarga qwshimcha materiallar beruvchi
ilmiy soha;
3) davlatlar va hukumat arboblari siyosiy jihatdan dolzarb milliy muammolarni twg`ri hal
qilishda, irqchilik, millatchilik va shovinizm kabi illarlarga qarshi kurashda muhim asos bwlib
xizmat qiladigan fan hisoblanadi.
Ma`lumki, tarixiylik va tarixiyq-qiyoslash ilmiy dunyoqarashning butun metodologik negizini
tashkil qiladi. Tarixiy yondashish har bir predmetni, shu jumladan, ayrim fanni twg`ri
tushunishning birdan-bir haqqoniy usuli sanaladi. Shu bois Etnologiya fanining mohiyati va
jimiyatda tutgan wrnini belgilash uchun uning tarixiga bir nazar tashlash zarur.
Dostları ilə paylaş: