Etnologiya fanining tarixi va etnos nazariyasi: Har bir fan dastlab fakt va raqamlarni
twplaydi, keyin ularning mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. Etnografik
bilimlarning wziga xos xususiyati shundaki, ularning paydo bwlishi, zarur ma`lumotlar twplanishi,
faktlar anglab olinishi bir vaqtda sodir bwladi. Masalan, ayrim qwshni qabila, xalq va elatlarning
maishiy turmushi, madaniyati, urf-odatlari, etnik xususiyatlarini wrganish, ularni aniq tushunish
amaliy ehtiyojlarni qondirish taqozosi bilan vujudga kelgan. Eng qadimgi sharq mamlakatlarida
uzoq-yaqin qwshnilar bilan samarali savdo-sotiq munosabatlarni wrnatish, shuningdek, ularga
qarshi muvaffaqiyatli urushlar olib borish uchun ham, birinchi navbatda etnologik bilimlarga ega
bwlish zarur edi. Sharq mustabidlari, ayniqsa, Qadimgi Bobil, Ossuriya va Eron hukmdorlari
wzlarini ulug`lash maqsadida toshga bitirgan zafarnomalarida bosib olingan va bwysundirilgan turli
elat va xalqlar tilga olinadi. Qadimgi Gretsiya va Rim mualliflarining asarlarida qwshni qabilalar va
elatlarning etnik tuzulishi, turmushi va madaniyati twg`risida umumiy ma`lumotlar bilan bir
qatorda ba`zi nazariy tushunchalar va fikrlar ham keltiriladi.
Odatda Etnologiya (Etnologiya) mustaqil fan sifatida XIX asr wrtalarida tashkil topgan, deb
hisoblaydilar. Mazkur atama wsha davrdan boshlab ancha muntazam ravishda ishlatila boshlandi,
dastlabki etnografik ilmiy jamiyatlar, maxsus asarlar va twplamlar paydo bwldi. Yangi fanning
tashkil topishida, shubhasiz, wsha darda tabiiy fanlarning gurkirab wsishi, ayniqsa, fanda
evolyutsiya g`oyaning g`alabasi katta ahamiyatga ega bwldi. Bu g`oya tufayli tartibsiz bilimlar,
barcha xom, tarqoq ma`lumotlar muayyan tartibga solindi va insoniyot tarixining ibtidoiy davrdan
to yuksak madaniy darajaga kwtarilishi pog`ona aniqlab olish imkoniyati twg`ildi.
Yozuv kashf etilgan dastlabki davrdan boshlab wqishni hamda uzoq xalq va elatlar
twg`risidagi ma`lumotlarni qadimgi Mirs, Mesopatamiya va Eronda yaxshi bilganlar, qwshni elatlar
twg`risida faqat yozma manbalardagina emas, balki xalq og`zaki ijodida ham twg`ilgan turli
rivoyatlar va afsonalardan bilib olganlar. Mil, avv. XX asrlarda Misrda yaratilgan «Sinuxeta
sarguzashtlari», keyinroq tosh va qabrlarga bitilgan zafarnomalar, Tell-Amarneda topilgan arxiv
hujjatlari, qadimgi Shumer va Ossuriya obidalaridagi yozuvlar, eron-ahmoniy podsholari bittirgan
jangovar solnomalar tevarak-atrofdagi mamlakatlar aholisi twg`risida nodir ma`lumotlarni bizgacha
yetkazganlar.
11
Qadimgi davrga kelib, etnografik bilimlar kengayib va kwpayibgina qolmay, madaniyatning
wsishi bilan umumiy va nazariy xulosalar ham yuzaga keladi. Qadimgi Gretsiya dostonlari «Iliada»
va «Odisseya»da yaqin qwshni elatlar twg`risida afsonaviy ma`lumotlar keltirilgan bwlsa, keyingi
asrlar davomida amalgaoshgan greklarning «buyukkolonizatsiya»si (mil. avv. VII-V asrlar)dan
swng tevarak-arofdagi xalqlar twg`risidagi bilimlar doirasi juda kengayadi va boyiydi. Xususan,
ana shu davrga mansub Gerodotning noyob etnologik ma`lumotlar bilan twla mashhur 9 jilddan
iborat bwlgan tarix kitoblari tadqiqiy xarakterga ega.
Afinalik mashhur tarixchi Fukidid asarlarida, Sokratning atoqli shogirdi Ksenofantning
«Anabasis» Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Qora dengiz bwylari va Frakiada yashagan xalq va
elatlar twg`risida jula kwp etnografik ma`lumotlar etgan. «Iskandarning yurushlari» nomli asarini
yaratgan Arrian ham makedoniyalik jahongir bosib olgan xalqlar twg`risida batafsil axborot yozib
qoldirgan.
Qadimgi davrning buyuk matafakkirlari – Aflotun va Arastu asarlarida afsonaviy Atlantida
aholisi, qwshni xalqlarning urf-odatlari, elatlar ruhiyati, rasm-udumlari va davlat tuzumiga ta`siri
twg`risida ma`lumotlar, nazariy mulohazalar uchraydi. Qadimgi Elladaning ajoyib faylasufi
materialist Demokrit asarlarida jahon adabiyotida birinchi marta insoniyot urug`ining yarim
hayvoniy, vaqshiy holatdan wz mehnati va idroki tuvayli madaniy hayot tarziga wtish jarayoni
tasvirlangan. Tibbiyot fanining otasi, mashhur olim va shifokor Gippokrat etnologik dalillarga
tayanib xalqlarning urf-odatlari, milliy ruhiyati, xarakteri va tafovuti tabiiy-geografik sharoit bilan
bog`liqligi twg`risidagi dastlabki ilmiy mulohazalarni ilgari surgan.
Jahon tsivilizatsiyasida beqiyos wrin twtgan qadimgi Rim mutafakkirlarining asarlarida ham
muhim etnologik ma`lumotlar, qimmatbaho mulohazalar, nazariy fikrlar mavjud. Ayniqsa,
Korneliy Tatsit, Lukretsiya Karlar qadimgi germanlar va keltlar, sarmatlar va skiflarning turmush
tarzi, siyosi va harbiy tuzumi, ijtimoiy va oilaviy hayoti, mashg`uloti, uylari, kiyimlari, axloqi va
tarbiyasi, taomi va wyinlari twg`risida ajoyib ma`lumotlar yozib qoldirganlar. Tatsit chirib
borayotgan Rim davlatining axloqiy inqiroziga «yavvoyi odam» (germanlar)ning qwpol va
qashshoh, ammo sog`lom va pok turmush tarzini qarama-qarshi qwyadi. Muarrix shoir Lukretsiya
Kar «Buyumlar tabiati twg`risida» nomli asarida hayotning rivojlanishi, odamning paydo bwlishi
va uning madaniy wsishi twg`risida umumiy fikrlar yuritadi.
Faqatgina sharq mamlakatlarida Vizantiya mualliflari, arab xalifatligi tarkibidagi wlkalarda
yashagan mutafakkirlar va sayyohlar yaratgan asarlarda ba`zi ma`lumotlar saqlanib qolgan xolos.
Prokopiy Kesariyskiy, Gotlik Iordan, Anna Komina kabi mashhur tarixchilarning risolalarida,
Titmar, Adam Bremenskiy, Gelmold kabi nemis cherkov yozuvchilarining solnomalarida qwshni
qabilalar twg`risida etnologik lavhalar uchraydi.
IX-XII asrlarda arab tilida ijod qilgan sharq mualiflaridan ibn Xurdodbek, Al-Balxiy, Al-
Istahriy, ibn Havqal, Mas`udiy, Yaqut singari yirik geograf va sayyohatchilar, ajoyib faylasuf va
musiqashunos Abu Nasr Farobiy, mashhur entsiklopedist olim Abu Rayhon Beruniy (ayniqsa,
uning «Hindiston» asari) va buyuk tabib ibn Sino, atoqli etnolog, geograf va tarixchi Abu Sa`d
Abdukarim, ibn Muhammad Sa`moniy asarlarida hamda noma`lum muallif yaratgan «Hudud ul-
olam» nomli risolada Sharq mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda yashagan aholi
twg`risida noyob etnologik ma`lumotlar aks etgan.
Shuningdek, XI asrda yashab ijod etgan ulug` tilshunos olim Mahmud Qashg`ariyning
«Devonu lug`atit turk» («Turkiy swzlar devoni») asarida har bir shahar va qishloq aholisining
turmushi, etnik tarkibi va til xususiyatlari maxsus wrganilgan, juda kwp turkiy qabilalarning
ijtimoiy tuzumi, kelib chiqishi va wrnashishi, hatto har bir qabilaga oid geografik mavqulari
belgilanib, wz davriga mos ilmiy xarita tuzilgan.
Plano Karpini yozib qoldirgan sayohatnomada, undan bir oz keyin (1249-1251) xuddi shu ywl
v shu maqsad bilan safar qilgan uning vatandoshi Vigelm Rubruk asarida ba`zi tarixiy-etnografik
ma`lumotlar uchraydi. Buyuk venetsiyalik sayohatchi Marko Polo ham Rim papalarining
12
topshirig`i bilan yil sayohatlarda bwladi, bir necha mahalliy tillarni wrganadi, wz vataniga
qaytishda neuyaliklar tomonidan asir olinadi va qamoqda wzining manbalarga boy sayohatnomasini
yaratadi.
Bu davrda yashab, ijod qilgan Sharqning buyuk mutaffakir tarixchisi Rashididdinni (1247-
1318) alohida qayd qilib wtish lozim. Uning ajoyib solnomalar twplamida turk va mwg`ul
qabilalari haqida juda qimmatli tarixiy-etnografik ma`lumotlar mavjud.
Temuriylar davriga oid qiziqarli etnologik lavhalarni ispan elchisi Gonzales de Klavixo
asarida, rus solnomalarida, Nizomiddin Shomiy, Abdurazzod Samarqandiy va boshqa ulug`
ajdodlarimiz asarlarida uchratish mumkin.
Temur davlati, Movarounnahr va qwshni mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy
hayotini har tomonlama mukammal tasvirlagan Zahiriddin Muhammad Boburning tengiz asari –
«Boburnoma» alohida diqqatga sazovordur. Bu asar wnlab Evropa tillariga tarjima qilingan. Buyuk
wzbek shoiri, yirik davlat arbobi Bobur kwp wlkalarni zabn etgan, boshidan wtgan voqealarni, wzi
boshqargan yoki wrgangan wlkalar tarixi, iqlimi, yashash tarzi, madaniyati xususida atroflicha
twxtalib, qimmatbaho tarixiy-etnografik manbalarni yozib qoldirgan.
XVI asrda barcha tarqoq ma`lumotlarni yig`ib, hindilarni birinchi bor muntazam ravishda
tasvirlagan italiyalik insonparvar yozuvchi Petro Matir, meksikalik darvish olim Bernardino de
Saagun, episkoplar Bartolome de Las Kasas va Diyego de Landa asarlari diqqatga sazovordir.
Wsha davrda yashab ijod qilgan frantsuz faylasufi va publitsisti Mishel Monten «Tajribalar»
asarida, keyinchalik XVII asr – «ma`rifat asri»da paydo bwlgan buyuk mutafakkirlar – italyan
Viko, ingliz Furgyusson, frantsuzlar Russo, Didro, Monteske, Volter, Kondorse asarlarida
insoniyatning tabiiy taraqqiyoti tasivrlangan, ibtidoiy bolalik davri «saxiy vahshiy»lar yoki «oltin
asr» deb ta`riflanib, uni asoslashda etnologik ma`lumotlardan keng foydalanilgan. Ibtidoiy
jamiyatni ideallashtirish atoqli ma`rifatchilar Jan Jak Russo va Deni Didro asarlarida fantastik
ravishda aks ettirilgan.
860-1870-yillarda yangi fan – Etnologiya bilan bog`liq ravishda paydo bwlgan turli jamiyatlar
va jurnallar bilan bir qatorda har xil kasbdagi kishilar tomonidan yaratilgan (keyinchalik, klassik
asarlar deb tanilgan) ajoyib tadqiqotlar Etnologiya ilm sohasi ekanligini twliq tasdiqladi. Atoqli
tadqiqotchilardan germaniyalik Adolf Vastion, Teodor Vays, Yulius Lippert, Genrix Shurs kabilar,
angliyalik Djon Furgyusson, Mak Lennan, Jon Lyubbok, Gerbert Spenser, Eduard Teylor, frantsuz
Charl Leterpo, amerikalik Lyus Genri Morgan kabilarning kwp jildlik asarlari Etnologiya fani
qonuniy ravishda twg`ilganligini isbotlovchi dalillar edi.
Turli xalqlarni, ayniqsa, Evropadan tashqaridagi elatlarni wrganish amaliy ehtiyojlar uchun
ham zarur bwlgan. XIX asr boshlariga kelib, Evropaning eng qudratli davlatlari wzlarining katta
mustamlakalarini boshqarish uchun u erda yashovchi xalqlarning maishiy turmushi va madaniyatini
bilishga muhtoj edi.
Demak, dastlab Etnologiya Evropaning yirik mustamlakachi mamlakatlariga xizmat
qiladigan vosita sifatida qoloq, ya`ni hali wz davlatiga ega bwlmagan xalqlarni wrganuvchi fan
shaklida paydo bwlgan. Shu holatda XX asrning birinchi wn yillilarigacha davom etgan va keyin
etnoslar ijtimoiy-iqtisodiy rivojidan qat`i nazar wziga xos kishilar birligi twg`risidagi
tasvvurlarning yuzaga kelishi bilan Etnologiya faniga munosabat wzgardi. U metodologik jihatdan
jahondagi barcha etnoslarni baravar wrganuvchi ilmiy soha deb tanildi.
Xalqlar twg`risidagi bu fanning teran ildizlari 1789-yili Germaniyada ilmiy ywnalish shaklida
paydo bwlib, noEvropa xalq va madaniyatlarni wrganishni maqsad qilib qwygan. XIX asrning 30-
yillaridan boshqa xalqlarni ham wrganuvchi fan saohasi sifatida «Etnologiya» atamasi kiritila
boshlangan. Shu bilan bir vaqtda nemis fanida yangi ywnalish paydo bwlib, uni «Xalqshunoslik»
deb nomlashgan, bu ywnalish asosan, nemis tilli xalqlar va madaniyatlarni tadqiq qiluvchi fan
sohasi bwlib hozirgacha saqlanib kelmoqda.
13
AQShda Etnologiya Evropaga nisbatan bir oz keyinroq rivojlana boshlagan. Bu erda irqiy
munosabatlar jiddiy bwlganligi tufayli Amerika antropologiyasi dastlab jismoniy antropologiya
muammolarini, irqiy va madaniy tafovutlarni tadqiq qilgan. Ushbu ywnalish uning asoschisi kwp
qirrali etnolog olim amerikalik Genri Lyus Morgan tomonidan belgilangan edi. Olim kwrsatgan
ywnalish qoloq jamiyatlarda qavmu qarindoshlik tizimi, oila-nikoh munosabatlari, insoniyot
tarixini davrlashtirish kabi muammolar Amerika Etnologiyasining keyingi rivojiga kuchli ta`sir
qilgan. XX asrning 50-yillarida AQSh Etnologiyasi frans Boas ijodi zamirida ancha tor doirada
tadqiqotlar wtkazadi, etnologlar asosan, xalqlarning madaniy xususiyatlarini wrgana boshlaganlar
va bu ywnalish «madaniy antropologiya» nomi bilan mashhur bwlgan.
Frantsiyada Etnologiya fani mustamlakachilik siyositining tw`sirida qaram bwlgan
xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va an`analari twg`risida batafsil ma`lumotlarga muhtojlik
tufayli wziga xos xususiyatlarda rivojlangan. Xalqlar twg`risidagi bu fan dastlab Frantsiyada
«Etnologiya» nomi bilan XIX asr oxirlarigacha saqlangan. Faqat XX asr boshlarida tarixiy va
nazariy ma`lumotlar kwpayib ketishi natijasida «Etnologiya»ga aylangan.
Jahon Etnologiyasi rivojida rus olimlarining roli katta. Etnik jarayonlarga qiziqish XVIII
asrning ikkinchi yarmidan boshlab dastlab Rossiyaning boshqa xalqlar bilan muloqati, rus
xalqining tarixiy ildizlari va madaniyati xususiyatlari kabi muammolarni wrganish maqsadida
yuzaga kelgan. Rossiyada Etnologiya fan sifatida g`arbga nisbatan ilgariroq paydo bwla boshlaydi.
Ayniqsa, Rus geografiya jamiyati va uning bwlimlari 1846-yilda tashkil topgandan swng
Etnologiyaning mavqei yuksalib nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatga ega tabqoqotlar wtkazila
boshlanadi. Mazkur jamiyatlarning ijobiy tomoni shunda ediki, atoqli rus etnografi va sharqshunosi
S.P.Tolstov ta`rifi bilan aytganda, ular «rasmiy» mohiyatga ega bwlmagan va hech vaqt wzini
chorizm xizmatiga twliq bag`ishlamay, asosan, ijtimoiy xarakterga ega bwlgan.
XIX asrning 40-50-yillari rus olimlari K.M.Ber, N.I.Nadejdin, K.D.Kavelin Etnologiya
fanining asosiy tamoyillarini belgilab bergan edilar. Bu tamoyillar 1846-yili Rus jamiyatida «Rus
xalqini wrganish dasturi» nomi bilan qabul qilingan va shu asosda: 1) buyumlar hayti, 2) tirikchilik
hayoti; 3) axloqiy hayot va 4) til muammolari – tadqiqot muammosi deb qabul qilingan, shu asosda
barcha ma`naviy-madaniy masalalar wrganilib kelingan.
Ma`lumki, shwrolar davrida Etnologiya fani adabiylashgan mafkuraga tayanib ish kwrgan.
Mazkur yondashish etnik jarayonlarni siyosiy buyurtma asosida wrganishga asoslangan bwlib, uni
muayyan mafkuraviy qolipga solib qwygan edi. Oqibatda juda kwp etnik muammolar bir yoqlama,
yuzaki hal qilingan. XX asrning 70-80-yillariga kelib Etnologiya fanida atoqli etnograf
L.N.Gumilevning etnogenez nazariyasi ustuvor bwlib, etnoslarning kelib chiqishi va rivoji
mexanizmini wrganish birinchi darajali masalaga aylanadi. Ushbu masala ayni paytda mustaqillikni
qwlga kiritgan mamlakatlar uchun wta dolzarb mazmun kasb etadi. Chunki xalqlarning wzligini
anglashga intilishi milliy ildizlari va xususiyatlarini chuqur wrganishga kirishishi tabiiy holdir.
Etnos va etniklik tushunchalari hozirgi Etnologiya fanida qabul qilingan umumiy tushuncha
bwlib, umumiy hudud va til birligini belgilovchi asosiy omildir. Mazkur omillar etnoslarning
nafaqat shakllanishida, balki etnogenezida ham hal qiluvchi belgilar hisoblanadi. Ba`zan til birligi u
yoki bu etnosning nomiga (etnonimi) ham wtadi. Shubhasiz, har bir etnosning shakllanishida uning
moddiy va ma`naviy madaniyati hal qiluvchi rol wynashi mumkin. Ayniqsa, etnosning asrlar
davmida shaklanib kelgan an`naviy xwjalishi, urf-odat va marosimlari, uy-rwzg`or buyumlari,
kiyim-kechak, xulq-atvori kabilar muhim etnik belgilar sanaladi. Twg`ri, barcha etnoslar wziga xos
ruhiy kechinmalari va xarakteri, ya`ni kishilarning tabiati va didi, wziga xos etnik qadriyatlari,
mentaliteti bilan ham farqlanadilar. Shu sababdan ham etnoslar (elat, xalq, millat) ayrim umumiy
guruh odamlarning birligini boshqa guruh wziga wxshash odamlar guruhidan farqlab wzligini
anglashi natijasida muayyan nom (etnonim)lar bilan atalib ayrim xalq (elat) sifatida wrganiladi.
Dostları ilə paylaş: |