Evropa madaniyati ning keyingi rivojida neolit davri katta ahamiyatga ega. Miloddan
avvalgi IV-II ming yilliklarini wz ichiga olgan bu davr tosh qurollarni ishlab chiqarishning
takomillashishi, wq-yoyning kashf etilishi, kulolchilik va twqimachilikning paydo bwlishi, asta
sekin behqonchilik va chorvachilik xwjaliklarining vujudga kelishi, wtroq azoliga xos
qishloqlarning tashkil topishi bilan belgilanadi. Turli madaniyat yaratgan elatlarning qaysi tillarda
gapirganligi hozirgacha noaniq. Faqat miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikdan boshlab butun
Evropa qit`asiga hind-evrpa tillarida gapiradigan qabilalar tarqala boshlaydi. Ular asta-sekin
junabda Bolqon yarim orolini va Krit orolini, keyin (miloddan avvalgi I ming yilliklarda)
Italiyaning kwp qismini egallaydilar. Eng katta twlqin (kelt qabilalari) G`arbiy Evropaga yetib
hozirgi Frantsiya va Belgiyaga joylashgan Pireney yarim oroliga kelgan keltlar iberlar bilan
aralashib (keltiber) aholisiga asos solgan, Britaniya orolini egallagan.
Shunday qilib, hind-evropa tillari tillari eramizdan avvalgi II-I ming yilliklarda butun
Evropaga tarqalgan. Ammo bu tillarning asli kelib chiqishi qanday ekanligi haligacha qorong`i.
Keyingi xalqlarning buyuk kwchishi davrida kwhna Evropa aholisi yana ham kwproq aralashib
ketgan. Sharqdan kwchib kelgan gunlar, avarlar, bulg`or va vengerlar mahalliy hind-evropa
xalqlarini harakatga keltirgan. Wsha davrda German qabilalari g`arb tomon siljib keng hududda
joylashgan. Dnepr va Visla vohalarida yashagan slavyan qabilalari esa Bolqon yarim oroliga va
Sharqiy Evropaga kwchib kelib wrnashgan. Bu etnik jarayon keyin ham davom qilib, hozirgi
Evropa xalqlarining shakllanishiga asos solgan edi.