91
turmush tarziga wrgangan lwlilarning kwpchiligi hozir Bolgariya, Ruminiya, Vengriya va qisman
Chexiya va Slovakiyada yashaydi.
Evropa mamlakatlarida yashovchi yahudiylar asosan, wsha mamlakatning tilida gapiradilar,
ammo diniy ibodatda qadimiy yahudiylar tili (ivrit)dan foydalanadilar. Boshqa til oilalarining
vakillaridan ural tili oilasiga mansub (taxminan 18 mln.) uchta xalq: finlar, vengerlar hamda
kwchmanchi lopar (saam)lar, turkiy til guruhiga tegishli Bolqon yarim orolidagi usmon turklari va
gagauzlar wz tillarida gapiradilar. Malta va Sitsiliya janubidagi Choko orollarida yashovchi aholi
semit til oilasiga mansub Tunis shevasiga yaqin arab tili vakillaridir. Ammo ularning tillarida
italyan va ingliz swzlari kwp uchraydi.
Evropala qadimiy davrlardan mahalliy tabiiy sharoitga moslashgan evropoid irqining har xil
tiplari joylashgan. Aslida bu erda ikkita irqiy tip farqlanadi: oqtanli, malla rang sochli, kwk kwz
(blondin) belgilari bilan ajralib turgan shimoliy evropoid va qora sochli, qora kwzli (brunet)
tipidagi janubi evropoid irqlari. Mazkur tiplarning wrta tipii (shaten) ikkalasining belgilarini
saqlagan. Keyinchalik Evropaga mwg`ullarning kirib kelishi ayrim etnoslarda qisman wz ta`sirini
qoldirgan. Bunga Skandinaviyada yashovchi mongoloid belgilariga ega bwlgan loparlar misol bwla
oladi. Keyingi yillarda Evropa mamlakatlarida, ayniqsa, Frantsiya va Germaniya Federativ
respublikasida, kwplab negroidlar paydo bwlgan. Ularning ancha qismi mahalliy xalqlar bilan
aralashib mulatlar guruhini yaratgan.
Dostları ilə paylaş: