90
angloqsaklar, yuta va frizlar, keyinchalik qwshilgan daniyaliklar, norveglar va ayniqsa,
frantsuzlashgan normanlar muhim wrinni egallaydi.
Frantsuz xalqining shakllanishida ham kelt tilida gapiradigan gallar asosiy ro wynagan. Ular
eramizdan avvalgi I asrlarda rimliklar tomonidan bosib olingan va romanlashtirilgan. Keyin
vestgot, burgund va frank kabi German qabilalari frantsuz xalqining tarkibiy qismi bwlib roman
elatlari bilan aralashib ketgan, frank qabilalaridan esa frantsuz xalqining nomi kelib chiqan.
Italyan xalqiga dastavval eramizdan avvalgi I ming yillikda Appenin yarim oroliga kelib
joylashgan Italiya qa`ilalari, ayniqsa, latinlar asos solgan. Rim imperiyasi yemirilgandan keyin V
asrlardan boshlab bir necha yuz yillar davomida varvar qabilalari bosib keladilar. Milodning
ikkinchi ming yilligiga kelib, hozirgi italyan xalqi shakllana boshlaydi.
Pireney yarim orolida eng qadimgi aholi va basklar yashagan. Ular bilan miloddan avvalgi I
ming yillikda kelgan keltlar, keyinchalik Rim imperiyasi bosib olgandan swng lotin6 tilida
gapiradigan elatlar aralashishi natijasida hozirgi ispan va portugal xalqlari paydo bwladi. Ammo
hozir ham pireneyda qisman Frantsiyada yashovchi qadimiy basklarning avlodlari wz tillarini
saqlab qolganlar. Ular wziga xos ona tilidan tashqarii qaysi mamlakatda yashasa, masalan,
Ispaniyadagilar ispan tilini, Frantsiyadagi basklar frantsuz tilini ham twliq egallaganlar.
Dostları ilə paylaş: