Etnopsixologiya fanining predmeti, vazifalari va metodlari Reja



Yüklə 27,14 Kb.
səhifə3/3
tarix18.03.2023
ölçüsü27,14 Kb.
#88603
1   2   3
1.Etnopsixologiya fanining predmeti, maqsadi vazifalari

Etnopsixologiya – bu psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o‘rganadi. "Etnopsixologiya" atamasi “etnologiya” va “psixologiya” tushunchalarining qo‘shilishidan tarkib topgan bo‘lib, grekcha "etnos" - xalq, qabila, "psixologiya"- ruh ilmi, degan ma’nolarni anglatadi. Bu fan malum millat va etnik birlik vakillarining o‘ziga xos ruhiy qiyofasi, xulq-atvorini, zamonaviy tilga ataladigan bo‘lsa "mentalitetini" o‘rganadi. Har bir xalqka xos bo‘lgan milliy xarakter, urf-odat va an’analar, milliy tuyg‘ular va did (ta’b), etnik ong va milliy o‘zini o‘zi anglashning vujudga kelishi, namoyon bilishi, o‘zgarishi va rivojlanishi kabi masalalar ham etnopsixologiyaning o‘rganish predmeti hisoblanadi. O‘z navbatida shuni ta’kidlash o‘rinliki, o‘z navbatida etnopsixologiya ijtimoiy psixologiyaning tadbiqiy yo‘nalishi hisoblanadi. Etnopsixologiyaga yaqin bo‘lgan fan tarmog‘idan biri – bu etnografiya bo‘lib, ayrim alohida olingan madaniyatlarning xususiyatlarini bir-biriga qiyoslab, solishtirib o‘rganadi. Etnopsixologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, ya’ni, uning eng yaqin hamkori bo‘lgan fan – bu ijtimoiy psixologiyadir. Ijtimoiy psixologiya – odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, g‘oyalar, his-tuyg‘ular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fan, shaxs va jamiyat o‘zaro bog‘liqligida sodir bo‘ladigan psixologik xodisalarni tahlil etuvchi ilmiy yo‘nalishdir. Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga rioya qilgan holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro 7 munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo‘ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish – ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. SHu kabi umumiy ta’riflardan yana biri - ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy vaziyatlarda ro‘y beradigan ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. SHu ma’noda etnopsixologiya turli etnoslarga mansub kishilar guruhidagi murakkab munosabatlarni o‘rganuvchi va ularni tartibga solishga ixtisoslashgan fan tarmog‘idir. SHu kabi va boshqa ommaviy psixologik jarayonlarning shaxs ijtimoiy xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganuvchi ijtimoiy psixologiya va uning xususiy tarmog‘i bo‘lgan etnopsixologiya ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarni bilishda va ularni boshqarishda katta amaliy ahamiyatga ega. SHunday qilib, etnopsixologiya bilan ijtimoiy psixologiyani yaqinlashtiruvchi narsa – bu ikkala fanning ham turli ijtimoiy guruhlar bilan, aniqrog‘i, katta ijtimoiy guruhlarning muammolarini o‘rganishi va ularning echimi bilan shug‘ullanishidir. Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o‘z navbatida endi shakllanayotgan – diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog‘onasiga ko‘tarila olgan jamoa turlariga bo‘linadi. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko‘pchilikni tashkil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo‘lganligi va ular xulqatvorini belgilovchi mexanizmlarining o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal ko‘radilar. Lekin katta guruhlar, odamlar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o‘tilganidek, ko‘pchilikni qamrab olishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, ikkinchi 8 tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Katta guruhlarning psixologiyasini o‘rganishga mo‘ljallangan maxsus metodikalar ijtimoiy psixologiyada ham, sotsiologiyada ham kam ishlab chiqilgan. Masalan, ishchilar yoki ziyolilarning psixologiyasi o‘rganilishi kerak, deylik. Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p, qolaversa, ishchilarning o‘zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgandigi, turli millatga mansub kishilar ekanligidir. Ijtimoiy psixologiya har bir katta guruhga taalluqli bo‘lgan asosiy, etakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o‘rganishni maqsad qiladi. Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo‘lgani uchun ham har qanday guruhni o‘rganishdan oldin, xoh bu uyushgan yoki uyushmagan toifalilar guruhi bo‘lsin, xoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo‘lsin, uning hayot tarzi, unga xos bo‘lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi. SHu o‘rinda ijtimoiy psixologiya etnopsixologiya bilan birlashib, etnik guruhlarni o‘rganadi.
Yüklə 27,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin