Eurasian journal of academic research


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix22.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119376
1   2   3   4
document

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | SJIF = 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 2 Issue 10, September 2022 ISSN 2181-2020 
Page 220 
Quyosh haqida ham shunday deyishimiz 
mumkin: 
Gavhari sarchashmai jondin yoruq
Har ne yo‘q ondin yoruq, ondin yoruq. 
Bu tasvirdan ham maqsad koinotning 
qanday mukammal yaratilganini ko‘rgan 
Xoja- ko‘ngil – insonning Olloh mo‘jizalari, 
uning qudrati oldida ojiz ekanligi hamda 
Ollohning buyukligini ko‘rsatish. Osmon 
bog‘I shu qadar ajib ziynatlangan ediki, 
go‘yo har bir yulduz gulga o‘xshaydi, 
yulduzlar tunda kumushrang nurga ko‘milib 
ko‘ringani uchun shoir ularni osmon 
masxarabozining 
kumushtan 
qo‘g‘irchoqlari deb ataydi. Somon yo‘li esa 
shunchaki cho‘ziqlik emas, balki osmonda 
sayr qilish uchun yo‘ldir. Ikkinchi hayratda 
humoyunbol qush deb ta’riflangan ko‘ngil 
malakut olami shabistoniga ko‘tariladi. 
Shundan so‘ng u Yerni ham sayr aylagach, 
unda uruj (ko‘tarilish) holati kechdi, bu 
olamdan boshqa olamga bordi, bu paytda 
Xo‘tan go‘zali (Quyosh) jamolini yopib, 
shamol shabadasi yer yuziga mushk 
sepishga kirishgan edi. …Nayrangbozlikni 
kasb qilib olgan falak har damda yangi bir 
tilsim ko‘rsatar edi: 
Aylar edi charxi musha’bidshior 
Har nafasi o‘zga tilism oshkor. 
Baytda charx taqdir ma’nosida emas, balki 
osmon, undagi jismlarni anglatib kelmoqda. 
Dostonning 
kirish 
boblarida 
kompozitsiyaning, asosan, yuqorida ko‘rib 
o‘tilgan vositalarini kuzatishimiz mumkin. 
Buyumlar tasviriga peyzaj tarkibidagi 
osmon jismlarini – sayyoralar tasvirini
Eram bog‘idagi gullar va daraxtlarning 
tasvirini kiritishimiz mumkin. Demak, 
bunda buyumlar tasviri kompozitsiya 
vositasi peyzaj kompozitsiyasi vositasi 
tarkibida, bir-biriga bog‘liq holda, bir-birini 
to‘ldirib kelgan.
Bu vositalar doston kompozitsion 
butunligini 
ma’lum 
bir 
ma’noda 
ta’minlashga hissa qo‘shgan vositalar, 
tamoyillardir. Bu kompozitsion bo‘laklar 
bir-biri bilan mustahkam aloqada bo‘lib, 
ular mutasavvuf shoirning tasavvufona 
qarashlarini to‘ldirib boradi.
 
References: 
1. Alisher Navoiy. ,,Hayrat ul-abror’’ . – To‘la asarlar to‘plami. 6-jild. Toshkent. G‘. G‘ulom 
nashriyoti. – 2011. 
2. To‘xta Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish - ,,O‘zbekiston‘‘ nashriyoti 
3. M. Qo‘shjonov. Hayot va mahorat. Toshkent. 1962. 
4. U. Jo‘raqulov. A. Navoiy ,,Xamsa ‘‘sida xronotop poetikasi. Toshkent.2017.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin