Eurasian journal of academic research


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119376
1   2   3   4
document

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | SJIF = 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 2 Issue 10, September 2022 ISSN 2181-2020 
Page 218 
,,Xamsa‘‘ning umumiy g‘oyasida Inson omili, 
uning komilligi asoslari yotar ekan, ushbu 
insonlik, komillikning negizi uning ko‘nglida 
ekanligi sababidan birinchi dostonning 
kirish qismida Navoiy insonni, avvalo, uning 
ko‘ngli bilan tanishtirishdan boshlab
ko‘ngil hayratlari boblarini kiritgan.
Sharq so‘z san’atining durdonalari ,, Kalila 
va Dimna‘‘ bilan ,,Ming bir kecha‘‘ asarlari 
misolida kompozitsion talablarga nazar 
tashlaydigan bo‘lsak, bu qissalar 
kompozitsion qurilishi jihatidan nisbiy 
poetik sistema shaklini namoyon etadi. 
Negaki bu ikki asar bir qarashda hikoyatlar 
to‘plamiga o‘xshab tuyulsa ham, turkumga 
xos mavzu xilma-xilligi, mazmun tarqoqligi, 
fabulaviy noizchillikdan yiroq, bir butun 
kompozitsiyaga ega
3
. ,, Kalila va Dimna‘‘da 
qolip-kompozitsiya vazifasini ,, Kalila va 
Dimna‘‘ qissasi bajaradi. ,,Xamsa‘‘ning 
birinchi dostoni ham o‘ziga xos bir 
butunlikkka 
ega. 
Biz 
o‘ylaymizki, 
,,Xamsa‘‘da bu vazifani ,,Hayrat ul-abror‘‘,
,,Hayrat ul-abror‘‘ uchun esa bu vazifani 
uning debocha (kirish boblari) qismi 
bajargan. Ya’ni bu boblar asar mohiyati 
haqida yaqqol tushuncha bera oladigan 
qismlardir. Uch hayrat bobida ko‘ngilning 
malak, mulk, va badan mulki olamidagi sayri 
va bu sayrlardan tug‘ilgan hayrati orqali 
uning ma’rifati darajalari oshib boraverishi 
va natijada u o‘zini va Yaratganni tanishi 
ifodalangan. Hayrat bu hissiy holat. Bejizga 
Xoja (ko‘ngil) hayratdan so‘ng Olloh 
ma’rifatiga erishmaydi. Negaki Yaratganni 
aql bilan emas, his-tuyg‘u bilan anglash, 
tuyish mumkin. Hislar makoni esa faqat 
ko‘ngildir.
Kompozitsiya tushunchasi badiiy asarning 
barcha sathlariga taalluqli, uning qaysi sathi 
3
U. Jo‘raqulov. A. Navoiy ,,Xamsa ‘‘sida xronotop 
poetikasi. T:2017. 
haqida gap ketmasin, qurilishining ayni shu 
aspekti diqqat markazida turadi. ,,Hayrat ul-
abror‘‘ dostonining kirish boblarida asosan, 
kompozitsiyaning badiiy nutq shakllaridan 
hikoyalash va tavsifdan foydalanilgan. 
Xususan, hamd va munojotlarda tavsif 
ustunlik qilsa, hayrat boblarida hikoyalash, 
na’tlarda esa har ikkisi aralash holda kelgan. 
Asarning kirish boblaridagi kompozitsiya 
vositalari quyidagilar: 
Asar sarlavhasi 
Lirik kirish, lirik chekinish, lirik xotima 
Peyzaj 
Buyumlar tasviri

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin