EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research
Support Center
UIF =
8.1 | SJIF = 5.685
www.in-academy.uz
Volume 2 Issue 10, September 2022 ISSN 2181-2020
Page 217
,,Hayrat ul-abror‘‘ dostoni kirish boblari kompozitsiyasi
va undagi ayrim kompozitsion vositalar
Turdiyeva Maftuna Abdurahmonovna
https://doi.org/
10.5281/zenodo.7153107
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 25
th
September 2022
Accepted: 27
th
September 2022
Online: 30
th
September 2022
Ushbu maqolada Alisher Navoiy ,,Xamsa‘‘sining falsafiy-
didaktik dostoni ,,Hayrat ul-abror‘‘ muqaddima qismi
kompozitsiyasi haqida hamda undagi ayrim kompozitsiya
vositalari aniqlanib, tahlil qilingan.
KEY WORDS
kompozitsiya, asar sarlavhasi,
lirik kirish, lirik chekinish,
xotima, peyzaj, tasavvuf.
Alisher Navoiy ,,Xamsa‘‘sining falsafiy-
didaktik dostoni ,,Hayrat ul-abror‘‘ asari
o‘ziga xos kompozitsion butunlikka ega. Va
bu butunlikni ta’minlovchi
vositalar,
tamoyillar mavjud. Dostonning muqaddima
qismi – kirish boblari ham o‘ziga xos
kompozitsiyaga ega. Ya’ni bir bobdan
ikkinchi bobga o‘tilar ekan, o‘quvchi yangi-
yangi mazmun qirralarini kashf etib boradi,
o‘qish davomida turfa hissiy holatlarni
boshdan kechiradi, lekin bu hissiyotlarning
barisi bir nuqtaga – diniy-ilohiy, ma’rifiy
markaz atrofida ekani anglashiladi. Mazkur
maqolada
dostonning muqaddima qismi
obyekt sifatida olinib, undagi ayrim
kompozitsiya vositalari tahlili maqsad
qilingan.
Kompozitsiya (lot. Compositio –
tuzib
chiqish, tartibga solish) – aniq g‘oyaviy-
badiiy niyat taqozosiga ko‘ra badiiy
unsurlarning asar to‘qimasidan joy olishi,
asar qismlari,
boblari va epizodlarining
1
To‘xta Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish -
,,O‘zbekiston‘‘ nashriyoti
o‘rinlashish tartibi, obrazlarning bir tizimga
uyushishi, ularning o‘zaro muomala-
munosabatlarining ifodalanish tarzi, tasvir
vositalarining
muayyan maqsadga xizmat
qilishi, tasvirda muvofiqlik va me’yordir.
Qisqasi, kompozitsiya yozuvchi niyati
asosida asar badiiy to‘qimasining tuzilishi
1
.
Kompozitsiya badiiy asarda ijodkor diqqat
markazining, uning oldida turgan badiiy
vazifaning
aniqligi, shunga nisbatan
asardagi katta va kichik qismlar hamda
obrazlarning joy-joyiga qo‘yilishi va ijodkor
tomonidan o‘sha markaz va badiiy vazifaga
nisbatan tasvir me’yori va muvofiqligiga
rioya qilishdan iboratdir, deb qarash kerak
2
.
Dostondagi
maqolotlar
hamda
ular
mohiyatini yoritib beruvchi hikoyatlar shoir
g‘oyaviy-badiiy
niyatini ifodalovchi bir
butunlik
bo‘lsa,
asar
boblarining
o‘rinlashish
tartibi
ham
g‘oyaviy
ahamiyatga ega. Xususan, bu besh xazina –
2
M. Qo‘shjonov. Hayot va mahorat. T. 1962.