Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture


EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES



Yüklə 25,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü25,74 Kb.
#169106
1   2
V1I3004

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, 
PHILOSOPHY AND CULTURE 
Innovative Academy Research Support Center 
www.in-academy.uz
Volume 1 Issue 03, November 2021
Page 21 
tovbanomasi») asari yuzaga kelgan. Uning 
qadimgi turkiy tildagi uchta nusxasi ma’lum. 
Ulardan London va Berlin nusxasi moniy, 
Sankt-Peterburg nusxasi esa eski uyg’ur 
yozuvida bitilgan. Asarning yaratilish davri 
V.V.Radlov fikricha, taxminan V asr, 
S.Ye.Malov xulosasiga ko’ra VII asrga to’g’ri 
keladi. O’zbek olimlaridan professor 
N.Rahmonov 
tadqiqotlarida 
«Xuastuanift»ning 
g’oyasi, 
tuzilishi, 
ahamiyati keng o’rganilgan. Asar moniy 
jamoasi a’zolarining madhiyasi, ayni paytda 
nizomi ham hisoblanadi. «Xuastuanift» 15 
bo’limdan iborat. Kitobning ikkinchi 
bo’limida Kun va Oy tangrilarning 
moniylikdagi vazifalari ko’rsatiladi hamda 
ularning 
haqiqiyligini 
tan 
olishga 
chaqiriladi. S.Ye.Malovning «Qadimgi turkiy 
yozma 
yodgorliklar» 
kitobida 
ham 
moniylarning tangriga tovba-tazarrulari 
bitilgan ibodatlaridan parchalar keltirilgan. 
Moniylik oqimi bir qator she’rlarni ham 
yuzaga keltirdi. Bu she’rlarda Moniyning 
shaxsiyati va u yaratgan oqimning aqidalari 
madh qilinadi. Moniy shaxsi esa deyarli 
hamma she’rlarda bor. Moniyga buyuk iloh 
sifatida hamdu sanolar aytiladi. 
Moniylik she’rlarining sanasi aniq emas, 
lekin bir nechi yuz yillar davomida bu 
she’rlar yaratilganini taxmin qilish mumkin. 
Turk xoqonligi davrida, bu xoqonlik tugab, 
uning o‘rniga turkiy qavmlarning eng katta 
qabilalaridan uyg‘urlar hokimiyat tepasiga 
kelgan davrda ham moniylik she’rlari 
yaratildi. Bu tarixiy jarayon VII-IX asrlar 
boshlariga to‘g‘ri keladi. Barcha moniylik 
she’rlarining g‘oyasi va maqsadi bir-biriga 
yaqin bo‘lgani uchun u yoki bu timsol 
she’rdan – she’rga ko‘chaveradi. “Xudodan 
shafqat tilash” yoki “narigi dunyoda huzur-
halovatga erishish”ning tashvishigina emas, 
balki moniylik oqimini barcha ta’sirchan 
vositalar orqali targ‘ib va tashviqi qilish 
muhim rol o‘ynadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
1.Abduraxmonov A. “Turkiy adabiyotning qadimgi davri” T. 2005 
2.
Nihad Sami Banarli. Resimli Turk Edebiyati tarihi. – İstanbul: Milli Eğitim Basimevi, 2001. 
3.
3.www.ziyonet,uz 
4.
4.www.arxiv.uz 

Yüklə 25,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin