Eurasian journal of technology and innovation



Yüklə 56,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü56,22 Kb.
#193735
  1   2   3   4
EJTI 0601



EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY 
AND INNOVATION 
Innovative Academy Research Support Center 
Open access journal
 
www.in-academy.uz
 
Volume 1, Issue 6, Part 2 June 2023 ISSN 2181-2020 
Page 7 
 
SAID AHMADNING “QORAKO‘Z MAJNUN” HIKOYASIDA 
MILLIY FOJIA MASALASI 
1
Yerjanova Saule Baymurzayevna 
Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti professori,
filologiya fanlari doktori 
2
To‘ychiyeva Zuleyxa Hamroq‘lovna 
Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi 
zulayxot775@gmail.com 
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Received: 04
th
June 2023 
Accepted: 12
th
June 2023 
Online: 13
th
June 2023
 
 
Ushbu maqolada Said Ahmadning “qorako‘z majnun” 
hikoyasida milliy fojia masalasi tadqiq qilingan. Asarning 
asosiy g‘osasi va mazmunan qarashlar o‘rganilgan. 
Adibning asosiy kechinmalari va qahramonlar taqdiri 
tahlil qilingan. 
KEY WORDS 
Qorako‘z, 
mustaqillik, 
erk, 
kechinma, yolg‘izlik, avlodlar. 
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin milliy qadriyatlarimizni
jumladan, uning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan milliy adabiyotimizni o‘rganish va
badiiyatini kashf etish har birimizning, xususan, filologiya sohasida ish olib boruvchi 
mutaxassislarning oldida turgan birlamchi vazifa bo‘lib qoldi. Chunki milliy ruhni bizga
beruvchi bu adabiyot globallashuv asrida taraqqiyotimizga xavf solib turuvchi ko‘plab yot 
g‘oya va mafkuralardan himoya qiladi. Negaki, Said Ahmad ijodi insonga o‘zlikni eslatib
turuvchi nazm durlaridir. Qolaversa, har bir fan sohasida bo‘lgani kabi adabiyot sohasida
dam istiqlol davriga xos adabiy-badiiy muhitni, tadqiqot usullarini yaratmoq lozim. Said 
Ahmad singari ijodi mumtoz Sharq va jahon adabiyoti namunalaridan ozuqalangan
asarlar buni taqozo qiladi. 
Hayotiy ko‘lamning kengligi, murakkab insoniy taqdirlar, qahramonlar ruhiyatidagi
sanoqsiz tovlanishlar voqealar asnosida idrok etilishi lozim bo‘lgan epik asarlarda tahlil
ham o‘ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Epik asarlarda kechinmalarning o‘zini,
kayfiyatlarning ifodasini berishdan ko‘ra, tuyg‘ularning paydo bo‘lish jarayoni, ularning
ildizlari ko‘rsatilishiga e‘tibor qaratiladi. Epik asarlarda badiiy tahlil ham ko‘lamdor, ko‘p 
bosqichli bo‘ladi. Epiklikning eng asosiy belgisi: voqeabandlik va tasvirda tafsilot 
mavjudligidir. Qaysi janrda bo‘lishiga qaramay, epik turga mansub asarlarda personajlar 
ozdir-ko‘pdir voqealar qo‘ynida tasvirlanadi va ularning tabiatlari hodisalar tasviri 
asnosida namoyon bo‘la boradi. 
Said Ahmad ijodida badiiy adabiyotning azaliy muammosi – avlodlar silsilasi, otalar va 
bolalar munosabati alohida o‘rin tutadi. Adibning mustaqillik yillarida yozilgan hikoyalarida 
ijtimoiy ruh yanada keskin va yorqin bir tarzda namoyon bo‘lgan. Xususan, bunday holat 
“Qorako‘z majnun” hikoyasidagi voqealar tasvirida ona va farzand, ular o‘rtasidagi keskin 
munosabatlar ildizi asr fojiasi, mustabid tuzum siyosati, mafkurasi, axloqiy aqidalariga borib 
tutashadi: jamiki ko‘rguliklar, fojialar mash’um siyosatning oqibati tarzida ko‘rsatiladi. 



Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin