Eurasian journal of technology and innovation


EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY



Yüklə 56,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü56,22 Kb.
#193735
1   2   3   4
EJTI 0601

EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY 
AND INNOVATION 
Innovative Academy Research Support Center 
Open access journal
 
www.in-academy.uz
 
Volume 1, Issue 6, Part 2 June 2023 ISSN 2181-2020 
Page 9 
it Saodat kampir bilan deyarli bir xil kayfiyatda: xafa bo‘lsa xafa, xursand bo‘lsa xursand,
kampir o‘yga cho‘msa, u ham o‘y surgandek bir nafas tinchiydi. Garchand kampirni 
sog‘intirgan bo‘lsa ham, Bo‘rixon itdan ko‘ra Saodat ayaga begonaroqdir. Hikoyada Saodat
kampir vafotidan so‘ng yozuvchi ham Qorako‘zning ruhiyatini siz o‘quvchilarga anglatish
maqsadida o‘tkir qalami bilan uning qora ko‘zlariga ikki tomchi yoshni chizib qo‘yadi. Hikoya 
oxiridagi Qorako‘z majnunning o‘limi o‘quvchini mahzun qiladi. Hikoya boshida Qur’oni 
Karimning “Baqara” surasidan oyat epigraf sifatida keltiriladi. Bu ko‘chirmalar aynan 
hikoyadagi Bo‘rixon obraziga taalluqli ekanini hech qiynalmasdan ilg‘ab olish mumkin. 
As‘hobi kahf to‘g‘risidagi hadisi sharif esa hikoyada xuddi ongli va oqil insondek
tasvirlangan Qorako‘z majnunga taalluqli, albatta. Hikoyada juda katta ma‘no-mazmun 
jamlangan. O‘zbekona urf-odatlar qadri noloyiq bir farzandning qilmishlarini ko‘rsatish 
orqali ta‘kidlanadi. To‘g‘risi, itning vafosi bir o‘g‘ilning ona ko‘nglini vayron qilishiga
nisbatan yuksak ma‘naviy martabalarda turishi hamma vaqt ulug‘vorlik kasb etadi. 
Naql qilinishicha, mashhur shayx Abu Bakr Shibliy (vafoti 946)dan “Tariqatdagi ilk 
yo‘lboshchingiz kim?” - deb so‘ralganda, u ― Bir itdir” deb so‘zini shunday davom ettirgan 
ekan: ― Bu it suvsizlikdan o‘lim yoqasida tik turardi. U suv ichish uchun ne zamon ariqqa
yaqinlashsa, suvda o‘z aksini ko‘rar va undan qo‘rqardi. Chunki o‘zining suratini u boshqa 
bir itniki deb o‘ylardi. Ammo tashnalik oxiri zo‘r kelib, it o‘zini suvning ichiga otdi… Ana 
shundan so‘ng ― boshqa kuchuk yo‘qligiga inondi. It bilan o‘rtadagi borliq orasiga kirgan
itning ― o‘zga manligi uning yo‘liga to‘siq paydo etgan edi. Men ahvolimning aynan shu itga 
o‘xshashini, ya'ni yo‘limdagi eng katta to‘siq nafsim ekanini angladim… Xullas, mening birinchi 
yo‘lboshchim shu it bo‘ldi. Asosiy yo‘lga qanday qadam tashlash lozimligini menga bir kuchuk 
ko‘rsatdi. 
Nafsni tasavvuf adabiyotida it qiyofasida tasavvur qilinishida shu singari fikr va 
e'tiroflar ta’sir o‘tkazganligi ehtimoldan yiroqmas. Biroq asosiysi it ham, tulki yo sheri
darron ham emas, baribir nafsdir. Ko‘zga ko‘rinmay dunyoni tub-tubidan g‘orat qiladigan
mavjudlik, bu –nafs. U qancha ko‘p hukmronlikka erishsa, dunyoning axloqiy-ma’naviy 
holati o‘shancha buziladi; haqiqat va vijdon, diyonat va rostlik boshidagi qaro bulutlar
shu qadar quyuqlashadi. Shuningdek, zohiriy chora-tadbirlar, bahsu munozaralar nafsdan 
tug‘ilajak kulfat, musibat va halokatlarning yo‘liga to‘siq qo‘yolmaydi. Nafs erkin va erkli
ekan, yolg‘on, riyo, zulm, zo‘ravonlik, munofiqlik, xullas, hamma yomon va tuban sifatlar
gullab yashnayveradi. Bular esa inson botinidagi “it” – nafsning o‘yinlari. Xohlasa,
odamni u parchalab, sochib yuboradi, istasa, o‘zni yig‘ishtirib olishga imkon beradi.
Lekin har qancha urinib-surinmang, undan ajralolmaysiz. Siz – unda, u – sizda yashaydi. U
– sizga, siz – unga bog‘liqsiz. Kimki uni qancha xoru zalil eta olsa, o‘zini ham, o‘zgalarni ham
o‘shancha yaxshi anglashi muqarrardir.
Badiiy adabiyotda hayvonlar obrazi keng miqyosda uchrashi hech birimizga sir 
emas. Hayvonot dunyosi ba‘zan odamlarga do‘st qilib tasvirlansa, ba‘zida aksi. Yuqorida
berilgan hikoyada ham inson va hayvon o‘rtasidagi do‘stlik aks etgan. Shu bilan bir qatorda 
odamlarning o‘sha birgina hayvonchalik bir-biriga mehr ko‘rsatmasligi yozuvchi tomonidan 
tasvirlangan. Hikoyada hayvonlar qatnashadi va ularning qiyofasi orqali insonlarga xos 
xususiyatlar beriladi. Yozuvchi el orasidan ko‘tarilib borayotgan odamiylikning asl egalari
hatto hayvoncha oqibat qila olmay qolayotganini asarda chuqur mulohazakorlik va 



Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin