EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY
AND INNOVATION
Innovative Academy Research Support Center
Open access journal
www.in-academy.uz
Volume 1, Issue 6, Part 2 June 2023 ISSN 2181-2020
Page 7
SAID AHMADNING “QORAKO‘Z MAJNUN” HIKOYASIDA
MILLIY FOJIA MASALASI
1
Yerjanova Saule Baymurzayevna
Al-Forobiy nomidagi Qozoq
milliy universiteti professori,
filologiya fanlari doktori
2
To‘ychiyeva Zuleyxa Hamroq‘lovna
Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi
zulayxot775@gmail.com
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 04
th
June 2023
Accepted: 12
th
June 2023
Online: 13
th
June 2023
Ushbu maqolada Said Ahmadning “qorako‘z majnun”
hikoyasida milliy fojia masalasi tadqiq qilingan. Asarning
asosiy g‘osasi va mazmunan qarashlar o‘rganilgan.
Adibning asosiy kechinmalari va qahramonlar taqdiri
tahlil qilingan.
KEY WORDS
Qorako‘z,
mustaqillik,
erk,
kechinma, yolg‘izlik, avlodlar.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan
keyin milliy qadriyatlarimizni,
jumladan, uning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan milliy adabiyotimizni o‘rganish va
badiiyatini kashf etish har birimizning, xususan, filologiya sohasida ish olib boruvchi
mutaxassislarning oldida turgan birlamchi vazifa bo‘lib qoldi.
Chunki milliy ruhni bizga
beruvchi bu adabiyot globallashuv asrida taraqqiyotimizga xavf solib turuvchi ko‘plab yot
g‘oya va mafkuralardan himoya qiladi. Negaki, Said Ahmad ijodi insonga o‘zlikni eslatib
turuvchi nazm durlaridir. Qolaversa, har bir fan sohasida bo‘lgani kabi adabiyot sohasida
dam istiqlol davriga
xos adabiy-badiiy muhitni, tadqiqot usullarini yaratmoq lozim. Said
Ahmad singari ijodi mumtoz Sharq va jahon adabiyoti namunalaridan ozuqalangan
asarlar buni taqozo qiladi.
Hayotiy ko‘lamning kengligi,
murakkab insoniy taqdirlar, qahramonlar ruhiyatidagi
sanoqsiz tovlanishlar voqealar asnosida idrok etilishi lozim bo‘lgan epik asarlarda tahlil
ham o‘ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Epik asarlarda kechinmalarning o‘zini,
kayfiyatlarning ifodasini berishdan ko‘ra, tuyg‘ularning paydo bo‘lish
jarayoni, ularning
ildizlari ko‘rsatilishiga e‘tibor qaratiladi. Epik asarlarda badiiy tahlil ham ko‘lamdor, ko‘p
bosqichli bo‘ladi. Epiklikning eng asosiy belgisi: voqeabandlik va tasvirda tafsilot
mavjudligidir. Qaysi janrda bo‘lishiga qaramay, epik turga mansub
asarlarda personajlar
ozdir-ko‘pdir voqealar qo‘ynida tasvirlanadi va ularning tabiatlari hodisalar tasviri
asnosida namoyon bo‘la boradi.
Said Ahmad ijodida badiiy adabiyotning azaliy muammosi – avlodlar silsilasi, otalar va
bolalar munosabati alohida o‘rin tutadi. Adibning mustaqillik yillarida yozilgan hikoyalarida
ijtimoiy ruh yanada keskin va yorqin bir tarzda namoyon bo‘lgan. Xususan, bunday holat
“Qorako‘z majnun” hikoyasidagi voqealar
tasvirida ona va farzand, ular o‘rtasidagi keskin
munosabatlar ildizi asr fojiasi, mustabid tuzum siyosati, mafkurasi, axloqiy aqidalariga borib
tutashadi: jamiki ko‘rguliklar, fojialar mash’um siyosatning oqibati tarzida ko‘rsatiladi.