EVAKUATSIYA QILINAYOTGAN AXOLINI TIBBIY TA’MINLASH
REJA:
Shoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) evakuatsiyalar.
Aholini evakuatsiya qilish usullariga qarab, uch turli bo’ladi:
Shoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) evakuatsiyalar. Oldindan o’tkaziladigan evakuatsiyalar falokat yoki tabiiy ofat yuzaga kelishi va harbiy harakatlar boshlanishi ehtimoli yuqori darajada ekanligi haqida shoshilinch ma’lumot olingandan keyin o’tkaziladi. Bunga bir necha o’n daqiqadan bir necha kungacha bo’lgan davr orasida FV sodir bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi ma’lumot olingandan keyin taxminlashga asos bo’ladi. SHoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) evakuatsiyalar aholi hayoti va salomatligiga xavf tug’iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi FV yuzaga kelgan yoki harbiy harakatlar boshlanganda, aholining odatiy kun kechirish sharoiti buzilgan hollarda o’tkaziladi. FV rivojlana borishi va harbiy harakatlarning tavsifiga qarab, evakuatsiya qilinadigan aholi soniga qarab, evakuatsiyalar uch xil bo’ladi:
Cheklangan evakuatsiyalar;
Mahalliy evakuatsiyalar;
Mintaqaviy evakuatsiyalar.
Cheklangan evakuatsiyalar shaharning bir qismi yoki qishloq chegarasidan chiqmagan, ko’chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan FV larda o’tkaziladi. Bunday holda ko’chirilgan aholi, odatda, FV hududiga tutash aholi yashash joylariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga joylashtiriladi. Mahalliy evakuatsiyalar o’rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari FV hududiga tushib qolgan hollarda o’tkaziladi. Bunda ko’chiriladigan aholi soni bir necha mingdan o’n minglab kishigacha yetishi mumkin bo’lib, odatda, FV hududi bilan yondosh xavfsizjoylargajoylashtiriladi. Mintaqaviy evakuatsiyalar shikastlovchi omillar katta hududlarga yoyilib, yirik shaharlarni ham o’z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy evakuatsiya FV yuz bergan hududdan transportda, piyoda olib chiqiladigan aholi o’zlarining yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko’chirilishlari mumkin. Aholining evakuatsiya tadbirlari bilan qamrab olinganligiga qarab, ikki turi bo’ladi:yalpi evakuatsiya; qisman evakuatsiya.
Yalpi evakuatsiyada FV yuz bergan hududdan hamma aholi olib chiqib ketiladi. Qisman evakuatsiyada esa asosan mehnatga layoqatsiz aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, litsey, kollej, texnikum va oliy o’quv yurtlari o’quvchi va talabalari olib chiqib ketiladi.
Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuatsiya qilish haqida qarorga kelish huquqi FM boshliqlariga berilgandir. Ular evakuatsiyaning umumiy rahbarligini olib boradilar. Aholini evakuatsiya qilish ishlarini bevosita tashkil etish va o’tkazishga esa viloyatlar, shaharlar, tumanlarning ma’muriyati va aholini evakuatsiya qilish tashkilotlari rahbarlik qiladi.
Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish tadbirlarini barcha omillarni hisobga olgan holda rejalashtirishni hamda transport vositalarini, ularning yo’llarini, evakuatsiya qilinadigan aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayyorlab qo’yilishini, shuningdek, aholining FV sharoitiga har tomonlama tayyorgarlik ko’rishlarini talab etadi.
Bunday tayyorgarlikni hokimiyat ijro idoralarining va boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig’i bo’lgan rahbarlari tashkil etadilar va o’tkazadilar.
Aholini evakuatsiya qilish prinsipi bo’yicha ikki tur xildir:
ishlab chiqarish-hududiy;
hududiy bo’lishi mumkin.
Bunda, FV yuz bergan hududdan ishchilar, xizmatchilar, o’quvchilar, talabalar, korxonalar, tashkilotlar, muas-sasalar, o’quv yurtlari bo’yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish idoralari, shirkatlar orqali turar joylan bo’yicha transportda yoki piyoda olib chiqilishi nazarda tutiladi.
Muayyan hollarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuatsiya qilish hududiy turiga ko’ra, bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshiriladi.
Aholini evakuatsiya qilish usullariga qarab, uch turli bo’ladi:
transportda;
piyoda tartibda;
aralash holda.
Aralash usuli samarali va eng maqbul usul hisoblanadi. U mavjud transporter yordamida iloji boricha, eng ko’p ishlovchilar bilan bir vaqtda aholining qolgan qismini ham birga qo’shib olib chiqishni nazarda tutadi. Bunda asosan, piyoda yura olmaydigan, yosh bolali ayollar, maktab o’quvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarini transportlarda olib chiqish rejalashtiriladi.
Bu usul aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuatsiya qilish tadbirlarini eng qisqa muddatda o’tkazish imkonini beradi.
Evakuatsiya qilingan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bo’lgunga qadar vaqtincha joylashtirib turiladi.
Agar davlatlararo tegishli kelishuvlar bo’lsa, FV holatlarida O’zbekiston Respublikasining evakuatsiya qilingan aholisi MDH qo’shni davlatlarida joylashtirilishi ham mumkin. SHu jumladan, O’zbekiston respublikasi hududi ham boshqa davlatlardan ko’chinib keltinlgan aholi uchun berilishi mumkin. Bunda hamkorlik qiladigan davlatlar vakolatli idoralarining birgalikda ish tutishi xalqaro huquq me’yorlariga, ikki tomonlama va ko’p tomonlama davlatlararo kelishuv hujjatlariga, O’z.R. va boshqa mamlakatlar qoidalariga asoslanadi.
Atrof muhitning tanazzulga (inqirozga, degradatsiyaga) uchrashi, urbanizatsiya, insonning xo’jalik faoliyati hajmi yuqori sur’atlarda ortishi, tabiatdan xo’jasizlarcha foydalanish tufayli yuzaga chiqadi. Ekologik jihatga ega bo’lgan Favqulodda hodisalarga tuproq tarkibining buzilishi va kadimiy, simob va og’ir metallar bilan zaharlanish, atmosferaning zararli kimyoviy moddalar, shovqin, elektromagnit maydonlari bilan ifloslanishi, nurlanishlar, kislota yomg’irlari, azon qatlamining yupqalashishi, yirik sanoat shaharlari ustida chang va tutunlarnini uzoq vaqt ushlanib qolishi, suv havzalarining kambag’allashib ketishi, ifloslanishi va zaharlanishi, odamlarning sog’ligiga tahdid qiladigan boshqa omillar kiradi.
Ijtimoiy-siyosiy ixtiloflar (nizolar), davlatlar orasidagi kelishmovchiliklarni zamonaviy qurollar vositasida tanglik (krizis) keltirib chiqarish barobarida hal qilishga urinish o’ta fojeali yo’ldir. Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tezligi bo’yicha quyidagi sinflarga bo’lish mumkin:
tasodifiy — (er qimirlashi, portlash, transport avariyalari va h k.);
shiddatli — (yong’inlar, gidrodinamik avariyalar, o’tkir zaharli gazlar otilib chiquvchi port- lashlar va sh.o’.);
mo’tadil (o’rtacha) - suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi;
radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar;
ravon — sekin asta tarqaluvchi xavflar (qurg’oqchilik, epidemiyalar, tuproqning ifloslanishi, suvning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va h k. lar).
FV ning tarqalish ko’rsatkichi faqatgina u bevosita ta’sir qilgan hudud maydoni bilan belgilanmaydi, balki zararli hodisaning bilvosita tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa muhim aloqalarga ta’siri bo’lishi mumkin bo’lgan maydonlarni ham qamrab oladi. Bundan tashqari doirasiga oqibatning og’irligi ham kiradi. Ba’zi hollarda favqulodda vaziyat maydoni bo’yicha kichik bo’lishiga qaramay darajani juda og’ir va katta talofatli bo’lishi mumkin. SHuning uchun FV larning kategoriyasini aniqlaganda ta’sir maydoni bilan birga uning og’irligini ham hisobga olish kerak. Bular FV lar tufayli yuzaga kelgan oqibatni yo’qotish uchun muhimdir. Ushbu majmuaviy belgi bo’yicha FV ni beshta turga bo’lish mumkin:
cheklangan obektga taalluqli (lokal);
mahalliy;
milliy;
regional (Respublika);
global (dunyo miqiyosidagi).
CHeklangan — FV lar oqibatlari xalq xo’jaligi obekti hududi bilan chegaralanadi va shu korxona kuchi va mablag’i bilan daf qilinadi.
Mahalliy — FV larning oqibatlari aholi yashaydigan punkt (qishloq, shahar va h k.) bilan chegaralanadi. Bunga yirik shahar, ma’muriy jarayon, bir necha jarayonlar, viloyat kirishi mumkin va ularning kuch va mablag’lari hisobiga bartaraf qilinadi.
Respublika — FV ning oqibatlari bir necha viloyat yoki iqtisodiy jarayon bilan chegaralanadi va respublika kuch va mablag’lari hisobiga bartaraf etiladi.
Transchegarali — FV ning oqibatlari bir necha iqtisodiy rayon yoki respublika miqyosida bo’lishi mumkin, lekin davlat chegarasidan chiqmaydi. Bunday FV larning oqibatlarini bartaraf etish davlat mablag’i hisobiga, aksariyat hollarda xorijiy yordam hisobiga amalga oshiriladi.
Dunyo miqyosidagi (global) — FV ning oqibatlari mamlakat chegarasidan chiqib, boshqa mamlakatlarga ham yoyiladi. Bu oqibatlar har bir mamlakatning ichki kuchlari bilan va xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag’lari hisobiga yo’q qilinadi.
Ko’rsatib o’tilgan barcha FV larning turi va sinflari chegaralari shartlidir. Yuqorida ko’rsatilgandek ayrim ofatlar — yer siljishi, sahroga aylanishi, yer qimirlashi, o’rmon va torf yong’inlari va h k. lar kelib chiqishi bo’yicha tabiiy hamda tabiiy-antropogen bo’lishi mumkin. FV larni boshqa belgilariga qarab tizimlashtirishda ham shunga asoslanish maqsadga muvofiq keladi. FV lar oqibatlari turli-tuman bo’lishi mumkin. Ular FV laming turiga, xarakteriga va tarqalish hajmiga bog’liqdir. FV lar oqibatining asosiy turlari: o’lim, odamlarning kasallanishi, inshootlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlardir.
SHuni alohida qayd qilish kerakki, FV laming ko’pgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi holatlar mavjud bo’ladi. Bu paytda o’ta kuchli ta’sirlar odamning ruhiy holatini buzilishiga olib keladi. Bu ta’sirning xavfi shundaki, depressiv ruhiy holat faqatgina shu ta’sir hududidagina emas, undan chiqqandan so’ng ham davom etishi mumkin. FV larda xavfli va zaharli omillarni hisoblab chiqish, oldindan aniqlash ehtimoli mavjud bo’lsada, lekin uning ruhiy ta’sirini real holatda aniq aytish muammo hisoblanadi. Ayrim hollarda u boshqa omillar ta’sir doirasidan ham katta bo’lishi mumkin.
FV laring zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, bino va inshootlar, injenerlik kommunikatsiyalari, barchasi birgalikda shikastlanish o’chog’i deyiladi. SHikastlanish o’chog’lari oddiy (bir turli) va murakkab (qurama) bo’lishi mumkin.
Oddiy shikastlanish o’chog’i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’siri natijasida paydo bo’lgan o’choqqa aytiladi. Masalan, portlash, yong’in natijasidagi buzilish, kimyoviy yoki bakterial zaharlanish shular jumlasidan.
Murakkab shikastlanish o’chog’i FV larning bir necha shikastlovchi omillari ta’sirida yuzaga keladi. Masalan: kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishi, yong’in, kimyoviy zaharlanishi kabi oqibatlarga yer qimirlashi va qattiq bo’ron, inshootlarning buzilishidan tashqari suv toshqini, yong’inlar, elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqishi natijasida zaharlanish va h k. larga olib kelishi mumkin.
SHikastlanish o’chog’i shakli (tuzilishi) xavfli omil tabiatiga qarab doira shaklida — yer qimirlaganda, portlaganda, tasma shaklida — bo’ron, to’fon, suv toshqini, sel oqimi, vulqon oqimlari va boshqalar, noaniq shaklda — yong’in, yer siljishi sifatida namoyon bo’ladi.
Izoformizm tushunchasidan foydalanib (formalarning o’xshashligi), FV larning tavakkali (ko’rilgan zararning qiymati sifatida) ularning kelib chiqishi tabiatidan qat’iy nazar quyidagi formula bilan ifodalanadi:
T = F (Ra, Rv, S)
Bu yerda: F — operator (FV simvoli, uning asosiy oqibatini xarakterlaydi);
Ra — shu klassdagi FV larning kelib chiqishi statistik ehtimoli;
Rv — Favqulodda vaziyatlarning ko’ngilsiz sifat o’zgarishiga olib keluvchi ehtimolligi;
S —- Favqulodda vaziyatlarga nisbatan tashqi omillar (xalq xo’jaligi obekttarining qurilish va joylashtirish xarakteri, obekt joylashgan yerning xarakteri, iqlim sharoitlari, aholining zichligi va uning FV lar paytida harakat qilish tayyorgarligi va h k.).
FV lardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin. O’z vaqtida va aniq aytilgan ma’lumot samarali himoya uchun o’ta muhimdir.
Favqulodda vaziyatlar quyidagilar natijasida paydo bo’ladi:
og’irlik kuchlari, yer aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bo’ladigan, tez kechadigan tabiiy jarayonlar;
konstruktsiyalar yoki inshootlar ashyolarining zanglashiga yoki eskirishiga, fizik-mexanik ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;
inshootlarning loyiha, ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish ashyolari, konstruksiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va h k.);
ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining inshoot ashyolariga ta’siri (me’yoridan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, thrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug’ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoida larining buzilishi (bug’ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, ko’mir changi va shaxtalarda metanning, yog’och ishlab chiqarish korxonalarida yog’och changlarining, elevatorlarda don changlarining portlashi va hk.);
turli ko’rinishlardagi harbiy faoliyatlar.
Kelib chiqishi va turidan qat’iy nazar, FV laming rivojida to’rtta xarakterli bosqichlarni ajratish mumkin:
uyg’onish, paydo bo’lish, dunyoga kelish bosqichlari; — rivojlanish, avj olish bosqichi;
Eng yuqori darajasi, eng yuksak darajasi bosqichi;
pasayish, o’chish bosqichi (oqibatni lugatish). Uyg’onish bosqichida bo’lg’usi FV ning zamini uchun sharoit yaratiladi: noxush tabiiy jarayonlar faollashadi, inshootlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari yig’ila boshlaydi va ko’plab texnik nosozliklar yuzaga chiqadi, uskunalar ishida, injener-texnolog xodimlar ishida nuqsonlar paydo bo’ladi va h k.
Uyg’onish bosqichi davomiyligini aniqlash uchun, bu ham juda katta taxmin bilan seysmik, meteorologik, sellarga qarshi va boshqa stantsiyalarning kuzatuvlarini juda sinchiklab o’rganish va muntazam yozib borish orqaligina bajariladi.
Rivojlanish, avj olish bosqichida inson omili asosiy o’rnini egallaydi. Statistik ma’lumotlar 60% dan ortiq avariyalar inson xatosi tufayli ro’y berganligini ko’rsatadi.
Eng yuqori darajadagi bosqichida esa odamlar va atrof muhitga xavf solib turgan modda yoki energiyaning ozod bo’lishi, ya’ni Favqulodda hodisa kuzatiladi. FV ning o’ziga xosligi shundaki, u zanjirsimon xarakterga ega. Unda energiyaga tola, zaharli va biologik faol komponentlarning qo’shilib ketishi tufayli rivojlanishi ko’p martalab (gohida yuz martalab) ortib ketadi. Boshqacha aytganda, bu modda va energiyani vayron qiluvchi bo’shalishi zanjirsifat jarayondir. Pasayish, o’chish bosqichiga vaqt bo’yicha xavf manbaining jilovlab olish davridan boshlab to uning oqibatini bevosita va bilvosita bartaraf qilguncha ketgan vaqtdir. Bu bosqichning davomiyligi yillar, gohida o’n yillar davom etishi mumkin.
FV larni shikastlanish sabab-oqibat zanjirini muayyan sharoitda bilish bunday vaziyatning oldini olish ehtimolini oshiradi va oqibatlarini tezroq tugatishga yordam beradi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1.Tabiiy va texnogen tusdagi FV yuz berganda axolini qanday ximoyalash mumkin?
2.Insoniyat aholini himoya qilishning bu samarali usul qachondan beri bor?
3.Evakuatsiya necha xil bo’ladi?
4.Aholi soniga qarab, evakuatsiyalar necha xil bo’ladi?
Dostları ilə paylaş: |