Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Variant 49 Protosistematikdavr. T.I.: Suqrot, Aflotun, Aristotel, “eydos”, mohiyat



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə127/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   196
HZTF javoblari.

Variant 49

  1. Protosistematikdavr. T.I.: Suqrot, Aflotun, Aristotel, “eydos”, mohiyat

  2. Bo’g’imoyoqlilarningsistematikasi. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarningasosiytaksonlari: kenja tip, sinfvakenjasinflar.

  3. PZR metodiningmohiyati. PZR amplifikasiya. T.I.: DNK niajratish, amplifikasiya, elongasiya, yumshatish, haroratsikli, praymer.

  4. Filogenetikdaraxttushunchasi. T.I.: hayotdaraxti, filogenetiksistematika, filogenetikdaraxttuzishqoidalari.

  5. Eukariothujayralarningpaydobo’lishi. T.I.: Prokariotlarningbelgilari. Endosimbiozgipotezasivauningmohiyati. Organoidlarningkelibchiqishi.

1 Ж Protosistematikani Suqrot, Aflotun va Aristotellardan boshlanadi desak to’g’ri bo’ladi. Suqrotda shakllangan obyektiv idealizm va essensializm g’oyalarini Aflotun (Platon, asl ismi Aristokl mil.av. 428-347 yy) davom ettirdi. Uning fikriga ko’ra g’oyalar olamning asosida turadi. G’oya (eydos) larning ko’rinishi sifatida narsalar va ular o’rtasidagi munosabatlar (o’zgaruvchan va o’tkinchi) namoyon bo’ladi. Masalan otning o’zi qanchalik real bo’lsa otni anglatuvchi g’oya(otlik g’oyasi) ham shunchalik realdir. Bu ikkalasining farqi shunda-ki: konkret ot qachondir yo’qoladi otlik g’oyasi esa doimiy mavjud. Uning fikriga ko’ra (“Fedon”, “Sofist” dialoglarida)biror narsani anglash uchun oldin umumiylikni topib keyin uning xususiy ko’rinishlarini qo’shib borish lozim. Xususiy bir narsani ya’ni biror konkret predmet va uning olamda tutga o’rnini tushunish uchun uning asosi bo’lgan g’oyani va uning g’oyalar ierarxiyasida tutgan o’rnini bilish lozim. Aynan shu “g’oyalar ierarxik tizimi” haqidagi qarashlar keyinchalik sxolastik maktab sistematiklarida turkum-tur ierarxik tizimini g’oyalari shakllanishida asos bo’ldi.

Aristotel (Stagirit, mil.av. 384-322 yy) birinchi bo’lib, ko’pyoqlama va tartibli ilmiy bilimlarni qoldirgan olim. Uning fikriga ko’ra narsalarda mohiyat (usiya) mavjud bo’lib, u shu narsaning funksiyasini belgilaydi. Aristotelning “usiya”si Aflotunning “eydos”idan farqli ravishda narsalardan tashqarida emas, ularning o’zidadir. Bu mohiyat har xil jismlarda sharoitlarga mos ravishda o’zgarib turadi. Lekin u (usiya) turli jismlarda xar-xil shakllarda kelgani bilan u yagona bo’lib qolaveradi. Hayvon va o’simliklarning alohida belgilari mohiyatga ega va mohiyatsiz bo’lishi mumkin. Mohiyatli qismlar jamlanmasi narsaning tabiatini belgilaydi, mohiyatsiz qismlar esa unda tasodifan paydo bo’ladi. Mohiyatli qismni yo’qotgan organizm endi avvalgidek bo’la olmaydi, mohiyatsiz qismni esa organizmga zararsiz olib tashlash mumkin. Har bir narsaning bir nechta funksiyasi va mos ravishda bir necha mohiyati bo’lishi mumkin. Narsaning (organning) tabiatini tushunish, uning asl mohiyatini aniqlashdan iborat. Buning uchun esa undagi funksiyalarni birlamchi va ikklamchi funkisiyalarga ajratish lozim. Aristotelning ushbu fikrlari keyinchalik sxolastik sistematika maktabida “belgilarni differensial baholash prinsipi”ning vujudga kelishi sabab bo’ldi.

Butun jismlar(organizmlar) ham mohiyatli bo’ladi, ularning to’plamlari esa ikkilamchi mohiyatga ega bo’ladi. Aristotel bo’yicha tur birlamchi mohiyatga ega bo’lganligi uchun avlodga nisbatan realroq bo’ladi. Aristotelning “Hayvonlar tarixi” asarida qushlar va baliqlar avlodlar hisoblansa, ilonlar va timsohlar turlar sifatida keltiriladi. Aristotelning sistematikaga oid fikrlaridan hayvonlarni guruhlarga ajratishda bir emas balki ko’p belgilarga asoslanish kerakligi va bir avlodni dixotomik bo’lish noto’g’riligi haqidagilarini keltirish mumkin.

Shuni qayd etish lozimki, Aristotel biror asarida hayvonlarning to’liq sistemasini ko’rsatmaydi. Hozirda ma’lum bo’lgan uning tizimi ko’pgina asarlarda keltirilgan kichik sistemalar jamlanmasidir. Aristotel tizimida Aflotundan farqli o’laroq dixotomiya emas politomiya ko’p uchraydi masalan qonlilarni ikkiga emas beshta teng qismga bo’ladi. Uning fikriga ko’ra shundoq ham ma’lum bo’lgan tizimni mantiqiy-dixotomik yondashuv bilan buzib qo’yish mumkin. Masalan “suvda yashovchi, oyoqsiz, o’pka bilan nafas oluvchi” hayvonlar avlodiga kurakoyoqlilarni ham kiradi. Bu esa mantiqqa to’g’ri kelmasa ham hayvon tabiatiga to’g’ri keladi. Sistematikada qatiy mantiq va tabiiy haqiqat o’rtasidagi bunday ziddiyatlar hozirgacha mavjud bo’lib, Aristotel muammosi deb yuritiladi.

Feofrast(Teofrast, haqiqiy ismi Tirtamos, mil.av. 370-288 yy)ning botanik sistemasi ham etiborga loyiq. Uning 10 tomli “O’simliklar tarixi” asarida o’simliklar alohida qismlar (idiz, poya, barg va mevalari asosida) hamda ko’p belgilar asosida o’rganilib, daraxt, buta, ko’p yillik yarim butalar va o’tlarga ajratilgan. Bu har bir guruhni yana ikkiga madaniy va yovvoyi o’simliklarga ajratadi. Bularning har birini yana doimiy yashil va barg to’kuvchi, suv va quruqlik o’simliklari kabi uncha aniq bo’lmagan guruhlarga ajratadi. Feofrastning fikriga ko’ra yashash muhiti o’zgarganda bir turga kiruvchi o’simlik, boshqa turga aylanishi mumkin.

Dastlabki sistematika – protosistematikaning rivojlanishida Gay Pliniy(23-79 yy)ning ham hissasini aytib o’tish kerak. Uning 37 tomli “Tabiat tarixi” asarining 4 tomi (8-11 tomlar) hayvonlarga va odamga, 21 tomi (12-32 tomlar) o’simliklarga bag’ishlangan. Yunon tabibi va tabiatshunosi Pedaniy Dioskorid (40-90 yy)ning 5 tomli “Dorivor moddalar haqida” asarida ham antik davr uchun anchagina katta hajmli ma’lumotlar keltirilgan. Bu asardan gerbalistlar ham foydalanishgan.

Protosistematik maktabning keyingi vakillari Aristotel va Aflotun ishlarini sharxlashgan. Bu davrning asosiy vakillaridan biri Porfiriy(asl ismi Malx yoki Melex, 232-304 yy)ning bo’lib, uning “Kirish” asari Aristotel ishlariga sharxlardan iborat. Rimlik neoplatonik olim Boetsiy (480-524 yy) o’zining “Porfiriyga sharx” asari bilan mashxur. Aynan u va uning davri olimlari antik davr olimlarining ishlarini Evropa tillariga tarjima qilishdi, ularning ta’sirida sistematik izlanishlarning ikki asosiy dasturi shakllandi. Bulardan birinchisi kollektor dasturi bo’lib, tabiatdagi xilma-xillikga ta’rif berishni ko’zda tutadi. Ikkinchisi metodik dasturi bo’lib, tabiatdagi xilma-xillikni tushuntirish, uning tizimini yaratishni ko’zda tutadi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin