LOPHOTROCHOZOA
Lophotrochozoa megataksoni 1995 yilda Xalanich tomonidan ajratilgan. Uning tarkibiga dastlab halqali chuvalchanglar, mollyuskalar va lofoforalilar kirilgan. Shu davrdan boshlab, lofoforalilarning birlamchi og’izlilarga mansubligi isbotlab berildi. Bu davrgacha lofoforalilar morfologik tahlillarga asosan ikkilamchi og’izlilarga kiritilar edi.
Xalanichning dastlabki ishlaridayoq (1995) lofoforalilarning geterogen, ya’ni monofiletik guruh emasligi ko’rsatib berildi. Ularning bir tarmog’i mshankalar (Bryozoa) bo’lsa, boshqa tarmog’i foronidlar (Phoronida) va yelkaoyoqlilardan (Brachiopoda) iborat (1-rasm).
Hozirgi vaqtda Lophotrochozoa guruhi ikkita opa-uka katta taksonga: Trochozoa va Platyzoa guruhlariga ajratiladi (Giribet et al., 2000, 2007; Peterson, Eernisse, 2001; Giribet, 2002; Helkampf et al., 2008; Hejnol et al., 2009; Paps et al., 2009b)
G.D.Edgekombe(2011) fikricha, Lophotrochozoa larni ikkita emas, balki uchta katta kladga ajratish lozim: Trochozoa, Platyzoa i Polyzoa.
Polyzoa guruhi yaqinda ajratilgan guruh bo’lib (2009), filogenetik daraxtning Platyzoa bilan birga bitta shoxini hosil qiladi. Polyzoa tarkibiga umurtqasiz hayvonlarning 3 ta tipi: Bryozoa, Cycliophora va Kamptozoa tiplari kiradi.
Yuqoridagi 3 ta guruhdan tashqari Lophotrochozoa tarkibiga umurtqasizlarning alohida tiplari ham mavjud- Myzostomida, Gastrotricha, Gnathostomulida, Bryozoa, bu tiplarning hayvonlar sistemasidagi o’rni hozircha noaniq.
4-Ж Organizmning istalgan xususiyati sistematik belgi sifatida qo’llanilishi mumkin. Taksonomiyada ko’pincha quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Morfo-anatomik – tashqi va ichki tuzilishning o’ziga xos xususiyatlari: individlarning o’lchamlari, shakli, rangi, organlar, to’qimalar, hujayralar organellalarning tuzilishi;
Fiziologik – organizm funksiyasining o’ziga xos xususiyatlari. Masalan: oziqlanish tipi (avtotrof/geterotrof), nafas olish tipi (aerob/anaerob);
Ekologik – boshqa organizmlar va atrofdagi muhit bilan o’zaro munosabatlarning o’ziga xos jihatlari. Masalan: parazitlarning xo’jayinlarga moslashishi, yoki ma’lum yashash muhitlari (suv, tuproq va boshqa)ga moslashish;
Biologik – yashash tarzining o’ziga xos xususiyatlari. Masalan: ko’payish yoki rijojlanish sikli;
Biokimyoviy – organizm kimyoviy tarkibining o’ziga xosligi. Masalan: hujayra membranasi, sitoplazmatik membranalar yoki fotosintetik pigmentlarning takibi;
Genetik – organizm nasl apparatining o’ziga xos xususiyatlari. Masalan: xromosomalarning soni va tuzilishi, nukleotidlar ketma-ketligi.
Organizmlarning ma’lum bir guruhiga (taksonga) ta’rif berishda ushbu guruhni aniqlash uchun eng muhim bo’lgan belgilarni keltirib o’tish lozim. Bunday muhim belgilarga diagnostik belgilar deyiladi.
Belgilar asosida organizmlar taksonlar deb ataladigan guruhlarga birlashtiriladi.
5 Ж 41-1 чиси
Variant 48
Bo’g’imoyoqlilarningfilogenetikaloqalari. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarningasosiytaksonlari, Mandibulata, Xeliseralilar, Bo’g’imoyoqlilarningboshqatiplarbilanfilogenetikbog’lanishlari. Ektisozoalar.
Dostları ilə paylaş: |