Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə153/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   196
HZTF javoblari.

Nomotetik sistematika (yun: nomos – qonun) L.S.Bergning nomogenez nazariyasi asosida A.A.Lyubishev tomonidan 1920-yillarda taklif etilgan. Uning asosiy maqsadi tirik tabiatning eng umumiy qonuniyatlari asosiga qurilgan sistemani yaratishdir. Xuddi D.I.Mendeleyevning davriy sistemasidagi elementning o’rni uning xususiyatlarini o’zida aks ettirganidek nomotetik sistemadagi organizmning o’rni uning asosiy xusiyatlarini anglatishi kerak. Bu yo’nalish tarafdorlari turlar o’rtasidagi konvergent o’xshashlikni bir taksonning turli yo’llar bilan shakllanishi mumkinligi bilan tushuntiradilar va bunday taksonni tabiiy deb qabul qiladilar. Nomotetizmda taksonlar o’rtasidagi qarindoshlikka etibor berilmaydi. Sistemaning o’zi esa ierarxik emas, to’rsimon va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin.

Hamma fanlarda bo’lgani kabi sistematikada ham integrativ jarayonlar kechmoqda va yuqoridagi g’oyalarning har biridan hozirda fan oldida turgan muammolarni yechish uchun qo’llanmoqda.



Linneydan boshlanib 20-asr o’rtalarigacha rivojlangan ilmiy sistematikani ananaviy sistematika deb qarash mumkin. Ananaviy sistematikaning uch asosiy aksiomalari mavjud:

  1. Bizni o’rab turgan organizmlarnining xilma-xilligi ma’lum bir ichki strukturaga ega

  2. Bu struktura ierarxik tuzilishga ega ya’ni undagi elementlarning ba’zilari boshqalariga, ularning o’zi esa keyingi darajadagi tizimlarga bo’ysunadi

  3. Bu strukturani oxirigacha, to’liq o’rganish va anglash hamda shu orqali tabiiy sistemaning informatsion tizimini yaratish mumkin.

Yuqoridagi uch aksioma ananaviy sistematikaning maqsad va vazifalarini o’zida mujassamlashtiradi. Bu vazifalar klassifikatsiyalash jarayonida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin