3) tur hosil bo’lishining yakunlanmaganligi. Jinsiz alohidalangan tur o’zining klassik ko’rinishida bitta populyatsiyadan iborat bo’lib, lokal tarqalgan bo’ladi. Lekin ko’plab turlar keng tarqalgan bo’lib, arealning chekka qismlarida ma’lum populyatsiyalar alohida turlarni hosil qilish jarayonida bo’ladi. Bu esa ushbu turni bitta yoki ko’p tur sifatida aniqlashda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bu holatning o’zi ham bir nechta ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
3.1) Reproduktiv alohidalashnishning morfologik mustahkamlanmasligi. Ba’zan jinsiy alohidalanish morfologik farqlarning yuzaga kelish jarayonidan ilgarilab ketadi. Bu jarayonning natijasida o’zaro chatishmaydigan lekin morfologik farq qilmaydigan yoki kam farq qiladigan turlar hosil bo’ladi. Bunday turlarga qiyofadosh turlar deyiladi.
3.2) Reproduktiv alohidalanishsiz morfologik farqlar hosil bo’lishi. Boshqa bir hollarda morfologik jihatdan katta farq qiladigan populyatsiyalar o’zaro chatishadilar va bir necha bo’g’inda nasl beradilar. Bu morfologik farqlar kelib chiqishi bilan bog’liq jarayonlarning reproduktiv jarayonlarga ta’sir ko’rsata olmasligi bilan bog’liq bo’ladi. Ba’zan esa bir avlodning ikki turi o’rtasida chatishishning mavjud ekanligi ma’lum bo’ladi, bu ham ushbu turlar shakllanishining tugallanmaganini bildiradi.
3.3) Alohidalovchi mexanizmlarning nomuntazam buzilishlari (gibridizatsiya). Vaqti-vaqti bilan yaxshi shakllangan turlar o’rtasida ham o’zaro chatishi kuzatilishi mumkin. Ko’pincha buning natijasida avlod qolmaydi yoki hayotchanligi past, pushtsiz yoki kam pushtli avlodlar dunyoga keladi. Ba’zan esa ma’lum sharoitlar natijasida lokal faunada bunday gibridlar soni oshib ketadi. Lekin shuni hisobga olish lozimki, tur individlardan emas, populyatsiyaardan iborat.
3.3.1) Simpatrik gibridizatsiya. Ba’zan ikki alohida tur arealning anchagina qismida chegaradosh bo’ladi va shu hududlarda chatishib turadi. Lekin hozirgacha ikki turning aralashib bir turga aylangani haqida aniq ma’lumotlar to’planmagan.
3.3.2) Amfiplodiya. Anchagina o’simlik turkumlarida turlararo chatishish kuzatiladi. Bunda qandaydir yo’l bilan bu organizmda har ikkala ota-ona ajdodlar xromasomalarining to’liq to’plamlariga ega bo’ladilar. Natijada hosil bo’lgan avlodlar har ikkala ota-ona populyatsiya vakillari bilan raqobatlasha oladi. Biroq hozirgacha bunday turlar aniq misollarda aniqlanmagan. 3.4) Yarimturlar. Ba’zi hollarda geografik alohidalangan populyatsiyalar kenja turdanda sezilarli farqlarga ega bo’ladi. Lekin ular o’rtasida jinsiy alohidalanish kuzatilmaydi. Ko’p hollarda bunday turlar yarimturlar sifatida tahlil etiladi.
2.Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T.I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar.
Evolyusion jarayonni o’rganishda «uch parallel uslubi» deb ataluvchi uslub qo’llaniladi. Bu uslub solishtirma anatomiya, embriologiya, va paleontologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi. Lekin filogenezni o’rganishda biogeografiya va sistematika ham muham ahamiyatga ega. Keyingi vaqtlarda evolyusion jarayonni tahlil qilishda genetika, biokimyo, molekulyar biologiya va boshqa fanlarning ahamiyati nihoyatda oshib bormoqda. Hozirgi vaqtda evolyusiyani o’rganishda quyidagi metod qo’llaniladi: 1. Morfologik usul (solishtirma anatomiya, gistologiya va boshqa fanlar uslublari): a) gomologik organlarni (tuzilishi va kelib chiqishi o’xshash bo’lgan) va analogik (funksiyasi o’xshash) organlarni o’rganish; b) rudiment organlarni ajdodga qaytish»- uzoq ajdodlarga xos organlarning paydo bo’lishi) s) solishtirma anatomik qatorlar – maxsus tanlangan organizmlarda organlar gomologiyasini tahlil qilish. Masalan, hozirgi toq tuyoqli hayvonlarda (tapir, karkidon va otlarda) oyoqlarning o’zgarishi. Bu tahlil otlarda bir tuyoqli oyoklarning kelib chiqish evolyusiyasini ochib beradi 2. Embriologik usullar. a) Sistematik uzoq bo’lgan organizmlarda embrion rivojlanishidagi o’xshashliklarni aniqlash (K.Berning embrionlar o’xshashligi qonuni). K.Ber qonuniga asosan, tahlil qilishda embrion rivojlanishning qanchalik oldingi bosqichlari tanlansa o’xshashliklar shunchalik ko’p bo’ladi. Masalan, umurtqalilarning embrion rivojlanishining dastlabki bosqichlari bir xil bo’ladi. Faqat rivojlanishning o’rta bosqislariga kelganda baliqlar va amfibiyalarga xos belgilar, rivojlanishning ancha keyingi bosqichlarida esa sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarga xos belgilar paydo bo’ladi. b) Rekapitulyasiyani o’rganish (Myuller-Gekkel qonuni- biogenetik qonun)- ontogenez jarayonida ajdod formalar tuzilishi ko’pgina xususiyatlarining takrorlanishi (rekapitulyasiya). Rekapitulyasiya konsepsiyasi paleontologik ma’lumotlar yetishmaydigan yoki yo’q bo’lgan guruhlar yoki organlarning evolyusion rivojlanish yo’nalishini tiklashga yordam beradi. 3. Paleontologiya metodlari. Paleontologiya- qazilma organizmlar haqidagi fan bo’lib, uning metodlari evolyusion jarayonni o’rganish metodlari sifatida qaralishi mumkin. Evolyusiyani o’rganishdagi asosiy paloyeotologik usullar quyidagilar: a) qazilma oraliq farmalarni aniqlash- hozirgi va o’tmishda yashagan guruhlar belgilarini o’zida mujassamlantirgan oraliq dormalarni aniqlash. Masalan, qazilma ixtiosega baliqlar va quruqlik umurtqalilarining o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Qadimgi quruqlik hayvonlari – stegosefallar o’zida baliqlarga xos xususiyatlarni saqlaydi. Arxeopteriks sudralib yuruvchilar va qushlar o’rtasidagi oraliq formadir. b) paleontolok qatorlarni aniqlash, ya’ni filogenezni borishini ask ettiruvchi va evolyusion jarayonda bir-biri bilan bog’langan qazilma formalar qatorini tiklash. Hozirgi vaqtda ko’pgina organizmlar uchun, masalan, otlar, karkidonlar, fillar va boshqalar uchun palentologik qatorlar aniqlangan. Otlarning evolyusion qatorining tahlili evolyusion paleontologiya asoschisi V.O.Kovalevskiy tomonidan o’tkazilgan. Qazilma qoldiqlarni qatlamlar bo’yicha tahlil qilish orqali evolyusiya davomida turli farmalarning paydo bo’lish ketma-ketligi haqida ma’lumotlar to’planadi. 4. Biogeografik metodlar: a) Flora va faunani taqqoslash va Yer shari hozirgi mintaqalarining rivojlanish xususiyatlarini o’rganish. Bu metod Yer shari alohida hududlaring tur tarkibi va ularning tarixiy shakllanishi o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadi. b) Orollar biogeografiyasi- orollar faunasi va florasi evolyusiyasini o’rganish. Masalan, Afrikadan juda qadimda (o’nlab mln. yil oldin) ajralgan Madagaskar oroli o’ziga xos faunaga ega: sut emizuvchilarning 36 ta avlodi bor va shulardan 32 tasi endemik hisoblanadi. s) Relikt (o’zida oldingi davrlarda yashab, keyinchalik qirilib ketgan guruhlarga xos xususiyatlar majmuini mujassamlantirgan) va entemik (boshqa hududlarda deyarli uchramaydigan) o’simlik va hayvon turlarini o’rganish. Relikt formalarga sudralib yuruvchilarning o’nlab million yil oldin, mezazoy erasida yashagan kenja sinfining hozirgi yagona vakili-gatteriyani, Sharqiy Afrika qirg’oqlarining chuqur qatlamlarida yashovchi va devon davridan buyon o’zgarmasdan yashab kelayotgan panjaqanotli baliq – latimeriyani misol qilib keltirish mumkin. O’simliklardan relikt forma sifatida Xitoy va Yaponiyada tarqalgan manzarali o’simlik – gingkoni qayd etish mumkin. 5. Sistematikametodlari.U yoki bu guruhning boshqa guruhlarga nisbatan sistematik o’rnini aniqlash. Bu taqqoslanayotgan guruhlarning evolyusion rivojlanish yo’llari, geneologiyaning evolyusion muammolarini hal etilishi bilan bog’liq. Turli tuzilish darajalari belgilariga ega bo’lgan xususiyatlarni o’zida saqlaydigan va shu sababli oraliq sistematik o’ringa ega formalarning mavjudligi organizmlarning umumiy qarindoshligi orqali aniqlanadi. Qobiqlilar (xordalilarning tuban vakillari) va umurtqalilar o’rtasidagi oraliq hayvonlarga lansetniklar avlodini kiritish mumkin. Ularda xordalilarning barcha belgilari mavjud, lekin sust rivojlangan. Mikrosistematika – tur ichi strukturalar (kenja tur, irq, va boshqalar) ni aniqlash bilan shug’ullanadi. Bunday tur ichi guruhlarning haqiqiy filogenetik qarindoshligini aniqlash tur ichidagi taksonomik kategoriyalarni aniqlashda juda zarur va tur vakillarining yoki umuman turning tarixiy rivojlanish yo’lini ko’rsatib beradi. 6. Genetik metodlar. Sistematik jihatdan alohida bo’lgan, lekin bir-biriga yaqin turlar va avlodlarga mansub organizmlar kariotipini o’rganish va ularni o’zaro taqqoslash. Taqqoslanayotgan farmalarning genetik o’xshashligi aniqlanadi (masalan gibridizasiya usuli orqali) va organizmlarning sitogenetik xususiyatlari tahlil qilinadi. 7. Molekulyar biologiya metodlari: Turli organizmlarda nuklein kislotalar va oqsillarning tuzilishi o’rganiladi va taqqoslanadi. DNK ni duragaylash usuli orqali odam bilan makaka maymunida DNK tuzilishi 66% gomologik ekanligi, ho’kiz bilan esa 28%, kalamush bilan 17 % o’xshashligi aniqlangan. 8. Immunologik metodlar: Presipitasiya reaksiyalari yordamida odamning eng yaqin qarindoshi yuksak odamsimon maymknlar ekanligi, primatlar orasidagi eng uzoq qarindoshi lemurlar ekanligi ko’rsatib berilgan. Bu usul orqali qushlarning timsohlar va toshbaqalarga yaqinligi, xordalilar bilan ignatanlilarning o’xshashlik belgilari aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: |