Ribosomal RNK (rRNK) kodlovchi yadro genlari. Ribosomal genlar o’zining universalligi va yuqori konservativ va variabel domenlarini bo’lishi bilan markerlar ichida eng yaxshilari hisoblanib, nisbatan uzoq guruhlarni ham filogenetik aloqalarini o’rganishda foylaniladi [Patwardhan, 2014]. Hamma organizmlarda ribosomalar asosan ikki subbirliklarda, kichik (18S – eukariotlarda va 16S – qolgan hammasida) va katta. Bakteriyalar va arxeobakteriylarda katta subbirlikning ikki variantda: 5S, 5,8S va 25S/28S. rRNKning ichki tizimi katta va kichik subbirliklari, tegishli 10 va 8 variabel sohalarni hosil qiladi. rRNK genlari oqsil kodlovchi genlarga nisbatan kamroq evolyusiyalaydi [Schmidt, 2007].