4 Molekulyar-genetik usullarning ustunligi va kamchiliklari. T.I.: morfologik mezon kamchiligi, mujmal turlar, gen sistematika va uning imkoniyatlari. Molekulyar-genetik usullardan foydalanib, bioxilma-xilik va sistematika muammolarni tavsif etish xaddan tashqari qiziqarli bo’lib qolmoqda. Biroq, shak-shubhasiz, faqatgina molekulyar-genetik usullardan foydalangan holda turni tavsiflash xato bo’ladi. Bioxilma-xillikni o’rganish aniq guruhlarning mutaxasistlariga tayangan holda hamda molekulyar-genetik usullar asosida amalga oshirilishi lozimdir (Shneyer, 2007). 2003 yili “DNK-shtixkod” usuli yoki molekulyar “barkoding”ni taklif etishdi. Bu usulning zamirida genom sohasining uncha katta bo’lmagan fragmenti olinadi va uning uzunligi uncha katta bo’lmasdan (600-800 nukleotidlar), bitta tur individlari yoki turli xil turlarda uzunligi bir xil bo’ladi.