Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Variant 9 1 Sistematikada gerbalistika davri. T.I.: Otto Brunfels, Ieronim Bok, Pyer Belon, Konrad Gessner, Sharl de L’Eklyuz



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə43/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196
HZTF javoblari.

Variant 9

1 Sistematikada gerbalistika davri. T.I.: Otto Brunfels, Ieronim Bok, Pyer Belon, Konrad Gessner, Sharl de L’Eklyuz. Yevropadagi uyg’onish davri sistematikada izlanishlarning kollektor dasturiga qaytish davri bo’ldi. Kollektorlarning asosiy qismi esa tabiblar bo’lib, ular dorivor o’simliklarni yig’ish, ularga ta’rif berish bilan mashg’ul bo’ldilar. Bu olimlarni gerbalistlar, davrni esa gerbalistika deb atashadi. Gerbalistlarga anik davrdagi Feofrast va Pliniyning ta’siri yuqori bo’lgan. Sxolastlardan farqli ravishda gerbalistlar g’oyalarni emas faktlarni o’rgana boshladilar. Antik davrdan keyin birinchi bo’lib gerbalistlar yangi o’simlik turlarini ta’riflay va nomlay boshlaydilar. Ta’riflashda Feofrast ananalariga asoslansalarda, o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha jihatlarni yoritadilar. Gerbalistlardan biri Otto Brunfelsning “O’tlarning jonli rasmlari” kitobida barcha o’simliklar mukammal(gulli) va oddiy(gulsiz) turlarga bo’linadi. Asta sekin g’erbalizmda utilitar tizimdan (inson uchun ahamiyatiga ko’ra) tabiiy tizimga o’tish kuzatildi. Ieronim Bok birinchi bo’lib o’simliklarni ahamiyatiga ko’ra emas o’xshashligiga ko’ra tartibladi. U “tabiat shakliy o’xshashligiga ko’ra birlashtirgan o’simliklarni kitobimda men ham birlashtiridim” deydi. Gerbalistika davrida oz bo’lsada, zoologik ishlarni ham kuzatish mumkin. masalan: Pyer Belon (1518-1564 yy)ning asarlaridan birida odam va qush skleti solishtirilib, ularda umumiy tuzilish plani borligi qayd etilgan. U umumiy planning turli ko’rinishlari muhitga bog’liq holda yuzaga kelishi haqida fikrlaydi va ekologik muhitlarga ko’ra hayvonlarni guruhlaydi. Masalan: ko’rshapalaklarni qushlarga, suvda uchraydigan yirik umurtqasizlar, vidra, timsohlarni esa baliqlarga oid deb qaraydi.

Konrad Gessnerning ishlarini alohida aytib o’tish lozim. U hayvonlar haqida 5 tomli (sutemizuvchilar, reptiliyalar, qushlar, baliqlar, ilonlar va hasharotlar) “Hayvonlar tarixi” kitobi yozadi. Bu kitoblarda o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan hayvonlarning ko’pchiligi ta’riflanib ba’zilarining suratlari keltirilgan. Uning botanik sistemasi anchagina mukammal bo’lgan. K.Gessner birinchi bo’lib, o’simliklarni gul, meva va urug’ tuzilishiga ko’ra guruhlarga ajratadi. U turni tariflash ketma-ketligini (nom, belgilar, hayot tarzi, inson uchun ahamiyati va mifologiya), alohida qismlarni chizishni va boshqa mualliflarga iqtibos berishni boshlab berdi.

Gerbalistlardan Sharl de L’Eklyuz (1526-1609 yy) botanik klassifikatsiyaga sinf kategoriyasini kiritadi. Aynan shu olim lola va kartoshka kabi o’simliklarni mahalliylashtirgan.

Gerbalistika davrida sistematikada qator o’zgarishlar kuzatildi. Aynan shu davrda hayvonlarni klassifikatsiyalashda porfiriy daraxti chizmasidan foydalanish boshlandi. Bunday chizmalar Gessner, B.Marant, T.Moffet ishlarida uchraydi. O’simlik va hayvonlarga ta’rif berish qayta boshlandi. Uning ma’lum qoidalari shakllandi. Ilmiy bibliografiya ananalari yuzaga keldi. Qisqa qilib aytganda gerbalistika davri ilmiy sistematikaga o’tish davri bo’ldi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin