Polyzoa guruhi yaqinda ajratilgan guruh bo’lib (2009), filogenetik daraxtning Platyzoa bilan birga bitta shoxini hosil qiladi. Polyzoa tarkibiga umurtqasiz hayvonlarning 3 ta tipi: Bryozoa, Cycliophora va Kamptozoa tiplari kiradi.
Yuqoridagi 3 ta guruhdan tashqari Lophotrochozoa tarkibiga umurtqasizlarning alohida tiplari ham mavjud- Myzostomida, Gastrotricha, Gnathostomulida, Bryozoa, bu tiplarning hayvonlar sistemasidagi o’rni hozircha noaniq.
3 Organizmning istalgan xususiyati sistematik belgi sifatida qo’llanilishi mumkin. Taksonomiyada ko’pincha quyidagi belgilardan foydalaniladi:
Morfo-anatomik – tashqi va ichki tuzilishning o’ziga xos xususiyatlari: individlarning o’lchamlari, shakli, rangi, organlar, to’qimalar, hujayralar organellalarning tuzilishi;
Fiziologik – organizm funksiyasining o’ziga xos xususiyatlari. Masalan: oziqlanish tipi (avtotrof/geterotrof), nafas olish tipi (aerob/anaerob);
Ekologik – boshqa organizmlar va atrofdagi muhit bilan o’zaro munosabatlarning o’ziga xos jihatlari. Masalan: parazitlarning xo’jayinlarga moslashishi, yoki ma’lum yashash muhitlari (suv, tuproq va boshqa)ga moslashish;
Biologik – yashash tarzining o’ziga xos xususiyatlari. Masalan: ko’payish yoki rijojlanish sikli;
Biokimyoviy – organizm kimyoviy tarkibining o’ziga xosligi. Masalan: hujayra membranasi, sitoplazmatik membranalar yoki fotosintetik pigmentlarning takibi;
Genetik – organizm nasl apparatining o’ziga xos xususiyatlari. Masalan: xromosomalarning soni va tuzilishi, nukleotidlar ketma-ketligi.
Organizmlarning ma’lum bir guruhiga (taksonga) ta’rif berishda ushbu guruhni aniqlash uchun eng muhim bo’lgan belgilarni keltirib o’tish lozim. Bunday muhim belgilarga diagnostik belgilar deyiladi.
Belgilar asosida organizmlar taksonlar deb ataladigan guruhlarga birlashtiriladi.
4. Guruhlarning evolyusion tarixi filogeniya, uning sxematik ifodasi esa-filogenetik daraxt yoki kladogramma deb ataladi. Albatta, filogenetik daraxt ilmiy faraz (gipoteza) hisoblanadi, va har doim tekshiriladi va o’zgartiriladi. Lekin, filogenetik daraxt evolyusiyaning umumiy sxemasini aks ettiradi.
Kladistikaning asosiy maqsadi- turlar o’rtasidagi qarindoshlik aloqalarini to’la aniqlash va olingan natijalarni filogenetik daraxt yoki kladogramma ko’rinishida tasvirlashdan iborat Turlar yoki turlar guruhlari orasidagi munosabatlarni aniqlashda kladistik usullarning qo’llanilishi dixotomik shoxlangan iyerarxik sxema (chizma) - filogenetik daraxt tuzish imkonini beradi. Bu chizmaning iyerarxik tavsifi turlarni yirikroq birliklarga, ularni esa yanada kattaroq birliklarga birlashtirilishini anglatadi. Masalan, krevetkaning qaysidir bitta turi qisqichbaqasimonlarga, qisqichbaqasimonlar esa jag’lilarga, jag’lilar esa bo’g’imoyoqlilar guruhiga, bo’g’imoyoqlilar esa hayvonlar guruhiga birlashtiriladi. Iyerarxik chizma oddiy jadvalni eslatadigan filogenetik sistema shaklida ham ifodalanishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: |