Tracheata Filognetik daraxtni to’g’ri tuzish katta informasiya beradi. 1-rasmda turlar yoki yuqori taksonlarning o’zaro munosabati chiziqlar orqali ko’rsatilgan, har bir juft opa-uka taksonlar uchun sinapomorfiylar ko’rsatilgan. Bundan tashqari, «asos» turning autapomorfiylari gipotetik ajdod forma qiyofasini tasavvur qilish imkonini beradi va keyinchalik uni qazilma qoldiqlar (agar bunday topilmalar mavjud bo’lsa) bilan taqqoslash mumkin.
Zamonaviy kladistikaning maqsadi taksonlar orasidagi filogenetik aloqalarni aniqlashdan iborat. Monofiletik taksonlar va ularning filogenetik sistemadagi o’rni aniqlangandan keyin taksonlar o’rtasidagi iyerarxik munosabatlar aniq bo’lib qoladi.