Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə57/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   196
HZTF javoblari.

Sistematika tarixi. Hayotning turli shakllarini klassifikasiyalash ishlari antik davrda Geptador, Aristotel va Teofrast ishlaridan boshlangan. Ularning ishlarida tirik organizmlarning ancha mukammal tasnifi beriladi. Ular o’simliklarni daraxtlar va o’tlarga, hayvonlarni issiqqonlilar va sovuqqonlilarga ajratishadi.

16-17 asrlarda tirik organizmlarni o’rganishda va alohida guruhlarning klassifikasiyasini tuzishda K.Gesner, I.Fabrisiy, U.Garvey, M.Malpigi, Ya.Svammerdam va R.Guklarning xizmati katta bo’ldi.

Ingliz tabiatshunosi Djon Rey o’simlik va hayvonlarga bag’ishlangan muhim ishlarini chop ettirdi. Uning o’simliklar klassifikasiyasiga bag’ishlangan «Historia Plantarum» kitobi zamonaviy sistematika tomon qo’yilgan muhim qadam bo’ldi. J.Rey dixotomik ajralishni inkor etdi va turlar va tiplarni klassifikasiyalashda o’rganish jarayonida aniqlangan o’xshashlik va farqlariga e’tibor qaratish zarurligini takidladi.

18-asrning boshlarida biologik tabiiy sohasida ko’pgina ishlar amalga oshirildi. Lekin bu klassifikasiya ancha orqaga qola boshladi. Bu muammoni hal etishda Shved tabiatshunosi K.Linney ning ishlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. K.Linney o’zining «tabiat sistemasi» kitobida tabiatni 3 ta olamga: mineral (anorganik), o’simliklar va hayvonlarga ajratdi. Shuningdek, u o’simliklarning sun’iy sistemasini yaratdi.

Linney sistematikada 4 ta kategoriyadan foydalandi: sinf, turkum, avlod va tur. U tomonidan fanga kiritilgan qo’shaloq nomlash hozirgacha muvaffaqitli ishlatilmoqda (Linneygacha turlar nomi juda ko’p so’zlardan iborat bo’lgan). Keyinchalik bunday nomlash «binar nomenklatura» deb atala boshlandi.

18-asrning oxirida Antuan Jyussyo tomonidan «oila» tushunchasi, 19-asrning boshida J.Kyuvye tomonidan hayvonlar uchun «tip» tushunchasi kiritildi. Keyinchalik o’simliklar uchun uning analogi «bo’lim» tushunchasi kiritildi.

Ch.Darvin tabiiy sistemani tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi natijasi sifatida qarash kerak, deb ta’kidlagan. «Kelib chiqishning umumiyligi…..bu organizmlar o’rtasidagi bog’lanishlardir va buni bizga bizning klassifikasiyamiz ochib beradi»-Ch.Darvin. Ch.Darvinning bu gaplari sistematikada yangi davrni –filogenetik sistematikani boshlab berdi.

Darvin fikricha, kuzatiladigan taksonomik struktura, jumladan, taksonlar iyerarxiyasi, ularning bir-biridan kelib chiqishi bilan bog’liq.

Shu asosda evolyusion sistematika shakllandiki, asosiy e’tibor organizmlarning kelib chiqishiga qaratildi. Bunda morfologik usullar bilan birga embriologik va paleontologik usullardan ham foydalanila boshlandi. Bu borada Ch.Darvinning davomchisi, nemis biologi E.Gekkel tomonidan yangi qadam tashlandi. E.Gekkel «geneologik (qarindoshlik) daraxti» tushunchasini kiritdi. E.Gekkelning geneologik daraxti tirik organizmlarning o’sha davrdagi ma’lum barcha yirik guruxlari va ayrim noaniq (gipotetik) guruhlarni o’z ichiga oladi. Taksonlarni bunday qulay tarzda ifodalash evolyusionistlar uchun juda qulay bo’ldi va hozirgacha Darvin-Gekkelning filogenetik sistematikasi biologiya fanida hukumronlik qilmoqda. Bu sistemaning birinchi g’alabasi shundan iborat bo’ldiki, maktab va universitetlarda botanika va zoologiya kurslarini o’qitish tartibi o’zgardi: oldin o’qitish sutemizuvchilardan boshlangan bo’lsa, keyin o’qitish bakteriyalar va bir hujayralilardan boshlanadigan bo’ldi.

Gekkel daraxtining har bir shoxi asosida qandaydir bir organizm turishini va u shu shox novdalarida turgan barcha organizmlar uchun ajdod bo’lishi kerakligini xoxlardi. Lekin bunday organizmlar topilganda ham, ular ajdod emas, balki evolyusiyaning «yon shoxlari» sifatida tan olindi. Masalan, tupayyalar, arxeopteriks, lansetnik va trixoplaks bilan shunday holat kuzatildi. E.Gekkel daraxtning asosida turgan organizmni topishni juda orzu qilgan edi va shunday organizmni topildi deb xabar ham qilgan. Bu organizm shilimshiq bo’lakchasiga o’xshardi va batidiy nomini oldi, lekin keyinchalik u dengiz hayvonlarining degradasiya mahsuloti ekanligi aniqlandi. Bunday organizm haligacha topilgani yo’q.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin