Angliyada uyg’onish adabiyoti



Yüklə 49,45 Kb.
səhifə1/3
tarix22.12.2023
ölçüsü49,45 Kb.
#189639
  1   2   3

Angliyada uyg’onish adabiyoti

Reja:





  1. XV-XVI asrlarda Angliya jamiyati. Ingliz gumanistik adabiyotining 3 bosqichi.

  2. Uil’yam Shekspir o`tmishdoshlari haqida.

  3. Uil’yam Shekspir lirikasi va dostonlari.

  4. Renessans g’oyalarining ifodalanishi.

  5. Angliya uyg’onish davri adabiyotining tarixiy ahamiyati.

XV-XVI asrlarda Evropa mamlakatlarida o`rta asr feodalizmidan kapitalizmga o`tish davri bo`ldi. Bu davr Uyg’onish yoki Renesans nomini oldi. Shaharlarning rivojlanishi, manfakturalarning paydo bo`lishi, keng savdo munosabatlarini o`rnatilishi natijasida o`rta asr feodal tartiblari inqirozga uchradi.
Bu davr buyuk geografik kashfiyotlarning ochilishi davri bo`lib tarixga kirdi (Amerikaning ochilishi, Xindistonga savdo yo`lining ochilishi). Bu davrda yangi milliy davlatlar paydo bo`ldi. Ilm-fan, san`at, madaniyat, adabiyot beqiyos darajada rivojlandi. Aql-idrokka, o`z kuchiga, yaxshilikka ishonch Uyg’onish davri odamlariga xos fazilatdir.
Angliyaning o`sha davr falsafiy qarashlari Frensis Bekon ta`limotida o`z aksini topdi (F.Bekon ingliz materializmning otasi 1561-1625).
Angliyada Uyg’onish davri Italiya, Frantsiya, Ispaniyadan kechroq boshlandi. XV-XVI asrlarda Angliyada qirol hokimiyati dvoryanlar qarshiligini sindirdi. Hokimyatga intilgan juda ko`p feodal baronlar o`zaro urushlarda halok bo`ldilar.
Tyudorlar sulosasidan bo`lgan Genrix VII va Genrix VIII lar davrida mutloq xokimyat kuchaydi. Genrix VIII ning islohatlari natijasida ko`plab monastirlar yo`qotildi. Mamalakat Rim papasiga tobelikdan qutuldi va qirolning o`zi ingliz cherkovini boshqara boshladi. Uil’yam Tindal «Injil» ingliz tiliga tarjima qildi. Mamalakatni qirolicha Elizaveta (1558-1603) boshqargan yillarda Angliya iqtisodiyati tez sur`atlar bilan rivojlandi. 1588 yili ispanlarning Buyuk armadasi tor-mor qilgan Angliya uchun dengiz yo`llarining barcha osonlik bilan ochila boshladi. Ko`plab dehqonlar o`z erlaridan mahrum bo`ldilar. (Jun sotish bu paytda katta foyda keltirar edi).
Angliyada Uyg’onish harakati Evropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan bir muncha keyin, ya`ni XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida paydo bo`ldi. Bu davr Angliya gumanistlari o`z g’oyalarini targ’ib qilishda eng avvalo san`at va adabiyotdan foydalandilar. Angliya Renessans adabiyotining tadrijiy taraqqiyot bosqichlari quyidagicha belgilanadi: 1-bosqich – XV asrning oxiri va XVI asrning 60-70 yillari. 2-bosqich – XVI asrning oxiri XVII asrning boshlari. 3-bosqich – XVII asrning boshlari (aniqrog’i 1616 yildan) shu asrning 40-yillarigacha. Bu bosqichlarning har biri o`ziga xos xususiyatlarga egadir. Birinchi bosqichda gumanistlar antik dunyo madaniyatini qiziqib o`rganadilar, uning hayotbaxsh taraqqiyparvar g’oyalarini targ’ib qiladilar, shuningdek, o`rta asrlar moralitesidan foydalanib tragediya va komediya janrini yaratadilar. Ikkinchi bosqichda Angliya gumanistik adabiyoti gullab yashnaydi, uning ulug’ namoyandalari etishadi va ular davrning muhim ijtimoiy muammolarini ko`taradilar. Uchinchi bosqich teatrlarning yopilishi va Renessans g’oyalarining tanazzuli bilan tavsiflanadi. Angliya Uyg’onish adabiyoti uchun eng xarakterli bo`lgan adabiy tur, bu – dramatik turdir. Biroq XV-XVII asrlarda epik turda ham bir qator salmoqdor asarlar yaratildiki, bular, eng avvalo, Tomas Mor (1478 – 1535)ning “Utopiya”(1516), Frensis Bekon (1561 – 1626)ning “YAngi Organon” (1620) romanlaridir. Ularda mualliflarning shu davr Angliya jamiyatiga tanqidiy munosabatlarigina aks etib qolmay, balki ularning ijtimoiy ideallari ham ifodalanadi.
Uyg’onish davrining teatri XVI asrning 2-yarmidan boshlab rivojlandi. Bu davrda ingliz gumanist dramaturglari xalq teatri va antik teatr elementlarini sintezlashtirgan Angliya milliy dramaturgiyasini yaratdilar. XVI asrning 60-70 yillariga qadar Angliyada teatr tomoshalari sayyor bo`lib, 1576-ilda dastlabki doimiy teatr binosi barpo etiladi. XVI asrning oxiriga borib birgina Londonning o`zida bunday teatrlar soni 9 taga etadi. Bu o`sha davr sharoitida teatrning ijimoiy roli naqadar yuqori bo`lganligini ko`rsatadi.

Yüklə 49,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin