Angliyada uyg’onish adabiyoti



Yüklə 49,45 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü49,45 Kb.
#189639
1   2   3
V.Shekspir Markaziy Angliyaning Streford shaharchasida tug’ildi. Otasi charm qo`lqop tayyorlovchi usta bo`lib, shahar kengashiga va shahar xokimligiga saylangan. Shekspir mahalliy «Grammatika» maktabida o`qiydi (lotin, grek tililari o`qitilgan). 18 yoshida uylanib 1587-il Londonga ko`chib keladi va teatrga xizmatga kiradi. Avval suferlar yordamchisi, so`ngra aktyor, keyinroq rejissyor bo`lib ishlagani ma`lum. Teatr uchun p’esalar yoza boshlaydi.
1599-il yangi ochilgan «Globus» teatriga ishga o`tadi.
1612-il o`z ona shahri Strefordga ko`chib ketadi va boshqa ijod bilan shug’illanmaydi.
Shekspir hayotiga oid ma`lumotlar etarli emasligi uning avtorligiga shubha soluvchi ko`plab farazlarni keltirib chiqardi. Ayniqsa (XIX asr o`rtalarida) masalan, 1772-ili Gerbert Lorens pe’salarni faylasuf Frensis Bekon yozgan degan fikrni aytadi.
V.Shekspir o`z ijodini «Venera va Adonis», «Lukretsiya» dostonlari va qator sonetlar yozishdan boshlagan. Har ikki dostonning syujeti antik davr tarixi va mifologiyasidan olingan. Ammo «Venera va Adonis» (1593) dostonida kishining xis-tuyg’ulari va tabiat manzaralari Uyg’onish davri ruhida real tasvirlangan. Doston syujeti quyidagicha: Go`zallik ma`budasi Venera ko`rkam ovchi yigit Adonisni sevib qoladi. Biroq yigit Venera sevgisiga e`tibor bermaydi. Adonis Venerani ogohlantirishlariga quloq solmaydi va ov paytida yovvoyi to`ng’iz yorib haloq bo`ladi.
Asardagi Venera tabiatning ramzi sifatida tasvirlangan.
Shekspir 1609-yili 154 sonetdan iborat to`plamini nashr ettirdi.
Sonet (ital. Soneto) band qurilishi murakkab bo`lgan she`r shakllaridan biri bo`lib o`rta asrlarda Italiyada shakllangan qoidaga muvofiq, 14 misradan tashkil topgan bo`lishi kerak. Sonetning birinchi qismi - ikki to`rtlik (katren): ikkinchi qismi uchlik (tertset) dan tuziladi.
U.Nosirning «Yana she`rimga» deb ataluvchi she`ri o`zbek adabiyotidagi sonet janrining namunasi hisoblanadi.
She`rim! Yana o`zing yaxshisan,
Boqqa kirsang gullar sharmanda
Bir men emas hayot naqshisan
Jonim kabi yashaysan tanda
V.Shekspirning 25-soneti M.SHayxzoda tarjimasida quyidagicha jaranglaydi:
Kim qulay soatda tug’ilgan ekan,
SHuhratu davlatdan baland dimog’i,
Menga iltifotni tole kam qilgan
Menga muhabbatdir baxtlar bulog’i.
Shahzoda mahrami bekning ulfati
Vallomat lutfidan sharob ichadi.
Qachonki oftob botib ketadi,
Kungaboqarning ham zari uchadi.
Zafarlar erkasi mashhur sarkarda
Oxirgi urushda engilsa bir kun,
Burun xizmatlari kuch bo`lar birdan,
Uning qismati shu: inqiroz surgun.
Mening unvonimga yo`v zavol kuni
Sevdimu, sevaman, sevarlar meni.
Bu sonet - qabohat, sotqinlik va buzilgan muhitdan azob chekayotgan kishining fig’onini eslatadi (Hamlet ruhiga mos tushadi).
Biz bu erda Italiya, aniqrog’i, petrarkizmning kuchli ta`sirini ko`ramiz. Shekspir an`anaviy sonet shaklini yangicha mazmun, bilan boyitdi. Uning sonetlari zamondoshlari Sidney va Spenser sonetlaridan farq qiladi. CHunki ularning lirik ijodida umumlashtiruvchi holat yo`q edi.
To`plamda sonetlarning ishq, do`stlik, rashk azobi, o`z taqdiri haqida qayg’urish singari bir qancha turkumlarga bo`lish mumkin. To`plamning markaziy obrazi - qorasoch go`zalning shoirni do`sti ham sezadi. Ichki qarama-qarshiliklardan so`ng shoir qalbida do`stlik g’olib chiqadi.
Boshqa sonetlarda esa do`stining olijanobligini sharaflaydi, unga maslahat beradi va qabohat, sotqinlik, buzilgan muhitda azob chekayotganligini qayg’u bilan yozadi. Shu o`rinda 66-sonet xarakterlidir.
Shoir lirikasidagi bir qancha obraz va motivlar uning dramatik asarlarida ham o`z aksini topdi.
Shekspir p’esalarining uslub, janr, mavzu va xarakterlari ular yozilagan davrga qarab o`zgarib bordi.
Ijodining birinchi davrida Shekspir o`zining eng sara komediyalarini yaratdi: «Qiyiq qizning quyilishi» (1593), «Veronalik ikki yigit» (1594), «YOz kechasidagi tush» (1595), «O`n ikkinchi kecha» (1600) va boshq.
Shekspir komediyalarining syujetlari jozibador va go`zal bo`lib, ular har-xil voqea, tasodif, anglashmovchiliklar bilan to`la. Komediyalarda taqdir g’oyasi asosiy g’oyadir. Bu ayniqsa «Yoz kechasidagi tush» va «O`n ikkinchi kecha»da yaqqol namoyon bo`ladi. Bu oldindan belgilangan (insonni barcha xarakatlarini foydasizga chiqaruvchi) taqdir (rok) emas.
Taqdir Shekspir tomonidan omad (fortuna) ma`nosida tushuniladi. «Omad» g’oyasi insonni passivlikka emas, aksincha aktivlikka chorlaydi. Unda o`z baxtini sinab ko`rish istagini tug’diradi.
Shekspir komediyalarida tasvirlanishicha, eng oddiy xarakatlar iste`dodli va hayotni sevguvchi insonlar tomonidan sodir etilsa, albatta, yutuqqa erishadi.
Shekspirning tarixiy xronikalar deb nomlangan dramalari mavjud bo`lib, ularning asosiy mavzusi XIV-XV asr feodal Angliya dinastik kelishmovchiliklaridir. «Richard III» (1592) «Genrix V» (1599) asarlari bo`yicha misol bo`la oladi. Bu dramalar syujeti Xolinshedning «Angliya, SHotlandiya va Irlandiya xronikalari» (1577) asaridan olingan
Shekspir ijodining birichi davrida «Romeo va Jul’etta» (1595) va «Yuliy Tsezar» (1599) kabi tragediyalarni ham yozgan.
Ikkinchi davrda yaratilgan tragediyalarda Shekspir inson hayotining eng dolzarb, murakkab masalalariga javob beradi.
Shekspir tragizmi doimo insonpavarlik va pastkashlik, egoistlik va sahiylik kabi hislar to`qnashuvi asosiga quriladi. Zamonining ilg’or, aqlli, olijanob, iste`dodli kishilari qora kuchlar ta`sirida halok bo`lishini ustalik bilan tasvirlanadi. (Hamlet, Lir obrazlari)
«Hamlet» (1601) «Otello» (1604), «Qirol Lir» (1605) «Makbet» (1605) y.
«Otello» dragediyasida emirilib borayotgan absolyutizm va tug’ilib kelayotgan burjua tuzumi sharoitida ahloq, shaxs va uni o`rab olgan muhit o`rtasidagi ziddiyatlarni aks ettiradi. Tragediya syujeti Italiya novellistikasidan olingan.
Asar qahramonlari Otello va Dezdemonani ota-ona xohishi, bir-biriga bo`lgan stixiyali intilish (Romeo va Jul’etta kabi) emas, ularning bir-birlarini tushinishlari, qalban yaqinliklari birlashtiradi. Lekin bu sevgi YAgo timsolidagi mansabparastlik va razillik dunyosi bilan to`qnashib halok bo`ladi.
Otelloni qiynalish va azoblarining sababi rashk o`ti emas, balki Dezdemonani sofligiga bo`lgan ishonchini yo`qolishi va shu bilan birga butun er yuzida poklikka bo`lgan ishonchini yo`qolishidir. YAgoning hiylasi fosh bo`lgandan so`ng Dezdemonaning pokligiga bo`lgan ishonchi yana qaytadi va o`z ma`nosini yo`qotgan hayotdan xotirjam ko`z yumadi.
Dezdemona go`zal hulqi va chuqur insoniy fazilatlari bilan yorqin gavdalangan obrazlardan biridir. U «Hamlet» dagi itoatgo`y Ofeliyaga o`xshamaydi.
Yago jahon adabiyotida ustamon va makkor shaxsning eng mukammal tipik vakilidir. Yagoning xotini emiliya ham Dezdemona singari gunohsiz halok bo`ladi.
1605 yilda yaratilgan «Qirol Lir» tragediyasida oila aloqalari muammolari ijtimoiy va siyosiy muammolar bilan uyg’unlashib ketgan. Mana shu uchta planda sof insoniylikni mehrsizlik, g’arazgo`ylik va shuhratparastlik bilan to`qnashuvi aks ettirilgan.
Tragediya syujeti Xolinshedning «Xronikalari» dan olingan. Lekin Shekspir unga Gloster tarixini ham kiritadi.
Qirol Lir xonadonida bo`lgan voqealar Gloster xonadonida ham sodir bo`ladi. Agar Lir ixlos qo`ygan katta qizlari unga qarshi chiqishsa, Gloster esa o`gay o`g’li edmund tomonidan quviladi. U tuxmat bilan akasi edgarning quvilishiga erishadi.
Ko`r bo`lb qogan Gloster tentak qiyofasida yurgan o`g’li edgarga duch keladi.
«Zamona shunday: So`qirlarni tentak etaklar» deydi istehzo bilan Gloster. Uning bu so`zlari ostida chuqur ma`no yashiringan.
Lirninl Glosterga qarata aytgan: Sen o`zingga shisha ko`zlar sotib olaqol, keyin jirkanch siyosatdon kishilar kabi ko`rmasang ham ko`ryapman deb riyo qilasan» degan so`zlari davlat tepasiga chiqib olib o`z manfaatidan boshqa narsani ko`ra olmaydigan «jirkanch siyosatdon» larni fosh etish bilan birga, o`z o`tmishiga tanqidiy nazar tashlash va uni qoralashdan ham iborat edi.
Tragediya personajlari bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki lager vakillaridir. Goneril’ya, Regana, Korneul’, edmund-salbiy obrazlar bo`lsa, Kardeliya, Kent, edgar, masxaraboz, keyinchalik Lir, Gloster - o`zida yuksak insoniy fazilatlarni mujassamlashtirgan obrazlar hisoblanadi.
Shekspirning «Yuliy Tsezar’», Antoniy va Kleopatra», «Korialan», «Afinalik Timon» tragediyalari «Rim tragediyalari» turkumini tashkil etadi.
Shekspir ijodi ning uchinchi davrida xorg’inlik va xafsalasizlik (tushkunlik) alomatlari seziladi. Bu YAkov-I xukmdorligidagi uyg’onish kayfiyatining tushishi va uning teatrga xomiylik qilishi tragikomediya janrini g’alaba qilishga olib keladi. endi fojiaviy, kishini hayajonga soluvchi, katta ijtimoiy-siyosiy voqealar aks ettirilgan tragediyalar emas, balki tomoshabinga engil ta`sir etadigan p’esalar yaratila boshlandi.
Shekspirning bu turdagi asarlarida real voqealar hayoliy ertaklar bilan qo`shilib ketadi va ularda kishining yaxshi fazilatlari yomon extiroslar ustidan g’alaba qozonadi. Bular «Tsimbelin» (1609) «Qishki ertak» (1610) va so`nggi asari «Bo`ron» (1612) dir.
«Bo`ron»da Milandan quvg’in qilingan gertsog olim Prosperto (ital. «Baxt» demakdir) qizi Miranda bilan bir orolga chiqib qoladi. U erda tabiat sirlarini o`rganadi, «Qora kuchlar» ni bo`ysundiradi va ularni inson foydasiga xizmat qildiradi. Bo`ron Prosperoning mansabini zo`ravonlik bilan qo`lga kiritgan akasi egoist va shuhratparast Antoniy tushgan kemani ham shu orolga chiqarib tashlaydi. Prospero «Qora kuchlar» yordamida yovuz niyatli kishilarni yaxshilikka moyil qilib Italiyag0 qaytishlariga yordam beradi. Asar so`ngida Prospero «Qora kuchlar» ni boshqarishdan bosh tortadi.
«Bo`ron» yozuvchining inson baxt-saodati haqidagi hayollarini mujassamlashtiradi. Shu bilan birga bu p’esa sheal voqelikka asos;angan adabiy vasiyatnoma hamdir. Prospero tabiatning boshqa kuchlari kabi bo`ronni ham inson xizmatiga bo`ysundirmoqchi bo`lgan Faust tipidagi qahramon, uyg’onish davri g’oyalarini aks ettirgan mag’rur insondir.
Shekspir asarlari o`zbek tiliga G’.G’ulom («Otello», «Qirol Lir»), M.SHayxzoda («Hamlet», «Romeo va Jul’etta»), Uyg’un («Yuliy Tsezar’»), B.Boyqobilov (sonetlar) va boshqalar tomonidan tarjima qilingan.
Uil’yam Shekspir ijodi Uyg’onish davri Angliya adabiyotining ko`zgusidir.
Tadqiqotchilar fikriga ko`ra, shoir sonetlarida asosan ikki mavzu ishlanadi. Bular do`stlik va sevgi mavzularidir. Mana shunga muvofiq tarzda ulardagi asosiy poetik obrazlar ham 3 tadir. Bular SHoir, Do`st va Xafaqon ayoldir. Uil’yam Shekspir sonetlarining mundarijasi rang-barang kechinmalar silsilasidan iboratdir. Bu kechinmalar goh quvnoq, goh mahzun ruh kasb etadi. Uning sonetlaridan birida lirik sub`ekt o`z Yorini Do`stiga ishonib qoldirib ketgani ifodalanadi. Lekin uning yo`qligida Yor va Do`st o`rtasida yaqinlik paydo bo`ladi. shu tariqa ulardan biri Do`stiga, ikkinchisi esa Sevganiga bevafolik qiladi. Uil`yam Shekspirning dostonlari “Venera va Adonis” (1593 yil) hamda “Lukretsiya” (1594 yil) syujeti antik davr tarixi va mifologiyasidan olingan bo`lsa-da, ularda Uyonish davri ruhi aks etadi. Dastlabki dostonda sevgi va go`zallik ma`budasi Veneraning oddiy biroq ko`rkam yigit Adonisga bo`lgan sevgisi aks ettiriladi. “Lukretsiya”da esa bedaxl iffati tahqirlangan Lukretsiyaning o`z joniga suiqasd qilishi tasvirlanadi. Har ikki asarda ham inson shaxsi, uning qadr-qimmati masalasi o`rtaga qo`yiladi.
Uil’yam Shekspirning sahnaviy asarlari uch janrga mansub bo`lib, bular tragediya, komediya hamda tarixiy xronikalardir. Dramaturg o`z tarixiy xronikalarida ko`proq XVI asr ingliz muarrixi Xolinshedning “Angliya, SHotlandiya va Irlandiya xronkalari» asaridan manba sifatida foydalanadi. Uning tarixiy xronikalari 16 tadan iborat bo`lib, ularning aksariyati, ya`ni 8 tasida feodal urushlari, markazlashgan hokimiyat o`rnatish uchun kurash, davlat va xalq taqdiri masalalari tasvirlanadi. Uil’yam Shekspir o`zi yashab turgan davrning ijtimoiy tendentsiyalarini juda to`g’ri belgilaydi. Chunki bu davr uchun feodal tarqoqligiga barham berish va milliy davlat o`rnatish g’oyasi juda dolzarb edi. Uning “Richard III”, “Genrix IV” asarlarida bu g’oyalar personajlarni realistik mahorat bilan individuallashtirish negizida hal qilinadi. Uil’yam Shekspir komediyalari o`zining Renessans ruhi va ko`p qirrali xarakterlari bilan tavsiflanadi. U kulgu asosiga qurilgan asarlarida pand-nasihat qabilidagi feodal axloqiga qarama-qarshi o`laroq kishilarning tabiiy his-tuyg’ularini kuyladi. Muallif “Qiyiq qizning quyilishi” (1593), “Veronalik ikki yigit” (1594), “Yoz kechasidagi tush” (1595), “O`n ikkinchi kecha” (1600), “Venetsiya savdogari” (1596) kabi komediyalarida bir qator badiiy tiplar yaratdiki, ular o`z iroda yo`nalishi, individual xususiyatlari bilan birga u yoki bu ijtimoiy guruh va qatlamlarga xos bo`lgan xususiyatlarni ham mujassamlaydi. Ayniqsa, u yaratgan SHeylok obrazi hali-hanuz barchani lol qoldiradi. A.S.Pushkin bu obrazning murakkabligini qayd qilib, “SHeylok xasis, ziyrak, qasoschigina emas, u farzandsevar, hozirjavob kishi sifatida ham namoyon bo`ladi”, - deb yozgan edi.
Tragediya Uil’yam Shekspirga gumanistik g’oyalarni ifodalash uchun qolgan barcha janrlardan ham ko`proq qo`l keladi, deb aytish mumkin. Ulug’ dramaturg o`lib borayotgan feodal olamining inqirozini ko`rsatish va tug’ilib kelayotgan burjuaning ochko`z, yirtqich vakillari obrazini yaratish uchun butunlay tragediya janriga o`tadi. Uning “Hamlet” (1601) tragediyasi Uyg’onish g’oyalarini chuqur falsafiy va badiiy umumlashmalarda ifodalab berdi. O`zi uchun yot bo`lgan razil muhitga tushib qolgan Hamletning ikkilanishlari uning “hayot yoki o`lim” monologida ochiq aks etadi:
Tirik qolmoq yo o`lmoq. SHudir masala, qaysi biri bulardan bizga munosib. Shu dilozor falakiyot tahqirlariga. Shikoyatsiz-shikvasiz chidab turmoqmi. Yo`qsa, unga rad-badal berib qo`zg’almoq. Qurol olib yo engmoq yo mahv bo`lmoq”. Hamlet shaxsi murakkab va ziddiyatli bo`lsa ham, lekin bu savolga javob berib, razolatga qarshi qo`zg’alish kerak, degan qarorga keladi. Binobarin, Hamlet uyg’onish ruhi bilan sug’orilgan, Uil’yam Shekspir dahosi yaratgan yangi tipdagi kishi – adolat uchun kurashuvchi gumanist obrazidir. Asarning asosiy g’oyasi Hamletning “Tabiatning naqadar ajoyib mo``jizasidir odamzod. Uning zehni naqadar olijanob, undagi qobiliyatlar naqadar bepoyon”, - degan fikrlari bilan chambarchas bog’liqdir.
“Makbet” tragediyasi (1605) ham uyg’onish ruhiga mos g’oyalar bilan sug’orilgandir. Muallif unda Makbet fazilatlari bilan ko`ringan Makbet ichki va tashqi yovuz kuchlar ta`sirida shaxs sifatida tanazzulga yuz tutadi.
Uil’yam Shekspir Makbet obrazini chuqur badiiy tahlil etish yo`lidan boradi. Unda zolimning qaror topishi qariyb qadam-baqadam tasvirlanadi. Makbetning zolimga xos munosib o`lim topishi Uil’yam Shekspir optimizmidan dalolat beradi. Asarda Makbet obraziga qarama-qarshi o`laroq adolatli monarx g’oyasi ham ilgari suriladi.
Uil’yam Shekspir gumanizmi “Otello” (1604), “Qirol Lir” (1605) asarlarida ham o`z davrining ilg’or g’oyalarini ifodalab, kuchli tragik va psixologik obrazlar yaratdi. Buyuk dramaturg gumanizmining chuqur xalqchilligi shundaki, u insonning kelajagi, aql-idroki, istak-orzulari tantanasiga ishonadi.



Yüklə 49,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin