Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə49/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   196
HZTF javoblari.

Sodda hayvonlar- Protozoa

Tip 1: Chlorophyta –Yashil suvo’tlar

Tip 2: Retortamonada -Retortamonadlar

Sinf: Retortotamonadea

Sinf: Diplomonadea

Tip 3: Axostylata - Aksostillilar

Sinf: Oxymonadea

Sinf: Parabasalea

Tip 4: Euglenozoa -Evglenasimonlar

Keja tip: Euglenida

Sinf: Euglenoidea

Keja tip: Kinetoplasta

Sinf: Trypanosomatidae

Tip 5: Apicomplexa (Sporozoa) –Sporalilar

Sinf: Gregarinea

Sinf: Coccidia

Tip 6: Ciliophora- Infuzoriyalar

Tip 7: Dioflagellata

Nemis olimlari V.Vestxayde va R.Riger (Zoologiya bespozvonochnыx. Pod. red. V.Vestxayde R.Riger. Perevod s nemesskogo,2008 g.) sistemasi bo’yicha bir hujayrali hayvonlarning tasnifi quyidagicha ko’rinishga ega:




T/r

Tip

Sinf

T/r

Tip

Sinf

1

Microspora

Rudimicrosporea

Microsporea



9

Chromista


9.1. Prymnesiomonada

9.2. Cryptomonada

9.3. Heterokonta (= Stramenopilata)


2

Archamoebaea




10

Alveolata


10.1. Dinoflagellata

10.2. Apicomplexa

10.3. Ciliophora


3

Tetramastigota

3.1.Retortamonada

3. 2. Axostylata



11

Chlorophyta


11.1. Phytomonadea (Volvocida)

11.2. Prasinomonadea



4

Euglenozoa

4. 1. Euglenata

4.2. Kinetoplasta

4.3. Pseudociliata


12

Choanoflagellata




5

Heterolobosa


5.1.Schizopyrenidea

5.2. Acrasea




13

Sistematik o’rni noaniq polifiletik bir hujayrali eukariotlar.

13.1. Amoebozoa

13.2. Granuloreticulosea

13.3. Actinopodea


6

Dictyostela




14

Ascetospora


14.1. Haplosporea

14.2. Paramyxea



7

Protostela




15

Myxozoa




8

Myxogastra
















  1. Tipologik klassifikatsiya metodi, uning yutuq va kamchiliklari. T.I.: pattern, etalon individ, arxetip, Tipologik klassifikatsiya metodi – organizmlarning ahamiyatli belgilari asosida tabiiy sistema yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Bu tizimda asosiy savol organizm va uni klassifikatsiyalshda xizmat qiladigan ahamiyatli belgi o’rtasidagi munosabatdir.

Tipologiyaning asosiy g’oyasi: organizmlarning har bir tabiiy guruhi, shu bilan birga har bir tabiiy klassifikatsiyadagi har bir takson, shu guruhdagi barcha individlarga xos obrazga (pattern) ega.

Darvingacha bo’lgan davr tipologiyasini klassik tipologiya deb qarash odat bo’lgan. Bu davrda u sistematikada yetakchi o’rinni egallagan. Bunda organizmlarni ulardagi “ahamiyatli belgi”larning yig’indisiga ko’ra sistemaga solishgan. Ma’lum bir taksonomik guruhning hamma vakillari aynan bir mohiyatni o’zida aks ettiradi, aynan bitta tuzilish tipiga mansub. Amaliyotda bunday tip (etalon) sifatida ma’lum bir ideal obyektni (hamma boshqa guruhlarga o’xshagani uchun) tanlab olinadi, va boshqa organizmlar aynan shu etalon ekzemplyarga o’xshashligiga qarab tizimga solinadi. Agar tur ichidagi o’zgaruvchanlik juda yuqori bo’lganda, etalon emas balki etalon ekzemplaylar seriyasi qabul qilinadi.

Tipik xarakteristika bitta takson ichidagi belgilarni o’ziga qamrab oladi. Aynan shunday tipik xarakteristikaga ega ideal etalon obyektlarga arxetip deyiladi. Arxetip gomologiya qonunlariga bo’ysunuvchi “ahamiyatli” belgilarni o’zida birlashtiradi. Bir daraja chegarasida belgilar munosabatiga gorizontal munosabatlar deyiladi. Turli darajalardagi belgilarning o’zaro munosabatlariga vertikal munosabatlar deyiladi. Vertikal munosabatlar ierarxik ketma-ketliklar hosil qiladi.

Tabiiy tizimlarda belgilar ajratilgan organizmlar guruhining unikal tavsifini hosil qilishi lozim. Belgi ierarxik qatorda ma’lum bir o’rinni egallaganligi tufayli oilaga, avlodga, turkumga, sinfga va boshqa ketegoriyalarga xos xarakteristik belgilar mavjud. Bundan tashqari belgilarni arxitipga tegishli va stilistik belgilarga ajratish mumkin.

Arxetipga tegishli belgilar gorizontal va vertikal munosabatarda o’zining gomologlariga ega bo’ladi. Stilistik belgilar ma’lum bir yashash muhiti ta’sirida, yoki tasodifan yuzaga kelgan belgilar hisoblanadi.

Tipologik sistema tuzilganida arxetipga tegishli belgilar hisobga olinadi va uning o’zgarish darajasi o’rtacha bo’lgan guruhlarni taksonning markazida, o’zgarish darajasi yuqori bo’lgan va qo’shni taksonlardagi gomolog belgining holatiga yaqinlarini taksonning periferik qismlarida joylashtirish to’g’ri bo’ladi. Tipologiyada taksonning darajasini belgilash uchun ahamiyatli belgi sifatida arxetipga tegishli belgilarning eng maqbullari tanlab olinadi. Masalan sutemizuvchilar uchun tishlar va oyoqlarning tuzilishi, hasharotlarda esa og’iz apparati va qanotlar tuzilishi asos qilib olinadi.

Klassik tipologiya evolyutsiyani taksonomiyaning nazariy asosi sifatida butunlay rad etadi. Ammo ko’p hollarda, ham tipologik ham, evolyutsion jihatdan tabiiy bo’lgan tizimlar yaratilishi mumkin.

Tipologik usulda klassifikatsiyalash jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:



  1. Barcha individlarqaysi ma’lum etalonga o’xshashligiga ko’ra guruhlarga taqsimlanadi. Ko’pincha namunalarning o’zi emas ularning ta’riflari qo’llaniladi.

  2. Tuzilgan guruhlarga tegishli arxetip(pattern) va belgilar aniqlanib olinadi

  3. hisobga olingan barcha belgilarning klassifikatsiya uchun ahamiyati baholanadi ya’ni belgilar tarozilanadi. Bu jarayon subyektiv xarakterga ega, chunki, belgilarning ahamiyati tadqiqotchilarning ushbu guruh evolyutsiyasi haqidagi tasavvurlariga mos holdagi vaznga ega bo’ladi.

  4. Berilgan taksonomik vazniga mos ravishda belgilar guruhlarga ajratiladi, har bir guruhga taksonomik daraja beriladi. Masalan: bo’g’imoyoqlilarda oyoqlar soni sinflar, og’iz apparati va qanotlar tuzilishi turkumlar, mo’ylovlar va qanotlarning tomirlanishi oilalar, qanot shoxlashining o’zi esa avlod darajasi uchun mos keladi. Tadqiqotchi namunadagi belgilarni o’rganish davomida ulardan ma’lum qismi sinf, oila, avlod kabi yuqori taksonlarni, bir qismi esa turni xarakterlashini tushinadi. Shunday qilib, u bir turni ikkinchisiga solishtirayonganda faqat turga tegishli belgilargagina etibor qiladi. Taksonlarni bir biridan ajratuvchi belgilar kompleksiga guruh tiplari deyiladi.

  5. Tipologik tahlilning oxirgi bosqichi – taksonlarni chegaralash. Bu bosqichda har bir guruhga tegishli belgilar va ularning holatlari tahlil qilinadi. Dastlab kam ahamiyatli belgilar tahlil qilinib turlar ajratiladilar. Keyin esa ahamyati kattaroq belgi qo’llanilib, kattaroq taksonlar ajratiladi.

Metodning yutuqlari: tipologik metod, uzoq tarix va chuqur ananalarga ega. Tipologiya sistematikaga ko’plab yangi, xususan belgilar va ularning holatlarini chegaralash, guruh tipi, tipik namuna kabi tushuncha va g’oyalarni bergan. Tipologik uslub bilan yaratilgan klassifikatsiyalar, aniqligi, mantiqiyligi va qo’llash osonligi bilan ajralib turadi. Kam o’rganilgan, mikroskopik organizmlarni klassifikatsiyalashda tipologik metod juda qo’l keladi.

Metodning kamchiliklari: Tipologik metodning asosiy kamchiligi bu – unda qabul qilingan belgilarni tarozilashning subyektivligidir. Tarozilashning aniq, asoslangan va universal prinsiplarini o’rnatish mumkin emas. Masalan qanday qilib? Mushuksimonlar va ayiqtovondoshlarning belgilarini bir kategoriyaga jamlash mumkin? Shunday qilib, amaliy ishlar uchun qulay bo’lgan tipologik metod nazariy jihatdan kuchsiz asoslarga tayanadi.

  1. Turni nomlashdagi asosiy qoidalar. T.I.: ustunlik tamoyili, nomenklatura tipi tamoyili, nomning haqiqatdan e’lon qilinishi tamoyili

Organizmlarni nomlash qoidalari haqidagi ilk ishlar K.Linneyga tegishlidir. 1758-yilda chop etilgan “Systema Naturae”ning 10-nashrida e’lon qilingan ko’pchilik takson nomlari hozirgi kungacha o’z kuchini saqlab qolgan. Ammo XVIII – XIX asrlar davomida ko’p davlatlarda ishlagan olimlar aynan bir xil guruhlarga mansub bo’lgan organizmlarni o’zlari isagancha, turlicha nomlar bilan atay boshladilar. Natijada ikki davlatda ishlagan olimning bir-birini tushunishi qiyin bo’lib qoldi. Organizmlarni nomlashni universallashtirish, qoidalarga bo’ysundirish ehtiyoji tug’ildi. Hyu Striklend 1842-yilda ilk bor hayvonlarni nomlash uchun bunday qoidalarni taklif etdi. Zoolgik nomenklaturaning ko’plab qoidalari bo’lishiga qaramasdan ularni uch guruhga bo’lish mumkin:


  1. Yüklə 0,5 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin